Mavzu: "mikroiqtisodiyot" fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu mikroiqtisodiyot fanining mazmuni, maqsadi va vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Resurslarni taqsimlashda narxning axamiyati. Muvozanat narxning shakllanishi. 4. Bozor va uning vazifasi. Bozor bilan bogliq bo’lmagan faoliyat.
1- MAVZU: “MIKROIQTISODIYOT” FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti. Resurslarning cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh masalasi. 2. CHeklangan resurslarni taksimlashni taxlil qilishda talab va taklif modelidan va toarlar aylanmasi modelidan foydalanish. 3. Resurslarni taqsimlashda narxning axamiyati. Muvozanat narxning shakllanishi. 4. Bozor va uning vazifasi. Bozor bilan bogliq bo’lmagan faoliyat. 5. Mulkka egalik qilish. Bozor iqtisodiyotining asosiy shartlari. Transaksion xarajatlar. 6. “Sog`lom bola yili” Davlat dasturidan o`rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni echishda “Mikroiqtisodiyot” fanining axamiyati. 7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni jadal rivojlantirishdagi roli. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Tayanch so’z va iboralar: Resurs, tovar, nemat, bozor, talab va taklif, mulkka egalik qilish, transaksion xarajatlar, alternativ xarajatlar, muvozanat narx. 1. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti. Resurslarning cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh masalasi. Resurslar, daromadlar va tayyor maxsulotlar bilan ayirboshlashning xilma-xil va ko`p sonli barcha jarayonlar uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo`lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati ideal hisoblanadi. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning oshiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyasiya va ishsizlik darajasining, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning o`sish sur’atlarini o`zgarishida namoyon bo`ladi. Sanab o`tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo`ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. SHuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o`rganuvchi fanni esa makroiqtisodiyot deb ataladi. Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro`y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o`rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo`lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko`rsatkichlaring ko`rib chiqadi. Zamonaviy mikroiqtisodiyot asosiy belgisi va afzalligi- bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo`llarini asoslab berish hisoblanadi. Bu maqsadni bajarishga qaratilgan fan mikroiqtisodiyot deb nomlangan . Mikroiqtisodiyot fani- turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir korxona, bir tadbirkor, yakka uy xo`jaligi faoliyati doirasida foydalanishini – olish, sotish, unga talab, uning taklifi, jamiyatdagi ma’lum bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samaralik ishlatilishini, iqtisodiy o`sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o`rganadi. Mkroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo`nalishlarini ishlab chiqish uchungina emas, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling