Norac, Carl (Text)
Download 1.07 Mb.
|
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken
- Bu sahifa navigatsiya:
- G ʻ azabdan yorilib ketay deb turgan ona Bauer, Jutta (Text/Ill.) Schreimutter
- Oiladagi kelishmovchilik Browne, Anthony (Text/Ill.) Baumann, Peter (Übers.)
Suche Arbeit für Papa
Dadam uchun ish izlayapman Zürich: Bajazzo, 2008. – [14] Bl. ISBN 978-3-907588-90-1 Ishsiz ota – butun oila uchun haddan tashqari ogʻir sinov deb hisoblaydi Oskar va uning onasi. U tinimsiz javraydi, kuni bilan televizor qarshisida oʻtiradi va juda koʻp pivo ichadi. U albatta oʻgʻliga uy vazifalarini qilishda yordam berishi mumkin, biroq, Oskar buni xohlamaydi – otasi oʻta sabrsiz va oʻgʻli biror xato qilishi bilan gʻazablanishni boshlaydi. Rasmda otasining haddan tashqari katta soyasi otasining Oskarni va uning opasi Lolani qanday qoplab olgani ajoyib tarzda ifodalangan. Ular otasi uyda oʻtirgandan va barchaning asabiga tegishni boshlagandan buyon oʻzlarini mana shunday – goʻyo ustilarida soya turgandek his qilishadi. Ilgarilari u avtomobillarni boʻyash bilan shugʻullanardi va ishga mamnuniyat bilan borardi. Oskar unga yana ish topish kerak degan qarorga keladi va harkatga kirishadi. Qogʻozga “porshe” chizib, ostiga “Dadam uchun ish izlayapman. U avtmobillarni juda yaxshi tushunadi!” deb yozadi va qogʻozni daraxtga yopishtiradi. Eʼlonni koʻrib, ota gʻazab otiga minadi va darhol qogʻozni ustundan yulib oladi. Biroq, shu payt allaqachon eʼlonni oʻqishga ulgurgan qoʻshnisi otadan mashinasini taʼmirlab berishini iltimos qiladi. U mamnun boʻlib uyiga qaytadi va Oskarning “porshe” haqidagi gʻoyasi haqiqatdan ajoyib boʻlganligini tan oladi. Bir nechta sahifalarni egallagan tasvirlar oiladagi hukmron kayfiyatni yaxshi ifodalagan. Oxirgi rasmlarda aks etgan nisbatan yorqinroq ranglar esa, goʻyo oilaning barcha aʼzolari uchun yaxshi oʻzgarishlarga ishora qiladi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Überforderte Mutter • Gʻazabdan yorilib ketay deb turgan ona Bauer, Jutta (Text/Ill.) Schreimutter Bir kuni oyim urishib berdi Weinheim: Beltz & Gelberg, 2000. – [18] Bl. ISBN 978-3-407-79264-8 Muqovada ona pingvin pingvinchani qoʻlidan tutib yetaklab ketyapti. Ichki sarlavha sahifasida ular ohista quchoqlashishadi. Birinchi tasvir esa, anchagina qoʻrqinchliroq boʻlib, unda ona gʻazabdan oqarib, bolasiga baqiradi. “Bugun ertalab oyim menga shunday baqirdi-ki, meni parcha-parcha qilib yubordi” – deb aytib beradi pingvincha. Boshini osmonga uloqtirdi, qornini dengizga tashladi, qanotlari changalzorda gʻoyib boʻldi, tumshugʻi togʻlarda yoʻqoldi, dumi shaharda qayergadir tushdi, oyoqlari esa, Sahroyi Kabirga ketdi. Biroq, kechki payt ona barcha boʻlaklarni yigʻib, ularni bitta qilib tikib qoʻyadi. Soʻngra esa, kechirim soʻraydi. Oxirida ularning ikkisini ham ulkan kema olib ketganini oʻqib, kichik oʻquvchi yengil nafas oladi. Qoyilmaqom tasvirlangan rasmlarga ega bu kitob oʻquvchida kuchli taassurot uygʻotadi: mazmuni yumshatilgan oʻyin, ertak tarzida bayon etilgan bu hikoyada har qanday bola duch kelishi mumkin boʻlgan ogʻriqli kechinmalar haqida soʻz boradi. Chunki hatto eng mehribon ona ham baʼzan oʻzini tuta olmay qolishi mumkin. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Familienkonflikt • Oiladagi kelishmovchilik Browne, Anthony (Text/Ill.) Baumann, Peter (Übers.) Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling