Vater und Sohn • Ota va o´gil
Norac, Carl (Text) Godon, Ingrid (Ill.)
Birkenstädt, Sophie (Übers.)
Mein Papa ist ein Riese
Мening dadam
devqomat
Hamburg: Carlsen, 2004. – [14] Bl.
ISBN 3-551-51637-5
Englischer Originaltitel:
My Daddy is a Giant.
London: Macmillan Children’s Books, 2004
Bolakay otasiga qarashi
uchun oyoq uchlarida turib, boshini ko‘tarishi kerak. Buning sababini kitob nomini o‘qiboq anglash qiyin emas: “Mening dadam devqomat”, deya nomlanuvchi hikoyacha o‘z otasini dunyodagi eng zo‘r inson deb hisoblaydigan bolajonlar uchun ayni atalgan.
Kitobni varaqlar ekansiz, ichki sahifalarning ikkala betini “Ulkan odam”
egallaganini, o‘g‘ilcha esa uning yelkasiga boshini qo‘yib, kichkina qo‘lchalari bilan maxkam quchib turganini ko‘rishingiz mumkin. "Uni
quchoqlash uchun,
- deydi bolakay, menga narvon kerak", yana boshqa o‘rinda esa "dadamning aksirishi huddi bo‘ron kabidiri" deya maqtanib qo‘yadi kichkintoy.
Kitob sahifalarini rang-barang rasmlar bilan boyitgan Ingrid Godon aynan ota bilan bog‘liq sahnalarni doimo to‘liq holda va rangli tarzda chizadi. Hikoyadagi jumlalar bevosita tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Masalan, “Dadamning kulgisi huddi tornadoday” deya boshlangan so‘zlar harflari sahifa bo‘ylab go‘yo shamolda tebranayotgandek yoki bola g‘urur bilan dadasi doimo futbolda g‘alaba
qozonishini aytganda, kopto‘k o‘z trayektoriyasi bo‘ylab aylanaveradigandek ko‘rsatilgan. “Dadam kopto‘kni bitta tepsa oygacha yetkaza oladi!” degan hayajon tasvirlarda ham o‘z ifodasini topgan.
Natijada bolalarcha his-tuyg‘ular
jiddiy qabul qilingan quvnoq, rang-barang kitob yaratildi. Qudratli otaning yonida bolakay o‘zini
juda kichik, va shu bilan birga hotirjam his qiladi. “Mening dadam devqomat va u meni ana shu ulkan yuragi bilan sevadi."...
Internationale Jugendbibliothek •
Halqaro Yoshlar kutubxonasi