Norac, Carl (Text)
Download 1.07 Mb.
|
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken
- Bu sahifa navigatsiya:
- Müller, Birte (Text/Ill.)
Mein Papa, der ist groß und stark, aber ...
Mening dadam– u katta va kuchli, ammo…Hamburg: Carlsen 2012. – [32] S. ISBN 978-3-551-51784-5 Französischer Originaltitel: Mon Papa, il est grand, il est fort, mais... [Montrouge]: Éd. Frimousse, 2010 “Men uxlashni xohlamayman!”: odatda bu kabi xarxashalarni bola tilidan eshitishga o‘rganib qolganmiz. Bu hikoyada esa hammasi butunlay boshqacha: "katta va kuchli" bo‘lishiga qaramay, uxlashga yotishni yoqtirmaydigan obraz bu safar bola emas, balki otadir. Kichkina o‘g‘li bafurja gaplashish maqsadida otasi o‘tirgan stulning suyanchig‘iga chiqib oldi. Ammo ota uncha-munchaga unamaydigan o‘jar inson edi. Ana shunday paytlarda bolakay “Unda men qattiqqo‘l bo‘lishimga to‘g‘ri keladi, — deya sirlarini ochib qo‘yardi. Bunday vaziyatda faqat "kitob o‘qishgina yordam beradi”. Bahaybat ota esa kichkina bolakayning tizzasiga o‘tirib olib,—“Yana bitta, iltimos, yana bitta hikoya”, deya so‘raydi. Rasmlar syujet komediyasini mukammal tarzda tasvirlaydi, bu har bir sahifada yana bir oila a'zosi — kuchukchaning paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi . Ha, ha. Bu hikoya barcha stereotiplarni yo‘qqa chiqaradi: farzandidan xayrli tun o‘pichini olgan ota, nihoyat shlyapasida uxlab qoladi. Bola va ota o‘rtasidagi kechki rollarni almashish g‘oyasi, garchi yangi bo‘lmasa ham, bu hikoyada ayniqsa yaxshi ko‘rsatib berilgan. Otalari bilan ushbu rasmli kitobni tomosha qilayotgan bolalar zavqlanishlari va o‘zlarini darhol tanib olishlari aniq. Asli braziliyalik fransuz rassomining kartonda tuproq tusida, o‘zgacha ko‘rinishda, qahramonlarning o‘ynoqi karikaturasi va mos tipografiya bilan yaratilgan g‘ayrioddiy grafik tasvirlari ushbu rasmli kitobni haqiqiy san'at asariga aylantiradi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Familie mit behindertem Kind • Nogiron farzandli oila |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling