AJIRVOQI aynan ajivaqa. Ajirvoqi oʻtlarni koʻrmasdan qolgan ekan, shunga past-baland gapmi? N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz. 45-bet.
AYRAM. Oqar suvning eng chuqur joyi. 57-bet.
ALAPI. Yetilmagan xom joʻxori. 67-bet.
ALISH. Suvayrigʻich, ikki yoki bir necha daryoni bir-biridan ajratib turuvchi balandlik. 71-bet.
ARAVAK. Buloqi (burunga taqiladigan sirgʻa) 92-bet.
BADIK. Duduqlanib gapiruvchi; chuchuk til. 135-bet.
BADLANMOQ. Xoʻmrayib, yoqtirmasdan qaramoq, xushkoʻrmaslik. Qoʻl tutishib kirdik uzun dahlizga, Ne balo, badlanib qaraysiz bizga. “Qoʻshiqlar” 136-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |