Nordic international university xalqaro nordik universiteti


Download 37.15 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1474123
Bog'liq
Sud tezis





NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY



XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
“Maktagacha ta`lim” yo’nalishi

“Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi”

fanidan Yangilanayotgan qomusimizda sud-huquq tizimi mavzusida tayyorlagan


TEZIS
Bajardi: Ibrohimova M

Xalqaro Nordik Universiteti


Ibrohimova Muniyra
MMT-723-guruh

Annotatsiya: Ushbu tezisda mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so’zlar: Sud, Qonun chiqaruvchi, jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy sud ishlari, "proletarcha ong", Xalqaro tijorat arbitraj sudi, hakamlar sudi.
Sud - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri - sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi. Sud (slavyancha sud - ish) - odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. Sudlar odatiy va favqulodda sudlarga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy sudlar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va hokozo sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy sudlar (mas, musulmon mamlakatlari - Eron, Pokiston, Sudan va boshqalarda shariat sudlari) va odatiy huquq sudlari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila sudlari) ham mavjud. Shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya sudi, apellyasiya, kassatsiya va nazorat sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy sudlarga boʻlinadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar yanada takomillashtirilmoqda. Sudyalarning adolat va qonunning haqiqiy himoyachilari boʻlishiga erishish zarur va shartligi qonun doirasida mustahkamlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va u asosda Sudyalar oliy maktabining tashkil etilishi, faqatgina shu oʻquv yurtini tamomlagan tinglovchilar sudyalik lavozimiga eʼlon qilingan tanlovlarda ishtirok etishi mumkinligi sud tizimidagi islohotlarda muhim qadam boʻldi. Maʼlumki, 2021-yil 20-sentyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Unga qadar Kengash sudyalik lavozimlariga nomzodlarning zaxirasini shakllantirish kabi vakolatlardan biriga ega edi. Bu esa oʻz-oʻzidan sudyalikka nomzodlarning zaxirasini shakllantirish uchun qoʻshimcha kuch va sarf-xarajatlarni talab etar, Oliy maktabga kirish imtihonlarida ishtirok etuvchi nomzodlarning oz boʻlsada huquqlari cheklanishiga olib kelar edi. Shuningdek, bugungi kunga kelib sudyalikka zaxiraga olish instituti oʻz mazmun-mohiyatini yoʻqotdi, shu sababli sudyalikka zaxiraga olish institutini tugatishni davrning oʻzi taqozo qilayotganligi sababli va 2021-yil 28-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Qonunning 7-moddasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi, rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar va taqdimnomalar kiritadi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi. Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra, sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazish vazifasini ham bajaradi.Respublika maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish mumkin.Qonunda nazarda tutilgan hollarda, sudyalarni, sud raislari, oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari va hududiy harbiy sudlarning raislarini ham lavozimidan ozod qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yangi yilda ham izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, yangi yildan boshlab fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat darajasidagi sudlar bitta sud sifatida birlashtirilishi, sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi.
Shu ma’noda, mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi institutsional islohotlar doirasida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklariga rioya etish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Bu borada jinoyat-ijroiya qonunchiligini, shu jumladan, ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Xulosa
Qonun ustuvorligini ta’minlash har qanday zamonaviy demokratik davlatning asosi hisoblanadi. Sir emaski, aynan Konstitutsiyada belgilangan ustuvor qoidalar asosida mamlakatda jamiyat, uning siyosiy institutlari va iqtisodiyot to‘liq rivojlanadi.So‘nggi yillarda sud-huquq tizimini rivojlantirishga qaratilgan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat darajasida belgilandi. Bu esa, barqarorlik, xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.Oxirgi yillarda sud tizimini, sud ishlarini tashkil etishga oid ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etish maqsadga muvofiq. Albatta, har qanday mamlakatda bo‘lgani singari o‘z yechimini kutib turgan masalalar mavjud. Shu bois, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida eng avvalo, sud organlarini fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil organga aylantirish eng muhim vazifa etib belgilandi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Odilqoriev H. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati – Toshkent: Sharq, 2002. – 320 b
2. Mamatov X.T. Huquqiy madaniyat va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish muammolari: Avtoref.dis. … yurid.fan nom.. – Toshkent, 2011. – 41 b
3. V.R.Topildiev. Fuqarolik huquqi (O‘quv qo‘llanma). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011. – 624 b
4. Islomov Z.M. O‘zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 264 b
5. Jo‘raev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot /Ilmiy-tahliliy maqolalar to‘plami/.-T.:Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti nashr., 2013.
6. Nazarov Sh.N. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda Konstitutsiyaning roli (nazariy va huquqiy masalalari) Yu.f.n. ilmiy daraja olish uchun diss. – Toshkent. – 135 b
Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling