Nordic international university xalqaro nordik universiteti


Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish


Download 29.29 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi29.29 Kb.
#1474870
1   2   3
Bog'liq
oila ped Shonazarova

Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish. Oila muhitida jismoniy tarbiyani tashkil etish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar tomonidan farzandlarda jismoniy madaniyat sifatlarining tarbiyalanishiga e’tibor qaratilishi ularning komil inson bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. “Bolalarning sog‘lom bo‘lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkamlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug‘ullanishga ko‘niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o‘rgatib boradi.
Ovqatlanishning to‘g‘ri tashkil etilishi ham bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo‘lni yuvish, ovqatdan keyin og‘izni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)dacho‘milish, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi” 
Bolalarning jismonan etuk bo‘lib voyaga etishlarida ota-onalar, yana shuningdek, quyidagi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratishlari zarur: farzandlarning kun tartibiga ega bo‘lishlariga hamda irodalarini chiniqtirishga erishish, asab tizimi mustahkam bo‘lishi uchun uyquning me’yorida bo‘lishi uchun sharoit yaratish, ularda doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish, bo‘sh vaqtni ko‘nglilli o‘tkazilishini ta’minlash.
Oila tarbiyasining muhim yo‘nalishlaridan yana biri – oilada 
Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling