Norevmatik karditlar etiologiyasi tasnifi


Norevmatik karditlarning tasnifi (Belokon N.A., 1984)


Download 68.76 Kb.
bet3/5
Sana24.04.2023
Hajmi68.76 Kb.
#1393785
1   2   3   4   5
Norevmatik karditlarning tasnifi (Belokon N.A., 1984)[5]







Kasallik paydo bo'lish davri

Tugʻma (antenatal) – erta va kechki Orttirilgan







Etiologik omil

Virusli, virus-bakterial, bakterial, parazitar, zamburugʻli, iyersinoz, allergik, idiopatik







Shakli (jarayonning asosiy joylashishiga qarab)

Kardit Yurak oʻtkazuvchi tizimi shikastlanishi







Kechishi

Oʻtkir – 3 oygacha
Oʻtkir osti – 18 oygacha
Surunkali – 18 oydan ancha koʻp
(retsidivlanuvchi, birlamchi surunkali):
dimlanish, gipertrofik variantlari







Kardit og'irligi

Yengil
oʻrta ogʻirlikdagi
ogʻir







Yuye shakli va darajasi

chap qorinchali I, IIA, IIB, III daraja
oʻng qorinchali I, IIA, IIB, III daraja
Total|-

Oqibati va asoratlari

Kardioskleroz, miokard gipertrofiyasi,
oʻtkazuvchanlikning buzilishi,
gipertenziya, klapan apparatining shikastlanishi,
konstriktiv mioperikardit,
tromboembolik sindrom

Tug'ma karditlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Agar yurak patologiyasi simptomi ona qornida yoki tugʻruqxonada aniqlansa tugʻma kardit tashhisi ishonchli deb qaraladi, agar ular bola hayotining birinchi oylarida interkurrent kasalliksiz va/yoki onaning homiladorlik davrida anamnestik maʼlumotlar boʻyicha aniqlansa ehtimolli deb qaraladi[6]. Anatomik substratlari boʻyicha tugʻma karditlarni erta va kechkilarga ajratishadi. Erta karditning morfologik belgisi endo- va miokardning fibroelastoz yoki elastofibrozidir. Kechki tugʻma karditlar bunday belgilarga ega emas. Elastik toʻqimaning koʻp sonli boʻlishi yurakning erta fetal davrda shikastlanganligi toʻgʻrisida guvohlik beradi (xomilaichi rivojlanishining 4-7 oylari), bu davrda homila toʻqimasi alteratsiyaga elastoz va fibroz toʻqima proliferatsiyasi bilan javob beradi. Yurak zararlanishi homilaning 7 oyidan soʻng boʻlsa («kech fetopatiya») oddiy yalligʻlanish reaksiyasi rivojlanadi va fibroelastoz kuzatilmaydi. Makroskopik erta tugʻma karditlarda dilatatsiya va chap qorincha miokard gipertrofiyasi bilan kechuvchi kardiomegaliya aniqlanadi, uning endokarditi ancha qalinlashgan boʻladi. Deyarli 2/3 bemorlarda klapan apparati shikastlanishi kuzatiladi (gemodinamik yoki yalligʻlanishdan keyingi). Yurak zararlanishining birinchi belgisi tugʻma karditlarning ushbu ikkita variantida hayotning birinchi 6 oyida (baʼzida 2-3-yoshligida) paydo boʻladi.[7]

Download 68.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling