Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Og’ir (murakkab) nuqsonli nogiron bolalar haqida
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
Og’ir (murakkab) nuqsonli nogiron bolalar haqida. Integrasiyalash - bu insonga kuch baxsh etadigan va uni yuksaltiradigan jarayondir. Agar u to’g’ri tashkil qilinsa, - U nogiron bolaning kuchliroq namoyon bo’lishiga va qadr qimmat hissini salmog’ini oshishini beradi. Shularni e’tiborga olib integrasiyalash imkon qadar maksimal darajada qo’llanilishi lozim.
O’zlarini ajratib qo’yilganlar singari sezmaslik uchun do’stlar orttirish va ular bilan vaqtlarini o’tkazish – ayniqsa bolalar uchun juda muhim. Ko’rish nuqsoniga, shuningdek rivojlanishida orqada qolgan bola aqliy buzilishga ega tengdoshlari bilan bir sinfga borishi mumkin, albatta agar ular mutaxassislar tomonidan yetarlicha ko’mak va zaruriy vositalar bilan ta’minlansa. Aynan shular jismoniy funksional buzilishlarga va rivojlanishi orqada qolgan bolalarga ham ta’lluqlidir. Tajribalarning ko’rsatishicha, funksional buzilishga yoki o’xshash muammoga ega bolalar bilan birgalikda ekanligidagi gurux dinamik effekti - (maktabda bo’sh vaqtlarda, mashg’ulotlarda) o’ziga xos qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi va aham iyatli bo’lishi mumkin. Aqliy buzilishga ega shuningdek, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar shu gurux uchun maxsus tashkil etilgan sinflarga borish imkoniga ega bo’lishlari kerak - bu ularga to’liq ta’lim olishga va imo - ishora nutqini doimiy amaliyotini ta’minlaydi. Bu ularni karlar madaniy jamiyati bilan munosabatlarini osonlashtiradi. Xuddi shunday katta yoshda ham ular birga guruhli xonadonlarda yashash imkoniga va imo - ishora nutqidan foydalana oladigan xizmatchilarni bo’lishiga imkoni bo’lishi kerak. Bunday nogironlarni parvarishlash uchun xizmatlar karlarga o’qituvchi va xizmatchilarni ishini taklif etadi.13 Normallashtirish tamoyilini qo’llanilganligi sababli aqliy buzilishga ega shaxslar, shuningdek karlar madaniy birlashmalariga integrasiyalash imkoniga ega bo’ladilar. Kattalar. Bolalar o’z ota-onalari bilan yashashlari va yoshlari katta bo’lishgach ota-onalarining uylarini tark etib, o’zlari mustaqil hayot boshlashlari ham normaldir. Ammo, o’smirlik bilan vidolashuv va katta odamga aylanish ayniqsa aqliy buzilishga ega shaxslar uchun - ancha uzoq, og’ir va boshqalarga nisbatan tushunarsiz jarayondir. Ko’p hollarda ularni o’zlari haqidagi tasavvurlari chalkashib, noaniq bo’lib qoladi. Ular bilan doim ham kattalar singari munosabatda bo’lishmaydi, kattalar singari qabul qilishmaydi va hurmat kilishmaydi. Bunda atrofdagilar munosabati xox ular ota-onalari, qarindoshlari, xizmatchilar yoki jamiyat bo’lsin katta aham iyatga ega. Barcha servis xizmatlari nogironlarga mos kasb yoki mehnat ta’limini tashkil qilishlari, guruxli yashash xonadonlaridagi, o’z xonadonlarida hayot malakalarini rivojlantirishlari, katta yoshda ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishlari, ijtimoiy trenninglarni kengaytirishlari, jinsiy madaniyatni tarkib toptirishga yordam berishlari zarur. Yoshlar uchun tashkil etilgan trening - dasturning maqsadi nogironlarning kundalik hayotda imkon qadar mustaqil bo’lishlari, shuningdek jamiyat hayotida ular istaganlaricha yoki imkoniyatlari darajasida ishtirok etishlariga imkon beradigan ijtimoiy malakalarni rivojlantirishi kerak. Bunday dasturlar nafaqat real motivasiya beradi, balki funksional buzilishlarga ega odamlarni shaxsiy qiziqishlarini hisobga oladi. Bunday tarzda ularga qaror qabul qilishni mashq qilish uchun juda muhim imkoniyat berish mumkin: qaror qabul qilish imkoniyati - yetilish, o’sish, layoqatni rivojlantirish, o’zini katta inson sifatida qadrini anglash jarayonini tashkiliy elementidir. Bu turdagi dasturlar nafaqat biror insonga yordam beradi, balki ota-onalarda yuzaga keluvchi muammolarga to’g’ri yechimlarni taklif etadi. Odatda, katta bo’la boshlagach yoshlar ta’lim oladilar va ish topadilar, ota-ona uylarini tark etib oila quradilar , farzandlar orttiradilar va ularni ota-onalari bilan munosabatlari doim o’zgarib turadi. Bu ota-onalarni keksayishiga ko’ra sodir bo’ladi. Ammo yoshi katta nogironlar - qizi yoki o’g’lini bo’lishi bunday namunaga doim ham mos kelavermaydi. Bu ota-onalar stresslariga va ular tomonidan xaddan ziyod parvarishlarga olib keladi, bu esa o’z navbatida ularning bolalarida stress va qo’rquv holatlarini, hatto kamsitilish hissini uyg’otishi mumkin. Bu yerda gap deyarli tasdiqlangan xavotir haqida ketyapti, u funksional buzilishga ega odamga ham uning oilasiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun umum qabul qilingan namunaga amal qilish yetarlicha ko’mak beradi, bu vaziyatda uni funksional buzilishga ega o’g’il yoki qiz shuningdek, butun oila o’zaro munosabatlarini normal davom ettirish uchun oladi. Ijtimoiy shart sharoitlarda izlanishlar shuni ko’rsatdiki: aqliy buzilishga ega odam hayoti qanchalik mustaqil va uning kundalik hayot faoliyati qanchalik adekvat bo’lsa u o’zini hayot da yaxshiroq his qiladi - xuddi boshqalar singari. Ammo jamiyatni boshqa a’zolari bilan bo’ladigan munosabat va bo’sh vaqtni o’tkazish haqida so’z yuritilsa ko’p hollarda bu va boshqa insonlar orasidagi farq ulkandir. Bu munosabatlar va hordiq nisbatan chegaralangan passiv va tor yoki ilgari ta’kidlanganidek ular umuman bo’lmaydi.14 Katta yoshda qiziqish, bilim va malakalarni kengaytirish borasida ta’lim olish vaziyatni yaxshilashda ijobiy imkoniyatlarni keltirish mumkin. O’qish uchun qulay va sodda tilda yozilgan kitoblar, gazeta va jurnallar kattalar uchun boy madaniy va ijtimoiy hayot bilan yashash imkonini beradi, sport bilan qiziquvchilar uchun shunga o’xshash yo’llar mavjud. Demokratiya asoslarini va yig’ilishlar o’tkazish texnologiyasini o’rganish kurslari ishtrokchilarda o’zlarini shaxsiy klub va komitetlarida faoliyat olib borish qobiliyatlarini kuchaytiradi, qaror qabul qilish imkonini beradi, o’z istaklariga ko’ra hordiq larini tashkil qilishga va ifoda etish shakllarini taklif etadilar. Shuningdek, bu komitet va turli tashkilotlarni boshqaruv organlarini va sport klublarini biror topshiriqlarini bajarishga yo’l ochib beradi. Bu turdagi dasturlar o’z oldiga ishtrokchilarni boshqarish, ularni doimiy mashq qilishini va bu bilan ularni tobeligini mustahkamlashni maqsad qilib qo’ymaydi. Aksincha, kattalarga qulay yo’naltirilgan pedagagik metodlarni va ish shakllarini qo’llab, ular bu insonlarga yangi qiziqishlarni paydo bo’lishi, ijtimoiy malakalarni mustahkamlash va biror narsaga ta’sir ko’rsatish bilimlarini egallashlari uchun shart sharoitlar yaratishga yordam beradi. Ular madaniyat va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish imkonini beradi va shu bilan aqliy buzilishga ega odamlarni mustaqil va jamiyatga ta’sir o’tkaza oladigan vakil sifatida anglashlariga olib keladi. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling