Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Shikastlanish, nogironlik, majruhlik
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
Shikastlanish, nogironlik, majruhlik.-«Shikastlanish fiziologik, psixologik yoki anatomik tuzulish va faoliyat jixatdan normal bo’lmaslik yoki kamchiliklarga ega bo’lish. -Nogironlik (shikastlanish natijasida) inson uchun bajarish normal bo’lgan yoki belgilangan faoliyatni bajarish qobiliyatidan mahrum bo’lishdir. -Majruh lik shikastlanish yoki nogironlik natijasida shaxs uchun (yoshi, jinsi va ijtimoiy va madaniy omillarga asoslangan holda) ma’lum bir faoliyatni to’liq bajarish imkoniyatidan maxrum bo’lish.» Shunday qilib Majruh lik shaxs va atrof muhit o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy sabablari natijasida vujudga keluvchi nogironlikdir. Bu nogiron va sog’lom odamlar o’rtasidagi ijtimoiy aloqalarga salbiy munosabatda bo’lish natijasidir. Agar biz nogironlarning jamiyatning turli jabhalariga kirishlarini taqiqlasak, masalan maktabga borish, biz ularni majruh qilib qo’ygan bo’lamiz. Majruh odamlarning paydo bo’lishiga sababchi bu biz, sog’lom odamlardir! Bolalarda yengil yoki og’ir nogironlik bo’lishi mumkin, lekin ularning majruh , bo’lib o’sishlariga biz, ularning oilasi, qo’ni-qo’shnilari, o’qituvchilari va boshqalarning ularga bo’lgan munosabatlarimiz sababchidir. Agar biz ularga kerak bo’lgan yordamni berishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasak yoki agar biz ularni o’zimiz bilan teng ko’rmasak, ular majruh bo’lib voyaga yetishadi va jamiyatning yaxshi integrasiya qilingan maxsuldor a’zosi sifatida hayot kechira olmaydigan muammoga aylanishadi. Biz nogiron odamlarni teng huquqli fuqarolar sifatida qabul qilishimiz kerak. Biz ularga yoshligidan imkoniyatlarini kengaytirish va uni yaxshilash uchun kerakli muhitlarni yaratib berishimiz kerak. Kerakli xizmatlarni ko’rsatish va muhim siyosiy masalalarda ularning xuquqlarini esdan chiqarmasligimiz kerak.23 Yana bir muhim narsa bu, nogironlik masalalarini keng ma’noda qabul qilishdir, masalan nogironlikka yetaklovchi sifatsiz ovqatlanish, qoniqarsiz holatlarga sabab bo’luvchi daxshatli kambag’allik zanjiridan ularni ozod etishdir. Bunday zanjir kelajakda hech qanday ish va’da qila olmaydigan sifatsiz ta’lim tayyorlovlarga olib boradi va buning natijasida kambag’allik yana davom etadi. Biz bunday zanjirni uzib tashlamagunimizcha avlodlar osha davom etaveradi. Ta’lim olishga erkinlik yaratish mavjud holatni yengillashtirish va natijada daxshatli zanjirni uzib tashlashning kalitidir. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling