Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o’tishning sxemasi
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
Maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o’tishning sxemasiMaxsus ta’limMalohatXurshidaNargizaInkluziv ta’limXULOSA Bolalar yopiq muassasada qolib ketganlarida inklyuziv ta’lim orqali ularni hayotini me’yorga keltirish tamoyili ko’rsatilgan. Maxsus ta’limga qarshi kurashish yo’llarini ko’rsatishga harakat qilish ishlari va tadbirlari, maxsus ta’lim natijasida bolalar oiladan uzoqlashish, bezillash, kuchli tomonlarining yo’qolishi, umidsizlik, tushkunlik holatlarining paydo bo’lishi kabi salbiy xususiyatlar vujudga kelishi ko’rsatildi. Bunday holatlarni oldini olishda oilaning, o’qituvchining, jamiyatning ishtiroki, inklyuziv ta’limni boshlash va rivojlantirish to’g’risida yo’l – yo’riqlar tushintirish ishlarini ilmiy fikrda o’z ifodasini topdi. Ijtimoiy ish yo’nalishi O’zbekistonda jadal sur’atlarda olib borilmoqda va Respublikamizda samarali ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan tadqiqotlarda yurtimizning kelajagi bo’lgan farzandlarimizni hech kimdan kam bo’lmay voyaga yetishlari uchun har bir oilada ota – onalar mas’uliyatni his etgan holda o’z farzandlari bilan madaniy muloqotda bo’lishlarini, to’g’ri tarbiya berishlari to’g’risida, inklyuziv ta’lim yaxshi samara berishida ilmiy fikrlar beriladi. Bolalar tevarak atrofdagi kishilar bilan muomalada bo’lishi ularning kamol topishining muhim shartidir. Bola uchun eng yaxshi joy – bu oila va oilaviy ham jixatlikdir. Nogiron bola ham to’g’ri hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan bilim va hayot iy tajribalarni katta yoshdagi kishilardan o’rganadi. Tevarak atrofdagi odamlar bilan munosabat jarayonida nogiron bolada ham odamlarga ehtiyoj tarkib topadi, bu ehtiyoj bolaning hayotida har tomonlama yordam beradi. O’zbek halq maqollarida xikmat ko’p: “Har kimning qo’li o’ziga xizmat qilar”. Bolani maxsus maktabga berilsa, u shunday hayot ga ko’niksa, kelgusida o’z – o’ziga qanday xizmat qiladi. Oilada esa u tarbiya topadi, aka – opalardan o’rganadi, mustaqillikka intiladi. Oilada nogiron bolalarga ham imkon bering, u o’zi ovqat yeyishi va kiyinishi shart. Chunki kelgusida bu unga yordam beradi. Ota –onasiz esa u yopiq muassasada qolib ketsa, o’z – o’ziga xizmat qilishni unutib qo’yadi. Shunday ekan oiladagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish – oilaviy munosabatlarda sog’lom muhitning yuzaga kelishida, bolalar tarbiyasini to’g’ri olib borilishiga, bolalarga ijobiy fazilatlar va individual psixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Dunyoga kelgan har bir go’dak baxtli bo’lishiga, to’g’ri hayot kechirishiga xaqli. Shunday ekan, nogiron bolalar ham oddiy farzandlaringiz qatori yashashiga, yordam beraylik. Ularga e’tiborli bo’laylik, oilada qolib yashashlariga o’z hissamizni qo’shaylik. Ularga ortiqcha e’tibor bermasdan, boshqalarni farzandlaringiz qatori ko’ring. Bitiruv malakaviy ishida aqliy buzilishga ega bo’lgan shaxsni parvarishlash va normallashtirish tamoyillari to’g’risida ham ilmiy fikr berilgan. Bolalarga nisbatan yopiq muassasalarda qolib ketishining salbiy ta’sirlari va bolalarni bu holatdan qanday olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatishga harakat qilingan. Inklyuziv ta’lim orqali ularni o’qitishlari uchun ko’rsatmalar berilgan. Agar ushbu bitiruv malakaviy ishida inklyuziv ta’limga o’tkazishda ozmi – ko’pmi nafi teksa bu bizning yutug’imiz deb hisoblashga umid qilamiz. Nogiron bola hayot ining dastlabki yillaridan boshlab narsalar olami bilan tanishtirish, ularni oddiy bolalardan ajratmaslik, ularni oilada ham, tengdoshlari orasida jamiyatda oddiy inson sifatida muomala qilish kerakligi yoritilgan. Yopiq muassasalarda qolib ketish natijasida hayotda ajralib qolinish bu yaxshi natijalarga olib kelmasligi xulosalarda o’z aksini topdi. Yopiq muassasalardan inklyuziv ta’limga o’tish, agar o’taolmasa kerakligi keys mazmunida batafsil yoritilgan. Oila avvalom bor bola uchun eng maqul joydir. Shuning uchun ota – onalar farzandlarini ta’lim olib, jamiyatdan ajralmasliklarini ta’minlash uchun ularni hayotini me’yorga solish uchun tengdashlari qatori oddiy maktablarda ta’lim olishiga sharoit yaratishlari kerak. Oilada nogiron farzandi bor ota – ona farzandlarini inklyuziv ta’limga bersalar, ularni ham jamiyatda o’z o’rnini topadi. Quyidagi xulosalarda o’z aksini topadi. Oilada har tomonlama bir birini qo’llab quvvatlash; Oila – ijtimoiy – iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish; Inklyuziv ta’lim orqali nogiron bolalar hayot ini normallashtirish; Nogiron bolalarga achinish emas, ularga imkoniyatlar berish; Reabilitasiya bosqichini amalga oshirish. Nogiron odamlar nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi treninglar ham olib borish; Inklyuziv ta’lim orqali ularni kelgusidagi hayotlarini, mustaqil olib borishga va ularga nisbatan hurmatli munosabatini qaror topshirish; Oiladagi yaxshi muhit - ma’naviy muhit xotirjamlik, ota – ona hayot ini yo’lga solish, mustaqil yashashga, hech kimdan uyalmaslikka o’rgatish bu ota – onaning farzandi hayot idagi muhim rolidir. Ular farzandlarini asrab avaylab, mustaqil hayotga tayyorlash uchun inklyuziv ta’imlga berishlari kerak. Shundagina ular ham hayot dan zavq olib yashashlari mumkin. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling