Normamatova dildora
Fe'l yasovchi qo'shimchalar
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY IZOH
- YASASHGA ASOS
Fe'l yasovchi qo'shimchalar:
-la. anglamoq, tozakamoq -a. qiynamoq, yashamoq -ay. kuchaymoq, ulg'aymoq -lan. g'ururlanmoq, shidlanmoq -lash. dardlashmoq, xayrlashmoq -ar. ko'karmoq, qizarmoq -ir. gapirmoq -r. qisqarmoq, eskirmoq, o'zgarmoq, qayg'urmoq -iq. yo'liqmoq, zo'riqmoq, zoriqmoq -y. keksaymoq, qoraymoq -illa. chirsillamoq -sa. suvsamoq -ira. yarqiramoq, miltiramoq -si. garangsimoq -t. to'latmoq. (Idishini to'latib quymoq ma'nosida) Hurmatli abituriyentlar, affiksatsiya usulidagi so'z yasalishida ushbu 👆👆👆 ot yasovchi, sifat yasovchi, ravish yasovchi va fe'l yasovchi kabilarni ham yaxshi bilishingiz lozim. ASOSIY IZOH: tarkibida birdan ortiq so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud bo'lgan sodda yasama so'zlarning morfemik tahlili va so'z yasalish tahlilini bir-biridan farqlang. Dastlab quyidagi ma'lumotlarga e'tibor bering:👇👇👇 Morfemik tahlilda asos hamda har bir ko'makchi morfemalar alohida-alohida tahlil qilinadi va bunday tahlilda so'z yasovchilar ham, lug'aviy shakl yasovchilar ham, sintaktik shakl yasovchilar ham tahlilga tortilaveradi. So'z yasalishi tahlilida esa so'z har doim ikki qismga: YASASHGA ASOS qism hamda YASOVCHI VOSITA qismi kabi qismlarga ajratiladi, ahamiyatli jihati shundaki, bu tahlilda lug'aviylar va sintaktik shakl yasovchilar umuman tahlilga tortilmaydi, faqat so'z yasovchilar tahlilga tortiladi, shunisi qiziqki, bu tahlilda so'z yasovchilar bir so'z tarkibida ikki va undan ortiq miqdorda kelgan bo'lsa, eng oxirgi so'z yasovchi qo'shimcha "YASOVCHI VOSITA" hisoblanadi, undan oldingi yalpi qism esa "YASASHGA ASOS QISM " hisoblanadi: Quyidagi tahlilarga e'tibor bering 👇👇👇 "kitoblarning" so'zining morfemik jihatdan tahlili: kitob(yetakchi mor.)+ lar (lug'.) + ning (sin.) "kitoblarning" so'zining so'z yasalish jihatdan tahlili: ×××× bu so'z "so'z yasalish" jihatdan tahlil qilinmaydi, chunki yasalish xususiyati mavjud emas. "insofli" so'zining morfemik jihatdan tahlili: insof (yetakchi mor.) + li (so'z yas, ko'm. mor.) "insofli" so'zining so'z yasalish jihatdan tahlili: insof (yasashga asos qism) + li (yasovchi vosita qism) "bilimsizlik" so'zining morfemik jihatdan tahlili: bil (yetakchi mor.) + "-im" (so'z yas, ko'm, morf.) + "-siz" (so'z yas, ko'm, morf) + "-lik" (so'z y. ko'm, morf) "bilimsizlik" so'zining "so'z yasalishi" jihatdan tahlili: bilimsiz (yasashga asos qism) + "-lik" (yasovchi vosita qism). Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling