Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy ish nazariyasi fanining tarixiy taraqqiyoti


Download 1.31 Mb.
bet17/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
Ijtimoiy ish nazariyasi fanining tarixiy taraqqiyoti.

Ijtimoiy ko‘mak ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlariga borib taqaladi. Ijtimoiy yordam mexanizmining yorqinroq jamoaviy tuzilishi Sharqda shakllandi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, har bir odam o‘zi tegishli bo‘lgan an’anaviy tizim himoyasida bo‘lgan. Bu tizim o‘z a’zosini qo‘llab-quvvatlaydigan oila va jamoadan iborat edi.


Odamning eng qadimgi ajdodi bo‘lgan mavjudotlar uzoq tadrijiy jarayonni boshidan kechirgani ma’lum. Homo sapiens (ongli odam) jamoaga birlashgan holda mehnat qurollarini yaratib ulardan foydalangan, o‘z o‘y-fikrlarini boshqalarga til vositasida bildira olgan. Bu jarayon O‘rta Osiyoni ham chetlab o‘tmagan.
Odamlar og‘ir tabiiy sharoitlarda, dahshatli yirtqich hayvonlar qurshovida yashay olmasligini sezishib, birlashishga intilishi asosida onglilik omili yotadi. Shu ma’noda birlashish boshqariladigan hamkorlikka ehtiyoj sezishdir. Bu esa yo‘lboshchilarni keltirib chiqaradi. Yo‘lboshchilik muayyan bilim, tajribaga ega bo‘lib, jamoa hayoti va faoliyatiga yetakchilik qilish, unga aniq maqsad va an’analarga tayanib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir.
To‘da asta-sekin, tadrijiy yo‘l bilan uyushgan jamoa tusiga aylanishiga olib kelgan. To‘daning keng ko‘lamda uyushgan jamoaga aylanishida ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi, oziq-ovqat taqsimoti, jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’lum tartibga tushirilishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu tartibotlar asta-sekin, asrlar davomida zaruriy, majburiy qoidalarga, hamma rioya qiladigan an’ana, urf-odat, marosim shakliga kirgan, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylangan. Ibtidoiy odamlar galasi o‘rniga urug‘chilik jamoasi kelib chiqqach, oila yuzaga kelgan.
Jamoani boshqarishda mehnat va mahsulot taqsimotidan tashqari, kishilarning yosh xususiyatlariga e’tibor berila boshladi. Jamoa a’zolari – oqsoqollar, o‘rta yoshlilar, yosh bolalarga bo‘linib, ularning har biri jamoa hayotida yoshi, iste’dodi, imkoniyatiga qarab o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganlaridek: “...insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh bilan, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga sahovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berish xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketgan”.
Urug‘ va qabilachilik davrida ijtimoiy munosabatlar kichiklarni kattalarga va qabila boshliqlariga so‘zsiz itoatda bo‘lishini taqozo etgan. Urug‘ va oila jamoasini asosan urug‘ va oila boshliqlari boshqargan. Og‘ir ishlarni aksariyatini yoshlar, o‘spirinlar bajarganlar. Yoshi katta kishining bajarayotgan yumushiga yordamlashish odat va odob hisoblangan. Urug‘ yoki oila boshlig‘ining qarori urug‘-oila manfaatiga asoslangan bo‘lganligi uchun uni bajarish amri vojib bo‘lgan. Qariyalar ayni vaqtda o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan va kundalik hayot uchun zarur bilimlarni, xususan, barcha taomil (urf-odat)larni yoshlarga o‘rgatganlar.
Qadim zamonlarda O‘rta Osiyo xalqlari turmush tarzida jamoat bo‘lib bir joyga to‘planadigan ibodatxonalar huzurida doimo olov yonib turadigan muqaddas xonalar bo‘lgan. Bu xonalarda jamoa yig‘inlari o‘tkazilgan, diniy marosimlar vaqtida ko‘pchilik shu yerda ovqatlangan. Bundan tashqari, muqaddas xonalarda qishloq erkaklari dam olganlar, shuningdek, chetdan kelgan sayyohlar tunab qolganlar. Akademik Yahyo G‘ulomovning ta’kidlashicha, xorazmliklarning dehqonchilik bilan bevosita bog‘liq barcha og‘ir, mashaqqatli, umumbashariy mehnati jamoatchilik asosidagi “begor” tartibi vositasida amalga oshirilgan.
Bu haqida taniqli tarixchi olim, akademik A.R.Muhammadjonov quyidagicha yozadi: “Darhaqiqat, dehqonchilik xojaligi shakllanib, uning rivoj topishi bilan o‘tmishda jamoatchihkning mazkur ommaviy harakatini izchil mehnat tufayli xilma-xil moslamali sug‘orish inshootlari barpo etilib, bo‘z va qoq yerlar o‘zlashtirilgan, qo‘rg‘on, qal’a, shahar, hatto ayrim vohalar girdi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Shaharlarda ibodatxona madrasa, hammom, bozoru rastalar, karvon yo‘llari boylab qo‘noqxonali bekatlar-jomlar karvonsaroylar, daryo-yu soylar ustiga ko‘priklar, oqar suvsiz dashtu biyobonlarda quduq va usti gumbazli hovuz-sardobalar barpo etilgan.
Odatda qazuv ikki bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqich “saqo qazuvi” yoki “ulug‘ qazuv”, ya’ni “tashqi asosiy qazuv” arna boshini tozalash yoki qayta ochish. Bunday qazuv xon farmoni bilan tayinlangan “sohibkor” (ishboshi) nazoratida boshqanlgan. Ikkinchi bosqich qazuv “obxo‘ra qazuvi” magistral kanallar (arna va yop), ya’ni sug‘orish shoxapchalari va ulardan boshqa suv tarmoqlarini loyqadan tozalash qazuvi bo‘lib, u ichki mahalliy, ya’ni suvdan foydalanuvchilarning umumjamoa hashari hisoblangan. Mazkur hashar sug‘orish tarmoqlarining bevosita miroblari boshchiligida olib borilgan.
Qadimgi davrdagi yordam va o‘zaro ko‘mak, ijtimoiy himoya haqida bizga xabar beruvchi yozma manbalardan biri “Avesto”dir. “Avesto”da bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-yilning oxirgi choragi (mil. av. X asr) boshlariga xosdir. Bu qismlar Gatlar hisoblanadi. Zardushtiylik o‘zining ming yillik taraqqiyoti davrida lslomgacha o‘ziga xos diniy-falsafiy tizim bo‘lib qolmasdan, balki O‘rta Osiyoning ko‘pchilik xalqlari uchun universal huquq manbai sifatida ham ahamiyatlidir.
Zardusht bu ta’limotda qabilalarni birlashtirib, xalqlarni dev zulmlaridan xalos qilish hamda farovon hayot kechirishi mumkin deb hisoblagan. U o‘z va’z-nasihatlarida inson huquqlaridan mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q, deydi.
O‘ziga xos qomusiy bilimlar majmuasi bo‘lgan “Avesto”ning faqat Yasna Yashta, Visparad, Vendidat nomli boblarida bo‘lgan qismlari bizgacha yetib kelgan. Vendidat aslida qonun bo‘lib Zardusht bilan Axura Mazda o‘rtasidagi munosabat shaklida belgilangan. Axura Mazda insonning ma’naviy jihatdan pok bo‘lishini, yaxshilikka va ezgulikka amal qilishini talab etgan va baxt-saodatga erishish yo‘lida halol mehnat, adolat va haqiqat deb bilgan.
“Avesto”ga ko‘ra, inson yaxshilikka hamkorlik qilishda hamisha “yaxshi fikr” aytmog‘i “yaxshi ish qilmog‘i” lozim. Bu yuksak insoniy fazilat va sifat inson manfaatini hurmat qilishga qaratilgandir. Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal –zardushtiylik axloqining asosiy uchligi qoidasidir. Ezgu fikrlar – bu niyatning yaxshiligi, kishilar baxt-saodati uchun yovuzlikka qarshi kurashga hozirlik ruhidagi o‘y-fikr, barcha bilan tinch-totuv yashashga intilishdir.
“Avesto”da jamiyatning asosi oila bo‘lgan. Oila boslilig‘i “ota” shaklida berilgan. Oilaning tarkibini oila boshlig‘i ota, uning xotini ona va farzandlari tashkii etgan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodini benuqson saqlash uchun o‘zaro qarindoshlarning oila qurishi man etilgan.
Ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir yo‘la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor, deb uqtiriladi. Bu esa, ijtimoiy ta’minot huquqining shu davrda ham amalda bo‘lganligini bildiradi.
“Avesto”da jamiyat iqtisodiy asosini urug‘ jamoasi tashkii etgan. Urug‘ jamoasi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy vazifalarni hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan. Mulkiy munosabatlarda esa, mulk vis (urug‘) ga qarashli bo‘lgan. Visga kamida 15 ta bir-birlariga qarindosh oila kirgan. Jamoani boshqarish harbiy demokratiya prinsiplariga asoslangan. Jamoa tasarrufida nikoh munosabatlari, garovga turish masalalari hal etilgan. Vis (urug‘) tepasida vispati (urug‘ boshlig‘i) turgan, U otalar (oila boshlig‘i) ichidan erkin saylab olingan.
“Avesto”da faqirlarga mehribonlik g‘oyasi ustun turadi, odob-axloq me’yorlarini tizimga soladi. Jamoaning har bir a’zosi bajarishi shart bo‘lgan qoidalarni belgilab berdi.
“Avesto”ning qismlaridan biri “Vandidot” (yoki Vendidat – “Vi devo datem” – mazkur (kodeks) devlarga qarshi) Zardusht bilan Axura Mazda o‘rtasidagi muloqotni ifodalovchi 22 bob fargarddan iborat bo‘lib, Axura Mazda huquqiy va marosimga tegishli savollarga javob beradi.
Islom dim VI-VIl asrlarda Arabiston yarim orolida shakllangan va yemirilib borayotgan qabilachilik hamda uruq’chilik munosabatlar va qabilaviy xudolar o‘rniga el-yurtni birlashish, ijtimoiy talabni qondirishga xizmat qilgan. VIII asrda boshlangan islom dinini asoslash XII asrga kelib Inson huquqlarining tarixiy rivojlanishi “Avesto”dan Qur’oni Karimgacha uzoq takomillashuv yo‘lini bosib o‘tdi. Qur’oni Karimda inson aziz va mukarram, barcha mavjudotlarning zari toji va fazilatlar egasi sifatida e’zozlanadi. Ularning insoniy haq-huquqlarini hurmat qilish g‘oyasi yetakchilik qiladi.
Qur’oni Karimning “Baqara” surasining 215-oyatida quyidagicha yoziladi: “Sizdan (ey, Muhammad!) qanday ehson qilishni so‘raydilar. Ayting: “Nimamki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday ehsonlaringizni bilib turuvchidir”.
“Baqara” surasining 177-oyatida “Yuzlaringizni Mashriq va Mag‘rib tomonlariga burishingiz (ibodat qilishingizni o‘zi to‘la) yaxshilik emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga imon keltirgan, o‘zi yaxshi ko‘rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo‘llovchi, tilanchilarga va qullarni ozod qihsh yo‘lida beradigan, namozni to‘kis ado etib, zakotni to‘lab yuradigan kishi va kelishilgan ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og‘ir-yengil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yaxshilik (ahli)dir. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar va aynan o‘shalar taqvodordirlar” – deb yoziladi.
Qur’oni Karim “Niso” surasining 6-oyatida yozilishicha, “Yetimlarni to balog‘at yoshiga yetguncha imtihon qilib turinglar: voyaga yetganliklarini sezsangiz, mol-mulklarini o‘zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib, shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz! Kim boy bo‘lsa, yetim molidan saqlansin! Agar kambag‘al bo‘lsa, yaxshilikcha (me’yorida olib) yesin”, deyiladi.
Shu suraning 8-oyatida, “Meros taqsimiga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo‘lsalar, ularni ham u (meros) dan bahramand qilib, ularga yaxshi gapiringiz”, - deyilgan.
Mazkur suraning 9-oyatida “(Vasivlar) mabodo zaif (norasida) farzandlarni qoldirib, (vafot etganlarida o‘zlari ham) ulardan xavotir olganlari kabi, (o‘zga yetimlarning haqini yeyishda) Allohdan qo‘rqsinlar va (ularga) to‘g‘ri gapirsinlar” Shu suranmg 10-oyatida esa, “Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yongay do‘zaxiy bo‘ladilar, va albatta, do‘zaxda kuygaylar”, deb yozilgan.
36-oyatida “…qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”, deyiladi.
“Baqara” surasining 83-oyatida yozilishicha, “…eslang, (Biz) Isroil avlodidan: “Faqat Allohgagina sig‘inasiz, ota-ona, qarindosh yetim va miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga shirinso‘z bo‘ling‘ namozni barkamol o‘qing, zakot bering”, - deb ahd olgan edik. Keyin (siz, ey, Isroil avlodi,) ozchilik qismingizdan boshqangiz (ushbu ahddan) yuz o‘girdingiz”. Shu oyatning izohida “yetim deb shariatda balog‘at yoshiga yetmay otasi vafot etgan sag‘ir va sag‘irlarga aytiladi”, deyilgan. Hadisi sharifda: “Balog‘at yoshidan so‘ngra yetimlik yo‘q” deyilgan. Baqara surasining 261-oyatida “Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u bari bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimli zotdir” deb yoziladi. Uning izohida esa Alloh taolo bu misol bilan bitta xayrli ish uchun bitta emas, to 700 va undan ortiq savob ato etishi mumkinligini bildirmoqda, deb yoziladi.
An’om surasining 141-oyatida U (Alloh) shunday zotki, (so‘ri-toklarga) ko‘tarib qo‘yiladigan va ko‘tarib qo‘yilmaydigan (uzumzor) bog‘larni, ta’mi turlicha (bo‘lgan) xurmo va mevali daraxtlarni, (rang va ta’mda) o‘xshash va o‘xshamas zaytun va anorlarni paydo qildi. Meva hosil qilganda, mevasidan tanovul qilingiz! Hosil yig‘ish kunida (muhtojlarga) haqqini beringiz va isrof qilmangiz! Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi. Ushbu oyatlardagi umuminsoniylikni targ‘ib qiluvchi fikrlar ijtimoiy ishning tarixiyligini asoslaydi.
“Hadis”larda ham ijtimoiy himoyaga oid fikrlar bildirilgan. Endi hadislar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Payg‘ambarmiz Muhammad alayhissalomning yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalari, amru-farmonlari, u zoti sharifga mansub pandu-nasihatlar yig‘indisi “hadis”lar deb atalib, Qur’oni Karimdan keyin shariat ahkomlarining asosini tashkil qiladi. Ma’lumki tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni Karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan Payg‘ambar alayhissalorm hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘tayd, sa’y-harakatlari, adolatu xayr-barakotga asos solgan faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Hadislarni jamiyat hayotida tutgan beqiyos ahamiyatidan kelib chiqib, ularni o‘rganishga alohida e’tibor berilgan. Hadis ilmi bilan shug‘ullanish eng aziz va sevimli mashg‘ulot hisoblanib, ularni to‘plash uchun o‘z navbatida, shuni qayd etish kerakki, hadislarni to‘plash shahar qishloqma-qishloq kezib yurib, bitta hadisni o‘z roviysidan eshitish uchun qanchadan-qancha masofalarii, cho‘lu biyobonlarni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Hadislarni o‘rganishga kirishganlar har qanday mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh berishgan.
Movarounnahrda birinchi bo‘lib payg‘ambanmiz hadislarini qamragan maxsus asar yaratgan muhaddis imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziv hisoblanadi.
Buyuk muhaddislar imom al-Buxoriy, imom Muslim va imom at-Termiziy aynan shu to‘qqizinchi asrda faoliyat ko‘rsatganlar.
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) – mashhur hadisshunos olimdir. Allomaning o‘zi “Men hadislarni 1080 muhaddisdan vozib oldim”,- deb xotirlagan edi.
“Al-adab al-mufrad” asarida inson axloqi, odobi, ma’naviy kamolotiga doir hadislarni turli mavzular bo‘yicha tasnif qilgan va zarur izohlarni bergan. Bu asarda 1322 ta hadis va xabarlar 644 bobda jam qilingan.
Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” (Adab durdonalari) asaridan parchalar keltiramiz:

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling