Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet18/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
73-bob. Yetim bolani tarbiyat qiluvchining fazilati haqida.
130-hadis. Abu Hurayra Rasulullohdan rivoyat qildilar: Rasululloh: “Beva xotinlar va miskinlar ro‘zg‘origa (yordam qilish uchun) harakat qiluvchi kishi Alloh Taolo yo‘lida jihod qiluvchilar va kunduzi ro‘zador, kechasi ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladigan kishilardek savobga egadir”, – dedilar.
75-bob. Ota-onasidan (yoki begona odamdan) yetim qolgan bolani tarbiyat qilgan kishining fazilati haqida.
132-hadis. Murra al-Fahriy ibn Amr (roziyollohu anhu) Rasululloh (s.a.v)dan rivoyat qiladilar Rasululloh: “Yetim bolaning tarbiyatini o‘z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday yaqin bo‘ladi”, - deb o‘rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlarini ko‘rsatdilar.
“Kimda-kim yaxshi shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o‘sha (himoyasi)dan nasiba(savob) bo‘lur” (“Niso”, 85-oyat).
“Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson,) agar ularning har biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda): “Ey, Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin”, – deb ayt!” (“Isro”, 23,24-oyat).
Sadaqaning afzali bir musulmonning ilm o‘rganib, shu ilmini boshqa birodarlariga o‘rgatishidir.
Izoh: millatning butunligini saqlamoq uchun millat bolalari orasiga ilm kerak, buning uchun har kim o‘zining bilganini boshqalarga qizg‘anmasdan o‘rgatishi zarur bo‘ladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vassallam bilgan kishilarga, bilgan narsalarni o‘zlarida saqlab turmasdan boshqalarga o‘rgatishni undagan.
O‘rta asrlarga kelib ijtimoiy hayotda dindorlarning ishtiroki yanada turli shakllarda namoyon bo‘ldi.
O‘rta asrlarda tabobat bo‘yicha qadimiy tibbiy asarlar yunon va boshqa tillardan arab tiliga tarjima etilib, ulardagi tavsiyalar amaliyotda qo‘llana boshladi. Abu Rayhon Beruniyning “Tibbiyotda dorishunoslik” (Kitob as-saydana fi-t-tib), Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” (Al-Qonun fi-t-tib) asarlari mashhur bo‘lib, jahon tabobatida uzoq davrlardan beri asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Ayniqsa, Ibn Sino davolashning yangi usullarini qo‘llab tabib (hakim) sifatida mashhur bo‘ldi. Tabiblar tegishli madrasalarda ta’lim olishgan yoki ustoz-shogirdlik yo‘li bilan turli kasalliklarga, siniq-chiqiqlar, yara-jarohatlarga davo qilishni, xastaliklarning oldini olishni o‘rganishgan.
O‘rta asrlarda yashagan buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Berumy insondagi mehr-shafqat, yaxshilik qilish, oliyjanoblik jamoatchilik kabi fazilatlarini ulug‘laydi. Shu o‘rinda Beruniy yozgan quyidagi hikoyani keltiramiz: Xalifa Umar ibn Abdu - Jazizning o‘gli Abdulloh dirhamga bir qimmatbaho uzuk tosh sotib olgan. Otasi buni eshitib qolib, o‘g‘liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk sotib olibsan, Senga nasihatim, darhol o‘sha uzukni sotib, uning puliga mingta ochning qornini to‘yg‘az”.
Xo‘ja Ahmad Yassaviy yuqoridagi singari misralarida xaloyiqni shafqatga va g‘arib, yetim, mazlumlarga ozor yetkazmaslikka chaqiradi.
Buyuk vatandoshimiz Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy (1123-1197 yillar) fiqh ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir.
Buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning harbiy san’ati va davlatni boshqarish usuliga oid “Temur tuzuklari” asarida ham ijtimoiy muhofaza haqida ma’lumotlar berilgan. Unda quyidagicha yoziladi: “Yana amr etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar”. Sohibqiron buyrug‘i bilan butun saltanatda har bir kunlik yo‘l masofasi oralig‘ida karvonsaroylar qurilgan. Karvonsaroylar cheksiz sahrolarda ham bunvod etilib, zarurat tug‘ilganda tunda ham ming otliq yo‘lovchini qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan. Musofirxonalar tashkil qilish ham shu tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Ularni ozuqa, yem-xashak va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlash uchun bir qishloq, yo bir necha qishloqni ularga vaqf qilib berish qonunlashtirilgan.
Shuningdek, “Yana har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin”.
Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqiron Amir Temurning bir farmoyishi haqida ma’lumot beradi: “... har viloyatdakim, faqir miskin va darveshu mustahiq bo‘lsa yig‘ishturub, yillik ozuqa va to‘n va lalngalak tanabon va kafsh va etik, futa va dastor bersunlar va qishliq va yozliq to‘nlar bersunlar”.
Uning bu buyrug‘i mamlakatning hamma yerida bajariladi va ma’lumotlarga ko‘ra “barcha viloyatlarning akobir ashroflari va faqiru miskinlari aning davlatidin xurram va xushhol bo‘lib duo bila aytur edilar”.
Manbalardagi ushbu ma’lumotlar bu davrdagi ijtimoiy himoya nechog‘li darajada kuchli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Biroq Amir Temur va temuriylarning bu insonparvar siyosati bekorchi, ishyoqmas kishilarga qaratilmagan edi. Amir Temur mamlakatidagi bekorchi, gadolarga qarshi kurashdi.
“Tuzuklar”dagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt muchasi sog‘lom gadolarga kundalik oziq-ovqatlari berilgan, ular ish bilan ta’minlangan va tamg‘alangan. Ularga ikkinchi marotaba gadolik qilish taqiqlangan. Agarda ular bu ishni yana takrorlasalar, boshqa davlatlarga sotib yoki haydab yuborilgan.
Amir Temur: “Buyurdimki, har mamlakatning gadolariga vazifa yuklab ish bersinlar, toki shu yo‘l bilan gadolik yo‘qotilsin”, – deb farmon bergan.
Amir Temur davrida nafaqat kambag‘allar, balki ziyoli, ilm-ma’rifatli ulamolar, davlat amaldorlari ham ijtimoiy rag‘batlantirgan. Ular tirikchiliklarini bemalol o‘tkazishlari uchun suyurg‘ol tarzida yerlar in’om etilgan, bu esa ularning zimmasidagi vazifalarni kuchaytirishga xizmat qilgan. Ularga nafaqat yerlar in’om etilgan, balki kundalik va oylik maoshlar ham berilgan.
Bu davrda sipohiylar, qariyalar ham ijtimoiy himoyalangan.
“Temur tuzuklari”da yozihshicha, “Qaysi bir sipohiy xizmatda yurib qarilik yoshiga yetarkan, uni oylik haqdan mahram etmaslik va martabasidan tushirmaslik kerak”.
Amir Temur davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qiluvchi zamonaviy til bilan aytganda, “kredit tizimi” ham mavjud edi. “Sarmoyasi qo‘ldan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qayta tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin”, deyiladi “Tuzuklarda”. Bunday rag‘bat va ijtimoiy himoya nafaqat savdogarlarga, balki millati va elatidan qat’iy nazar, dehqon, hunarmand va boshqa kasb egalariga, barcha fuqarolarga ham tegishli edi. Agarda qaysi ziroatkorning ekin ekishga mablag‘i bo‘lmasa, ularga turli asbob va kerakli narsalar berilgan. Bu haqda “Tuzuklar”da shunday ma’lumotlar bor: “Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob berilsin”.
Bu davrda agarda fuqarodan birining imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalar va yordam berilgan.
Amir Temur boshqa mamlakatlar mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelgan, maxsus shifoxonalar ochtirgan. Amir Temurning ijtimoiy siyosati tom ma’noda baynalminal siyosat edi. “Tuzuklar”ida: “Mening dargohimga iltijo qilib, panoh istab kelgan turku tojik, arabu ajam toifalaridan bo‘lganlar birinchi navbatda, mazkur toifa va tabaqalardan sayyidlar va ulamoni izzat-hurmat qilishni, har qanday istaklari bo‘lsa, darhol muhayyo etib, muqarrar ravishda ularning ahvolidan xabardor bo‘lib turishni buyurdim. Agar sipohiylar toifasidan bo‘lsalar, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa, o‘z ahvoli, kasbi koriga qarab ish tutsinlar”. Shubhasiz, sohibqiron Amir Temurning ijtimoiy siyosati adolat va taraqqiyot omillaridandir. Zero, adolat – ijtimoiy ishning asosiy tamoyillaridan biridir.
Amir Temurning ijtimoiy siyosati soliqlar masalasida ham yaqqol ko‘rinadi: “Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak”. Amir Temur fikricha, “raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allanishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohning tarqoqligi, o‘z navbatida saltanatni kuchsizlanishga olib boradi”. U fuqarodan soliqlar yig‘ishda ularning imkoniyatlarini ham inobatga oladi.
Abdurahmon Jomiy ijtimoiy himoya va insonparvarlik haqida quyidagi misralarni yozgan:

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling