Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy ishchi quyidagi bilimlarni egallagan bo‘lishi zarur:
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining asosiy tamoyillari, ijtimoiy siyosat sohasida davlat ijtimoiy dasturlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida; kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish haqida; ijtimoiy ishning kasbiy etik me’yorlari va qadriyatlari haqida; ijtimoiy ishning zamonaviy nazariy modellari va bu sohadagi tadqiqotlar haqida; ijtimoiy muammolar yechimi, baholashni olib borish, intervensiya, ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktikaning turli usullari haqida; insoniy axloq va rivojlanishi haqida, jamoatchilik muhitining rivojlanishi to‘g‘risida, insoniy rivojlanish va axloqning shakllanishidagi biologik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning o‘zaro harakati haqida; aholi turli guruhlarining ishlashidagi yosh, psixoijtimoiy va etnomadaniy xususiyatlar haqida; inson rivojlanishi va axloqiga bunday ta’sirning ijobiy hamda salbiy tomonlarini inobatga olgan holda an’analar, madaniyat, din, shuningdek, shaxsiy ishonch va shaxsiy yo‘l tutishning ta’siri to‘g‘risida; aholini ijtimoiy muhofaza qilishning xalqaro huquqiy va milliy davlat me’yorlari (onalik va bolalik muhofazasini, bolalar, alohida ehtiyojli odamlar huquqlarini boshqaruvchi oila, mehnat, turar joy qonunchiligi me’yorlari, jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va oilaviy huquqlari asoslari) haqida; vasiylik, homiylik, farzand qilib olish, patronat oilaga joylashtirish, imtiyoz va nafaqalarni rasmiylashtirish, ishga joylashtirish, tibbiy va ta’lim muassasalariga joylashtirish va hokazolarni tashkil etish hamda tartibi haqida. Ijtimoiy ishchi quyidagilarni uddalashi kerak: o‘zining professional amaliy faoliyatida professional-etik me’yorlarga amal qilish; shaxslar, oilalar va uyushmalar bilan ishlashni uddalash; aholining turli guruhlari (bolalar, yoshlar, ayollar, keksa odamlar, nogironligi bo‘lgan odamlar va h.k.) xususiyatlarini bilish va ularga yordam ko‘rsata olish; muloqot malakasi (mijozlar, bolalar, hamkasblari va boshqa mutaxassislar bilan shaxslararo muloqot ko‘nikmalari, verbal va noverbal muloqot mahorati)ga ega bo‘lish; baholash va rejalashtirish malakasiga ega bo‘lish (to‘la baholash uchun axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish, mijozlar vaziyatini baholash asosida aniq rejalar va bitimlar ishlab chiqish, erishilgan natijalarni muntazam tahlil qilish va baholash); intervensiya o‘tkazish malakasiga ega bo‘lish (mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik, zarurat bo‘yicha rejalarni o‘zgartirish va tahlil qilish); ishchi qaydlarini olib borish malakasiga ega bo‘lish (ishlar bo‘yicha qaydlarni olib borish, hisobot va xatlar yozish, tashkilotda o‘rnatilgan talablarga mos keluvchi aniq va yaqqol qaydlarni olib borish); o‘z-o‘zini boshqarish malakasiga ega bo‘lish (shaxsiy ishi va vaqtini uyushtira olish, o‘zining kuchli va zaif tomonlarini bilish); rahbar yoki ancha tajribali hamkasbining superviziyasi bilan ishlashga layoqatli bo‘lish va o‘rganishga tayyor turish; amaliyotda nazariyani qo‘llashga qodirlik (ijtimoiy ish nazariyasini bilish va tushunish, amaliy faoliyat uchun munosib nazariyani tanlay va qo‘llay olish; ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishning miqdoriy hamda sifatli usullarini qo‘llagan holda tadqiqotlar o‘tkazish mahoratidan foydalanish; zamonaviy tadqiqotlarning ma’lumotlarini anglagan holda dalillarga asoslanib, amaliyotda qo‘llash; aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmidan foydalanish; Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling