Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari


Download 1.31 Mb.
bet27/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari.

Individual ijtimoiy ish ijtimoiy xizmatchilar tomonidan individlarga ularning psixologik, shaxslararo, sotsioiqtisodiy muammolarini ular bilan shaxsan o‘zaro ta’sir orqali yechish yo‘li bilan yordam berishga qaratilgan yo‘nalish, qadriyatlar tizimi, amaliyot turidir.


Guruhdagi ijtimoiy ish ijtimoiy ishning shunday shakli va usulidirki, unda bir-birlariga manfaatlari yaqin bo‘lgan va umumiy muammolarga ega odamlarning kichik guruhi muntazam tarzda to‘planib turadi va umumiy maqsadga erishish uchun harakat boshlaydi. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhdagi ijtimoiy ishning maqsadlari emotsional muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lishi shart emas.
Ijtimoiy ishda faqatgina shu kasb uchun xos bo‘lgan usullardan foydalaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashxis qo‘yish, tanglik vaziyatlariga aralashish, jamoada ish olib borish, ko‘chalarda ish olib borish usullari kiritiladi.
“Ijtimoiy tashxislar” (1917) kitobida Meri Richmond o‘zining ish usuli –mijoz shaxsiyatini ham, uning ijtimoiy holatini ham baholashni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tashxis qo‘yishni taqdim qilgan edi. Ijtimoiy ko‘mak uning tomonidan natijasi mijozning o‘zini ham uning ijtimoiy tevarak-atrofini ham o‘zgartirib yuborish bo‘ladigan tadbirlar kombinatsiyasi sifatida ko‘riladi. Ijtimoiy tadbirlarni Meri Richmond bir-birini o‘zaro to‘ldiradigan usullarga bo‘lgan edi: davolashning bavosita usuli va davolashning bevosita usuli. Bavosita usul shaxsning tashqi muhitiga ta’sir etishi, bevosita usul esa mijozning o‘ziga qaror ishlab chiqish uchun faol harakatga undash maqsadida ta’sir o‘tkazishidir.
Hozirgi kunda ijtimoiy tashxislarga (I.G.Zaynishev fikriga ko‘ra) quyidagilar kiritiladi:
- zondaj qilish – axborot tekshiruvi: infratuzilma, mahalliy aholi soni, tarkibi va tadriji to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va boshqalar;
- ijtimoiy-tarixiy tekshiruv – mazkur hududning o‘zlashtirilishi va unda odamlar yashay boshlashi tarixini, mahalliy aholi tarkibi o‘zgarishini, uning mashg‘ulotlari va an’analarini o‘rganish;
- turli hujjatlar, mahalliy va markaziy matbuotdan olingan maqolalar, elektron axborot vositalaridan, fuqarolarning xatlari va shikoyatlaridan olingan materiallarning maqsadli – axborot tahlili;
- ijtimoiy kartografiyalash – aholi orasida tug‘ilish va o‘lim tadriji va ijtimoiy makondagi tarqalishi hayot sifatining turli tabiiy va ijtimoiy omillarga qanchalik bog‘liqligini tahlil qilish.
- ijtimoiy taranglik vaziyatlariga aralashuv usuli (bu usuldan birinchi marta AQShda 1874-yilda, Cherkov oilada shafqatsiz munosabatga uchragan qizchaning taqdiriga aralashganda foydalanilgan bo‘lib, butun mamlakat bo‘yicha bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish jamiyatlari tuzila boshlagan edi.) Bu usul o‘tish davri tufayli yoki hayotdagi turli vaziyatlar sababli keskin tanglik holatida bo‘lgan alohida odamlar oilalar va guruhlar bilan ishlashda qo‘llanadi.
- jamoada ish olib borish usuli – an’anaviy metodlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy-siyosiy vositasi sifatida ko‘riladi. Jamoada ish olib borilganda mijoz shaxsiy va ijtimoiy muammolarning o‘zaro uzviy bog‘liqligini anglashiga erishish vazifasi qo‘yiladi. U nizoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan birdamlik harakatlarida faol ishtirok etishi lozim. Bunda qo‘llaniladigan usullar muammoning mohiyati va tipini aniqlash, sababini tahlil qilish, reja va strategiya ishlab chiqish, zarur resurslarni jalb etish, liderlarni aniqlash va ishga tortish, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ularning qiyinchiliklarini yengillashtirish maqsadida rivojlantirishdan iborat.
Ko‘chada ish olib borish ijtimoiy ishning “ochiq” usuli bo‘lib, u ko‘chadagi muammolarga yo‘naltirilgan va quyidagi preventiv tadbirlarni qamrab oladi:

  • nazoratsiz (marginal) yoshlar paydo bo‘lishining oldini olish, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish davomida yig‘ilishi paytida “tasodifan” ular bilan muloqot o‘rnatish yo‘li bilan profilaktika qilish;

  • ko‘chadagi yoshlar guruhlarining ehtiyojlari va alohida muammolarini aniqlash va ularga tegishli individual yoki guruh yordami ko‘rsatish;

  • guruhlarning miqdoriy jihatdan o‘sishining oldini olish, ularning parchalanib ketishiga harakat qilish va ular faolligini unchalik agressiv bo‘lmagan ishlarga yo‘naltirish;

  • ko‘chalardagi guruhlardan alohida qiyin o‘smirlarni ijtimoiy xizmatchilarning pedagogik otalig‘i ostida bo‘lgan yoshlar guruhlariga jalb etish uchun harakat qilish;

  • bolalarning ko‘chalardagi guruhlari uchun binolar izlash, ular bilan hordiqning turli shakllari va ekskursiyalarini ularning ijtimoiylashuvi yoki qayta ijtimoiylashuvini tezlashtirishni o‘tkazish;

  • giyohvandlar bilan aloqa o‘rnatib, ularni tegishli muassasalarga biriktirib qo‘yish;

  • o‘smirlarni o‘z tengdoshlariga hamkorlik yordami ko‘rsatishga tortish, ya’ni ular orasidan ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchilar ko‘ngilli yordamchilarini shakllantirish.

So‘nggi paytlarda og‘ir hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan odamlarni optimal tarzda o‘zgartirish, tartibga solish usullari ijtimoiy ish texnologiyasi deb atalmoqda (texnologiya yunoncha techne – ko‘nikma, mahorat, logos – ta’limot so‘zlaridan olingan) ijtimoiy ish texnologiyalaridan sohasi bo‘yicha mutaxassislar ijtimoiy soha bo‘yicha professionallarni tayyorlashda ustuvor yo‘nalish sifatida faqatgina uning individual mahorati, san’ati, intuitsiyasi va shaxsiy jozibadorligini emas, nazariy va amaliy tayyorgarligini oldingi planga qo‘yishadi, chunki ijtimoiy xizmatchi xatti-harakatlarining ko‘pchiligi – texnologik faoliyat bo‘lib, unda ma’lum elementli muayyan tizimlar, operatsiyalar, ko‘rsatkichlar mavjudki, ular yangi sharoitda osongina namoyon qilinishi yoki takrorlanishi mumkin.
Ijtimoiy muammolarni yechish texnologiyasi (I.G.Zaynishev fikriga ko‘ra) uch asosiy bosqichni bosib o‘tadi:
- nazariy bosqich maqsadli ustanovkani shakllantirish, texnologizatsiyalash predmetini aniqlash, tuzilma tarkibiy elementlarini, mijoz qo‘shilgan sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini aniqlashdan iborat;
- metodik bosqich mijozning holati to‘g‘risidagi axborotni olish yo‘llari va usullari, manbalarini tanlash, shuningdek, uni qayta ishlash va tahlil qilish vositalari va usullarini o‘zgartirish faoliyati uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tanlash;
- protsedura bosqichi amaliy faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqilgan tavsiyalarni tekshirish, taklif qilingan tavsiyalardan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish va harakatlar algoritmini o‘rnatish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy xizmatchi faoliyati maqsad, muayyan algoritm (xatti-harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi)ga, harakatlar andozasi va me’yorlariga, faoliyat natijalarini baholashning obyektiv mezonlariga ega bo‘lsa, unda uning ishi texnologiyaga mos ekanligi xususida so‘z yuritish mumkin.
Ijtimoiy ish texnologiyalarini tasnif qilish masalasi ancha munozaralidir. Bunday tasniflardan bir nechtasi mavjud. Misol tariqasida biz V.V.Bogdan va V.N.Ivanovlar tasnifini keltiramiz, unda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
- boshqaruv strategiyasini izlash texnologiyasi;
- ijtimoiy modellashtirish va prognozlash texnologiyalari;
- axborot texnologiyalari;
- tadbiq etish texnologiyalari;
- innovatsion ta’lim texnologiyalari;
- o‘tmish tajriba texnologiyalari.
Ijtimoiy ish texnologiyalari uning amaliy jihatini aks ettiradi, ijtimoiy xizmatlar va professional kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlaydi. Texnologik jarayonlarning mohiyati, mazmuni va namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklarni o‘zlashtirib olish mutaxassisni kasbiy tayyorlashdagi zaruriy shart va asos hisoblanadi.
Bugungi kunda “ijtimoiy ish” kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisli ijtimoiy xizmatchilar (qochqinlar, nogironlar, “xatar guruhlari” bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy xizmatchi; harbiy sohadagi ijtimoiy xizmatchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ish; ijtimoiy ishni tashkil etish).
Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga kiritilgan tashkilotlar:
Ijtimoiy ishchi faoliyati odamlar bilan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) darajada bo‘lgani kabi tashkiliy-boshqaruv va ma’muriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy ishchi xodim sifatida bo‘lganiday, quyidagi tashkilotlar bilan sherikchilikda ham ishlashi mumkin:

      • aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tashkilot va muassasalari (Muruvvat, Sahovat uylari, ijtimoiy ta’minot muassasalari va boshqalar), xalq ta’limi (Mehribonlik uylari, Vasiylik va homiylik organlari, umumta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktabgacha va maktab muassasalari, yordamchi ta’lim muassasalari va boshqalar), sog‘liqni saqlash (oilaviy poliklinikalar, maxsus tibbiyot muassasalari, reabilitasion markazlar, tibbiypedagogik psixologik komissiyalar va h.k.), hokimiyatlar huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, ixtisoslashtirilgan kasbiy-texnik kollej hamda litseylar va boshqalar;

      • xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, mehnat va ijtimoiy himoya bo‘yicha boshqarmaning viloyat, shahar va tuman organlari, ichki ishlar organlari;

      • tuman, shahar va viloyat hokimiyatlari;

      • mahalla;

      • jamoatchilik tashkilotlari va uyushmalari.

Ijtimoiy ishchilarning mijozlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, ko‘mak, yordam, xizmat ko‘rsatish va muhofazaga muhtoj bo‘lgan odamlar hisoblanadi:

  • bolalar va yoshlar: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar, OIV bilan azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhidagi yoki qonun bilan nizoga kirgan bolalar, institusional muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan o‘quv va o‘quv-tarbiyaviy muassasalarning o‘quvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz qolgan bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan, zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalar, trafik, mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatasiyaga tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va boshqalar;

  • oilalar va ayolllar – kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, ota-onasidan biri bo‘lmagan oilalar, a’zolarining birida OIV bo‘lgan oilalar, alohida ehtiyojli a’zosi bo‘lgan oilalar, krizis vaziyatidagi (oila a’zolaridan birining o‘limini, ajrashish, nizolar, uydagi zo‘ravonlik, ko‘chib o‘tishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar jabr tortgan oilalar, tutingan oilalar va bolalikka olgan oilalar;

  • nogironligi bo‘lgan odamlar va ularning oilalari;

  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj keksa odamlar;

  • murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar;

  • ish, turar joyini yo‘qotgan, yaqin insonining o‘limi yoki og‘ir kasallikni boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar va boshqalar;

  • OIV bilan yashayotgan odamlar;

  • spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarga tobeligi bo‘lgan odamlar;

  • penitensiar muassasalardan chiqqan yoki yopiq muassasalarda jazoni ijro etib qaytgan odamlar va h.k.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling