Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy ish mohiyatini anglashda konfliktologik yondashuv


Download 1.31 Mb.
bet35/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Ijtimoiy ish mohiyatini anglashda konfliktologik yondashuv.


Ijtimoiy ishning ba’zi usullari, masalan, “sotsiodrama” va “psixodrama” singarilar nizolarga to‘lib-toshib yotadi, chunki ularning mohiyati hayotdagi nizoli vaziyatlarni stixiyali tashkil etilgan sahnalarda o‘ynashdan iborat.
Har qanday nizo muayyan tuzilma, soha va dinamikaga ega. Nizoli vaziyatning tuzilmasi ishtirokchilarning ichki va tashqi mavqelariga, ularning o‘zaro ta’siri va nizo obyektiga bog‘liq. Ishtirokchilarning ichki mavqeida maqsadlar, manfaatlar va motivlar ajratib ko‘rsatiladi; bu mavqe nizoli vaziyatga bevosita ta’sir o‘tkazadi, biroq u “kadr ortida” bo‘ladi, ko‘pincha u nizo jarayonida tilga olinmaydi. Tashqi mavqe esa nizoga kirishganlarning nutqida, fikrlarida, nuqtai nazarlarida, istaklarida namoyon bo‘ladi. Nizo sohasi ishga yoki shaxsiyatga aloqador bo‘lishi mumkin. Nizoning xizmat sohasidan chetga chiqishi va shaxsiyatli nizoga aylanishining oldini olishga intilish lozim. Nizoning tadriji uch bosqichdan tashkil topadi: o‘sish; namoyon bo‘lish; pasayish. Nizoni hal qilishning eng qulay payti paydo bo‘lish bosqichidir. Nizoni “blokirovka” qilishning eng samarali usuli uni kommunikativ asnodan predmetli-faoliyat asnosiga ko‘chirishdir.
Ijtimoiy nizolar shunday sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga erishdiki, endi ijtimoiy portlash va jamiyatimizning vayron bo‘lish ehtimoli vujudga keldi. Shuning uchun ijtimoiy ish muammolarini konfliktologik tahlil qilish dolzarb va juda muhimdir
Bahslashuvda ko‘pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o‘z nutqini tuza oladigan odam g‘olib chiqadi.
Muloqot strategiyasi o‘z ichiga quyidagilarni (O.Ya.Goyxman fikriga ko‘ra) qamrab oladi:
- umumiy vaziyatni anglash: unda maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish vazifalari va asosiy g‘oyalarini aniqlab olish;
- qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun vaziyat rivojlanishini rejalashtirish va tashkil etish;
Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya’ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq priyomlaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, avvaldan ishonish ma’nosini deyarli 30 xil usulda ifodalash mumkin: “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo‘rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to‘nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar.
Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, ig‘vogarlik, obro‘ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko‘ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko‘nikmasi juda muhim.
“Mayda gap” bo‘lmang va muhim bo‘lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h.k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo‘lganini yetkazib qo‘ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy xizmatchi ko‘pincha boshqa muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so‘rab murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o‘zaro majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy xizmatchi uchun murakkabroq bo‘ladi, uning faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini to‘g‘ri o‘rnata bilish ijtimoiy xizmatchi muvaffaqiyatining kafolatidir:

  • hamkorlarning o‘z mavqelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga tanlab yondashish;

  • sherikning so‘zlariga munosabat bildirishning tezligi; sheriklar fikri va takliflariga tanqidiy baho berish;

  • subyektiv va obyektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy yondashuv;

  • mazkur muammo bo‘yicha mavjud nuqtai nazarlarni tanqidiy tahlil qilish orqali o‘zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;

  • muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas’ulligini his qilish.

Xizmat yuzasidan suhbatlarni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:
- suhbat rejasini oldindan yozib olish, eng muhim iboralarni tanlash;
- suhbatdoshga suhbat davomida vaqti-vaqti bilan ta’sir o‘tkazish tamoyilidan foydalanish: noxush momentlarni yoqimlilari bilan almashtirib turish, suhbatning boshida va oxirida ijobiy narsalar to‘g‘risida gapirish;
- suhbatdoshning asosiy motivlarini doimo yodda tutish: uning kutishlari, shu suhbat natijasida u qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan afzalliklar, uning mavqelari, o‘zini namoyon qilish istagi, adolat tuyg‘usi, o‘zini hurmat qilishi;
- suhbatga aloqasi bo‘lmagan chet kishilarning hozir bo‘lishidan qochish;
- har qanday vaziyatda xushmuomala bo‘lish, yuksak didni namoyish qilish.
- suhbatdoshning ijobiy javob berishiga ko‘maklashish;
- suhbatdosh “yo‘q” deb javob berishi mumkin bo‘lgan savollarni chetlab o‘tishga intilish;
- agar suhbatdosh sizning fikringizga qo‘shilmasa, uni batafsil bayon qiling;
- suhbat mavzuidan chetga chiqmaslikka harakat qilish, yo‘l-yo‘lakay chekinishlardan qochish, fikrni ishonarli qilib optimistik kayfiyatda ifodalash.
Shuni ham esda tutish zarurki, suhbatdoshning so‘zlarini beodoblik bilan bo‘linganda, uning o‘z fikrini bayon qilishiga asossiz yo‘l qo‘yilmaganda, uning dalillarini e’tiborga olmaganda yoki mazax qilganda, faktlar buzib ko‘rsatilganda, asossiz shubhalar bayon qilinganda va h.k. suhbatning risoladagiday o‘tishiga xalaqit beradi.
Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi: salomlashish va muzokaralar mavzuining debochasi: mavzu tavsifi va muzokaralar yuritish bo‘yicha takliflar; tomonlarning o‘z mavqelarini bayon qilishi; munozara yuritish; muammoni hal qilish; yakuniy hujjat tayyorlash va yakunlash.
Muzokaralar muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun, ular boshlanishi bilanoq suhbatdosh bilan umumiy nuqtalarni topishga intilish zarur. Munozarani mavzuning eng muhim jihatlaridan boshlash va asosiy masalalar bo‘yicha umumiy xulosaga intilish va shundan keyingina tafsilotlarga o‘tish taklif qilinadi. Muzokaralar boshlanishida mavzuning munozaraga sabab bo‘lmaydigan aniq jihatlari ko‘rib chiqiladi, bu esa munozarani rivojlantirish uchun asos yaratishga xizmat qiladi. Shundan keyin nisbatan osonroq hal qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Undan keyin esa batafsil muhokama talab qiladigan asosiy masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Agar bu masalalarni ko‘rib chiqishga muhokama boshidayoq kirishilsa, unda muzokaralar mutlaqo barbod bo‘lishi mumkin. Agar qarashlardagi tafovutlar jiddiy bo‘lsa, ularga urg‘u bermaslik lozim, aks holda bu muzokaralarning rivojlanishiga xalaqit beradi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling