Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet38/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Dars metodi: Blits so‘rov, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni:


Ijtimoiy ishda kommunikativ tizimlar. Aloqa axborot almashinuvi usuli sifatida.

Ijtimoiy informatika axborot tizimlarining turli amaliy sohalari: personalni boshqarish, muayyan vaziyatlarda ish yuritish, muassasa jamoalari madaniyatini rivojlantirish, bemorlarga turar joylarda qarash, onalar uchun ta’tillarni rejalashtirish, tanglik holatlariga aralashuv dasturlarini tuzish va boshqalarda qo‘llaniladi.


Ijtimoiy ishdagi axborot xizmatlari turlicha, ya’ni axborot, maslahat, ma’lumotnoma, huquqiy ko‘mak, axborotni saqlash va uzatish, mijozlar tanlash, test yoki sotsiologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash va talqin qilish, axborot manbalariga kirish, kasbiy tayyorgarlik, yordamchi xizmatlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy xizmatlar tomonidan aholiga kompyuter texnikasi vositasida ko‘rsatilayotgan va mohiyatiga ko‘ra ko‘plab tashqi xizmat tizimlarini o‘zaro bog‘lab turadigan axborot-ma’lumot xizmatlari hamma uchun ochiq va murojaat usuli (yozma, telefon orqali, shaxsiy uchrashuvda yoki avtomat javob beruvchi vositasidagi muloqot)dan qat’iy nazar, bepul bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari axborot-ma’lumot xizmatlari tizimi rejalashtiruvchi, siyosiy va tadqiqot murvati bo‘lib, u tamoyilni aniqlash, kamchiliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning noadekvatligi va samarasizligini ko‘rsatish qobiliyatiga egadir.
Ijtimoiy informatika axborot texnologiyalariga nisbatan bilimlar, ko‘nikma va mavqelar birligi bo‘lib, bo‘lg‘usi kasbda o‘quvchilar undan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
Ijtimoiy informatika kompyuterni o‘rganish yoki kompyuterda ishlash malakalarini o‘rganish bilan cheklanmaydi, ijtimoiy informatika axborot to‘g‘risidagi fandir. Ijtimoiy ishlar axborot so‘rov vositasida to‘planadi va kompyuterda qayta ishlab chiqiladi, yoki yana ham ehtimollirog‘i shundaki, alohida mijozni o‘rganish orqali olinadi. Videotexnika yordamida ma’lumotlar to‘plash alohida shaxsga nisbatan o‘tkazilgan tekshirishlar haqida hisobotga qo‘shimcha materialni ta’minlovchi juda foydali vosita.
Ijtimoiy xizmatchining kasbiy faoliyati videotexnika yordamida juda samarali o‘rganilishi mumkin. Videokamera yordamida osonlik bilan muhrlab qo‘yish mumkin bo‘lgan real xulq-atvor ijtimoiy xizmatchi va mijoz o‘rtasidagi barcha munosabatlar tizimini rivojlantirish uchun yaxshi yo‘nalish vazifasini bajaradi.
Biroq, ijtimoiy sohaga texnologik yangiliklar tadbiq etilayotgan davrda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tengsizlik kuchayib borayotgan bo‘lsa, yangi texnologiyalarni birinchi bo‘lib idrok qilayotganlar jamiyatning yuqori qatlamlariga xos ekanliklaridan ajablanmasa ham bo‘ladi. Ijtimoiy tuzilmaning eng quyi qismida joylashgan shaxslar bunday texnologiyalarning mahsulotlaridan hech qachon foydalana olmasliklari mumkinligiga ham ajablanmaslik kerak. Achinarli voqelik shundan iboratki, eng kambag‘al va eng oz ma’lumotga ega bo‘lgan, yangi texnologiyalarga eng ko‘p ehtiyoj sezayotgan odamlar unga hech qachon etisha olmasliklari ehtimoli juda yuqori. Ijtimoiy ishda axborot yoki kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga oid adabiyotlarga shunchaki ko‘z yugurtirish ularning asosiy ko‘pchiligi kompyuter texnologiyalarida dasturlar va boshqa axborot tizimlari bilan ishlash, yangi texnologiyalarni xizmatchilar va talabalarni menejmentga va boshqa kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatishda qo‘llanishdan, hamkasabalar bilan muloqotda foydalanishdan iborat ekanini ko‘rsatadi. Mijozlar kompyuter texnologiyasidan qanday foydalanish mumkinligi haqidagi maqolalar oz, huquq va axborot demokratiyasi haqidagi maqolalar esa undan ham oz. Kompyuterlarga va dasturlarga kirishning erkinligi axborot demokratiyasining zaruriy qismidir, biroq aftidan, uning o‘zi yetarli emas. Yangi texnologiyalardan, ayniqsa, ular murakkab bo‘lsa, foydalanishga o‘rgatish ijtimoiy muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismidir.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni boshqarish organlarida kompyuter texnikasidan foydalanish ularning ish sifatini yaxshilash, mijozlarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda vaqtni iqtisod qilish imkonini beradi. Masalan, Moskvada quyidagi kompyuterlashtirilgan axborot tizimlari ishlab turibdi: “Imtiyozlar-ma’lumotnomalar”, ular fuqarolarning alohida toifalariga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi; “murojaat-hisob-kitob” tizimi fuqarolarning nafaqa, imtiyozlar, ijtimoiy-maishiy xizmat masalalari bo‘yicha yozma murojaatlari haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi; “arxiv” – vafot etgan, chet elga ketib qolgan, turar joyini o‘zgartirgan, nafaqaning boshqa turiga o‘tgan nafaqaxo‘rlarning familiyalari va manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydi; “nafaqaxo‘r – naqliyot” – nogironlarni transport vositalari bilan ta’minlash, transport xizmati va benzin uchun kompensatsiyalar berish haqidagi ma’lumotlarni ifodalaydi; “nafaqaxo‘r - ma’lumotnoma” – nafaqa yoki yordam pullarining, kompensatsiya to‘lovlarining miqdori haqida axborot olish imkonini beradi.
Ijtimoiy ishga o‘rgatishning hozirgi Rossiya tizimi eng yangi axborot texnologiyalari (kompyuterlar, video, ommaviy axborot vositalari)dan foydalanish istagini hosil qilmaydi, bu pedagoglarning ulardan qo‘rqishi tufayli emas, balki bu vositalardan samarali foydalanish qobiliyatlari mavjudligiga ishonmaslik tufayli vujudga keladi.
Moliyaviy va insoniy resurslarni ko‘plab harajat qilish orqali yuz bersa ham, axborot texnologiyalaridan foydalanib yondashish ta’lim jarayonini individuallashtirishga, butun o‘quv kursi jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishiga yordam beradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling