Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining natijalari
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish nazariyasida amaliy metodlar: individual ish metodi; guruhli ish metodi; jamoada ishlash.
- 1 . Shaxsiy sifatlarning birinchi guruhiga
- ikkinchi guruhiga
- uchinchi guruhiga
Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining natijalari:
Ijtimoiy ish xodimi faoliyati va professional ijtimoiy ish instituti bunyodga kelganidan so‘ng quyidagi natijalarga erishiladi: jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolarning hal qilinishi yoki pasaytirilishi (oilalar, bolalar, Yoshlar, keksalar, nogironligi, OIV bo‘lgan, alkagol va giyohvand moddalarga tobe odamlar, yordam, himoya va ko‘makka muhtoj odamlar); har xil turdagi ijtimoiy muammolarning yuzaga kelishini oldini olish; ijtimoiy muammolarning paydo bo‘lishi va ularning chuqurlashishini bartaraf etishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy himoya hamda qo‘llab-quvvatlash tizimiga mablag‘ kiritishning foydaliligi hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligi; jamiyat, oila, aholi, shaxsning turlicha guruhlari, inson darajasida ijtimoiy muammolarning paydo bo‘lishini prognozlash. Ijtimoiy ish nazariyasida amaliy metodlar: individual ish metodi; guruhli ish metodi; jamoada ishlash. Ijtimoiy ish xodimi faoliyati odamlar bilan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) darajada bo‘lgani kabi tashkiliy-boshqaruv va ma’muriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday sifatlarga egalik (yoki ularning shakllantirilishi) o‘z kasbiy faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirish imkonini ta’minlaydi. Xususan, bu unga aholining turli ijtimoiy guruhlari va ularning xususiyatlari haqida xabardor bo‘lishi; o‘z xatti-harakatlari oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish; turli toifadagi insonlar bilan muloqot o‘rnata olish; kasbiy-shaxsiy salohiyatga ega bo‘lish (mijozlarda simpatiya uyg‘otish, ularning ishonchini qozona bilish, kasbiy sirni saqlay olish, mijoz hayotining shaxsiy maxfiy masalalari borasida o‘z odobi va xushmuomalaligini namoyon eta bilish va h.z.); ish jarayonidagi (mijoz va ma’muriyat yoki xodimlar orasida) turli xil nizo va kelishmochiliklarda, ishdagi omadsizlik va qiyinchiliklarda sabr, iroda, hissiy barqarorlikni saqlay bilishi, o‘z majburiyatini sidqidildan bajarishi; mijozlar bilan muloqotda xotirjamlik, hayrihoxlik, e’tiborlilikni namoyish etishni uddalay bilishi va shu kabilar. Maxsus adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari uch guruhga bo‘linadi1. Shaxsiy sifatlarning birinchi guruhiga kasbiy faoliyat doirasida ijtimoiy ish xodimining psixik jarayonlari (diqqat, idrok, xotira, xayol, tafakkur), psixik holati (toliqish, apatiya, stress, xavotirlanish, depressiya), ong sohasi, hissiy (vazminlik, loqaydsizlik) va irodaviy sohasi (qat’iyatlilik, izchillik, sezgirlik) xususiyatlariga oid qo‘yiladigan talablar kiradi. Shaxsiy sifatlarning ikkinchi guruhiga o‘zini nazorat qila olish, o‘z ishiga tanqidiy munosabatda bo‘la olish, o‘z xatti-harakatlari va imkoniyatlarini adekvat hamda obyektiv baholay olish, shuningdek, stressga nisbatan bardoshlilik va barqarorlik fazilatlari, ya’ni jismoniy chidamlilik, ixlos va o‘zini ishontira olish, o‘z hissiyotlarini boshqarish va yo‘naltira olish kabi sifatlari kiradi. Ijtimoiy ish xodimi shaxsiy sifatlarining uchinchi guruhiga muloqotchanlik (insonlar bilan tezda munosabat o‘rnata olish); empatiylik (insonlar kayfiyatini fahmlay olish, ularning ustanovka va kutilmalarini tez va oson payqay olish, ularning muhtojliklariga hayrixoh bo‘lish); vizual xususiyatlar (shaxsning tashqi maftunkorligi, didlilik, orasta va takallufligi); so‘zomollik (so‘z va fikr bilan uqtirish, ishontira bilish, dunyoqarashning kengligi) kabi xislat va fazilatlar kiradi. Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi “kasbiy etika” yoki “mehnat faoliyati etikasi” sifatida belgilanishi mumkin. Uning mohiyati shu kasb bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy ish xodimining axloqi va qadriyatlari sohasi, e’tiqodi va irodaviy fazilatlari hamda xulq-atvori xususiyatlari bilan birgalikdagi yaxlit kompleksi tarzda idrok etiladi. Ijtimoiy ish bo‘yicha jahon tajribasida, xususan, chet el va mahalliy ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari o‘z kasbiy faoliyatida 1979-yilda AQShda qabul qilingan “Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasining Axloq Kodeksi”ga amal qiladilar. Mazkur hujjatda ijtimoiy ish xodimining kasbiy axloqiy tamoyillari 6 asosiy yo‘nalishlarda qayd etilgan bo‘lib, ularda ijtimoiy ish xodimining xulq-atvori, kasbiy majburiyatlari sohasi, mijoz, hamkasblari, tashkilotlar, ish beruvchilar, kasbiy rivojlanishi, jamiyat oldidagi axloqiy majburiyatlari tafsiloti beriladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling