Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy ish xodimining professional majburiyatlari


Download 1.31 Mb.
bet44/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Ijtimoiy ish xodimining professional majburiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi quyidagilarga majbur:

  1. Ijtimoiy-tibbiy, yuridik, psixologik-pedagogik, moddiy va boshqa yordamga, ma’naviy, jismoniy va psixik salomatligining muxofazasiga muhtoj oilalar, bolalar va alohida shaxslarni aniqlash;

  2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, bolalar va katta odamlarning hayot sharoitlarini o‘rganish hamda ularning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini uyushtirish;

  3. Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha xizmat olish uchun boshqa tashkilotlarga yuborish;

  4. Tibbiy va ta’lim muassasalariga joylashishga, moddiy, ijtimoiy-maishiy va boshqa yordam olishda ko‘mak berish;

  5. Mijozlarda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni, nizoli vaziyatlarni belgilash, ularga bu qiyinchiliklar, nizolarni hal qilishda ko‘maklashish va ijtimoiy himoyalash;

  6. Mijoz/mijozlar bilan ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyasi va modellarini qo‘llab, mijozning kuchli tomonlariga urg‘u berish va uning atrofidagi imkoniyatlarni izlagancha ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib borish;

  7. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirish bo‘yicha ishlarni uyushtirish va uyg‘unlashtirish (masalan, bola qilib olish yoki bolani tutingan oilaga joylashtirish va hokazo);

  8. Mijozlar (ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslar, institutsional va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiyaviy muassasalarni bitirayotganlar)ning ijtimoiy moslashuvi va reablitatsiyasi yuzasidan ishlarni uyushtirish va uyg‘unlashtirish;

  9. Mijozlarni ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi va yuzaga kelgan hayotiy qiyinchiliklarni mustaqil hal qilishlari uchun zaruriy hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish;

  10. Mijozlarga bolalarning oiladagi farovonligini yaxshilash uchun bolalarning ehtiyoji va yoshga oid rivojlanishi, bolalar bilan shafqatsiz va beparvo munosabat va h.k. masalalari yuzasidan ota-onalar malakasini rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar berish;

  11. Mijozlarni istalmagan axloqni o‘zgartirish va ijtimoiy maqbul axloqni egallash masalalari bo‘yicha maslahat berish;

  12. Oilalarga bolalar, bemoralar va keksa odamlarni parvarish qilish qoidalari hamda malakalarini o‘rgatishda yordamlashish va uni tashkil etish;

  13. Odamlarning zaif guruhlariga nisbatan mavjud stereotiplarni susaytirish maqsadida ta’lim dasturlari va OAV orqali jamiyatning xabardorligini oshirish hamda professional ijtimoiy ishni targ‘ib qilish.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling