Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
birinchi bo‘limda “Ijtimoiy ish xodimining xulq-atvori va qiyofasi”ga oid;
ikkinchi bo‘limida “Ijtimoiy ish xodimining o‘z mijozlari oldidagi axloqiy majburiyatlari”; uchinchi bo‘limida “Ijtimoiy ish xodimining o‘z hamkasblariga nisbatan munosabatiga oid axloqiy majburiyatlari”; to‘rtinchi bo‘limida “Ijtimoiy ish xodimini ishga olgan tashkilot va ish beruvchilarga nisbatan axloqiy majburiyatlari”; beshinchi bo‘limida “Ijtimoiy ish xodimining o‘z kasbiga nisbatan axloqiy majburiyatlari”; oltinchi bo‘limida “Ijtimoiy ish xodimining jamiyat oldidagi axloqiy majburiyatlari” qayd etiladi. “O‘zbekistonda ijtimoiy ishchining kasbiy va etik Kodeksi”ga ko‘ra Ijtimoiy ishni amalga oshirishda quyidagi qadriyat va tamoyillarga asosangan holda ish tutiladi: Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish – insonning mustaqil tanlov va o‘zo‘zini aniqlashi huquqini tan olish; insonning ijtimoiymadaniy xususiyatlarini hurmat qilish; antidiskriminatsion yondashish (insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e’tiqodi, ideologiyasi, millati, sog‘ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat’i nazar qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish, kamsilmaslik); inson, guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangan holda ularning hayotini o‘zgartirishga ko‘maklashish; odamlar qadrqimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashishda insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda qabul qilish. Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik – insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlanishini ta’minlash; kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiyiqtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo‘nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashish; odamlar orasidagi ijtimoiymadaniy farqlarni inobatga olish, tan olish va hurmat qilish; inson stigmatizatsiyasi, jamiyatdan ajralib qolishini oldini olish, bartaraf etish va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirish; ijtimoiy farovonlik va xotirjamlikning ta’minlanishi va mijozning o‘zligini, mavqe’ini aniqlashi, o‘zini ijobiy ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish. Sodiqlik va vijdonlilik – mijoz manfaatlari, kasbiy hamjamiyat va jamiyat manfaatlari muvozanatini ta’minlash, birlarining manfaatlari boshqalarining manfaatlaridan yuqori qo‘yilmaydi; mijoz bilan ishlashda maxfiylikka amal qilinishi, uni ta’minlash uchun choralar qo‘llanishi darkor; muammoni hal qilish uchun uning manfaatida qo‘llanadigan harakatlar haqida yordam uchun murojaat qilgan mijozni to‘liq va ochiq xabardor qilishi lozim. Kasbiy vakolatlilik – kasbiy majburiyatlarni sifatli bajarishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ishchining munosib va mas’uliyatli axloqi; kasbiy tamoyil va standartlarga zid bo‘lmagan axloq; mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblar bilan muloqotda xatar va ekspluatatsiyani kamaytirish va ularning oldini olish uchun aniq kasbiy chegara o‘rnatish; o‘z bilimi, malakasi va mahoratidan samarali foydalana bilish; muntazam ravishda o‘z kasbiy malakasini oshirish, ishda yangi yondashuvlar va usullarni qo‘llash; tadqiqotchilik faoliyatida ishtirok etish va uning natijalarini keng targ‘ib qilish; o‘sib kelayotgan yosh mutaxassislarni egallangan shaxsiy kasbiy tajriba bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy salohiyat va sifatga erishishlariga ko‘maklashish; o‘z kasbiy imkoniyatlari va salohiyati chegarasini tan olish, zaruriyatda tegishli mutaxassis ko‘magini tashkillashtirish. Ushbu qoidalardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bu hujjatlarning barchasi ijtimoiy ish xodimining faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilagan. Tabiiyki, bundan tashqari, o‘zbek xalqi va jamiyatining madaniyati an’analari, mintalitet xususiyatlari, shuningdek, mamlakatimizdagi ijtimoiy himoya tizimi tarixiy rivojlanishi davomida egallangan ma’naviy-madaniy qadriyatlar, ijtimoiy ish amalga oshirilishi bilan bog‘liq mahalliy ilmiy-nazariy hamda amaliy tajriba yutuqlari ham inobatga olinishi zarur. Ijtimoiy ish xodimidan o‘z kasbiy faoliyatida yuqorida keltirilgan har bir kasbiy sifat va fazilat, bilimdonlik va salohiyatlilik talablariga muvofiqlikni talab etadi. Zero, himoyaga muhtoj bo‘lgan mijozlarning shaxsiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash yo‘lida u nafaqat baxtli hayotini ta’minlash, oilani saqlab qolish, balki jamiyatda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, adolatli jamiyatni qurish kabi sermashaqqat va savobli faoliyatni amalga oshiradi. Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy ish: odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat; o‘quv sohasi; ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Ma’lumki, ijtimoiy ish xodimining kasbiy faoliyati hozirgi davrda alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda ijtimoiy ish xodimining professional modelini, mukammal timsolini tasavvur etishni talab etadi. Shu ma’noda ijtimoiy ishni rivojlanishi ijtimoiy ish xodimining modeli asosida uning professiogrammasi yotadi degan tushuncha qat’iy shakllanmoqda. Ijtimoiy ishning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, tarkibi, vazifalari va ahamiyatini anglash uchun “ijtimoiy ish”, “ijtimoiy faoliyat”, tushunchalarining mohiyat-mazmunini ochib berishimiz kerak. Ijtimoiy faoliyat – bu insonni o‘rab turgan olam, ijtimoiy borliqqa munosabat, ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan faollik turlari, umuman ijtimoiy voqelikda ishlash va hayot kechirish usulidir. Bu esa o‘z navbatida nazariy va amaliy malaka ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Ular bir-birini to‘ldirib turuvchi faoliyat turlaridir. Faoliyat murakkab tizim bo‘lib, tizimlashtirishning turli asoslariga ko‘ra asosan quyidagilarga bo‘linadi: iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, siyosiy-ijtimoiy faoliyat odamning turli harakatlarida namoyon bo‘ladi: progressiv va reaksion; evolyutsion (tadrijiy) va revolyutsion (inqilobiy) ijobiy va salbiy; qonuniy va noqonniy; axloqiy va axloqsiz; ijodiy yoki ko‘r-ko‘rona, taqlidchilik va boshqalar. Ijtimoiy ish ijtimoiy faoliyatning alohida bir ko‘rinishi (yoki turi) bo‘lib, uning maqsadi – aholini turli guruhlarining mavjud ehtiyoj, talablari, oilaviy-shaxsiy qiziqishlarini qondirish va ijtimoiy kafolatlash, umuman kishilarni ijtimoiy harakatga qobilligini tiklashga va yaxshilashga yordam beruvchi sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish sohasida quyidagi tushunchalarga ham e’tiborni qaratmoq zarur. Bular “fenomen”, “qobiliyatli va qobiliyatsiz”, “professional” va “noprofessional” tushunchalarining mohiyatini ham ochib berishi zarur bo‘ladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling