Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet39/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94

Ijtimoiy xizmatchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanishga qarshilik ko‘rsatish hollari mavjudligini e’tirof va bartaraf etish, bu vositalardan foydalanish axloqiy mezonlari va konfidensialligi himoyasini ta’minlash ham zarur. Ijtimoiy ish kasbgina emas, balki ruhiy holat hamdir. Ba’zi bir mutaxassislar unga, bu ishga tegishlilik va sadoqatlilik hissiyotlarini beradigan sifat kabi qaraydilar, usiz azob chekayotgan odamlar bilan, ba’zida yechilmaydigan muammolar bilan, o‘zining hayotida ko‘p narsalarni yo‘qotgan odamlar bilan muloqot qilish mumkin emas yoki juda qiyin.




Ijtimoiy ishda muammolar yechimi.


Shaxsning kasb cho‘qqilari sari o‘zini-o‘zi harakatlantirishi beshta asosiy bosqichlarni (E.Zeer fikri bo‘yicha) o‘z ichiga oladi:

  1. Optatsiya – kasbiy va shaxsiy niyatlarni shakllantirish, shaxsiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda kasbni ongli ravishda tanlash.

  2. Kasbiy tayyorgarlik – kasbiy yo‘naltirilganlik, kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish, kasbiy vaziyatlar va vazifalarni nazariy va amaliy yechish tajribasini orttirish.

  3. Kasbiy moslashish – kasbga kirishib ketish, yangi kasbiy rolni o‘zlashtirish, kasbiy o‘z-o‘zini belgilash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni mustaqil bajarish tajribasini to‘plash;

  4. Professionallashuv – kasbiy mavqeni shakllantirish, shaxsiy va kasbiy muhim xossalarni va bilimlarni biriktirish va mustahkam tarkibiy shaklda uyg‘unlashtirish, kasbiy faoliyatni malakali mutaxassis sifatida bajarish;

  5. kasbiy mahorat – kasbiy faoliyatda shaxsiyatni namoyon qilish, o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarish.

Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ijtimoiy xizmatchining quyidagi kasbiy rollari farqlanadi (Справочное пособие по Социалной работе / Под. ред. A.M.Панова, E.И. Холостовой. –M.: “Юрист”, 1997):

    • mijozni aniqlovchi (Outreach Worker): qiyinchilikni boshidan kechirayotgan yoki tavakkalchilik holatida bo‘lgan odamlarni yoki odamlar guruhini aniqlaydi. Maqsad muammolarni yaratuvchi atrof-muhit sharoitlarini aniqlash, payqash;

    • baholovchi (Evaluator): axborotni yig‘adi, odamlarni, jamoaning muammolarini baholaydi. Maqsad axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash;

    • axborot menejeri (Data Manager): mijoz to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni tahlil va tasnif qiladi. Maqsad harakat uchun qaror qabul qilishga ko‘maklashish;

broker (Broker): odamlarni mijoz muammolarini hal qiladigan xizmatlarga yo‘naltiradi. Maqsad ijtimoiy xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish, odamlarga o‘zlarining salohiyatidan foydalanish imkonini berish;

    • vositachi, bufer (Mediation): nizoga kirishgan tomonlar: ikki odam, odam va guruh yoki ikki guruh o‘rtasida turadi. Maqsad – kelishmovchiliklarni yo‘qotish va odamlarni birgalikda samarali ishlashga o‘rgatish;

    • safarbar etuvchi (Mobilizer): odamlar guruhi harakatini muammoni hal qilish maqsadida tashkil etiladi. Maqsad – muammolarni hal etish uchun mijozlarning kuchlarini birlashtirish;

- advokat, himoyachi (Advosate): yordamga muhtoj odamlarning huquqlari uchun kurashadi. Maqsad - xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlarga yordam berish, qonunlarga va ijtimoiy ishning mavjud bo‘lgan amaliyotiga o‘zgartirishlar kiritish;
- o‘qituvchi (Teacher): insonlarga axborot va bilimlar beradi. Maqsad –insonlarga o‘zlarining muammolarini mustaqil yechishlarida, bilimlarini rivojlantirishda yordam berish;
- axloq-odobni tuzatuvchi (Behaviour Change): odamlar yoki guruhlar axloq-odob stereotiplariga, ko‘nikmalariga va idrok etishlariga o‘zgartirishlar kiritadi. Maqsad – mijozni psixologik-pedagogik tomondan qo‘llab-quvvatlash;
- hamjamiyatni loyihalovchi (Community Planner): guruhlarni, agentliklarni, xizmatlarni, hukumatlarni rejalashtirishda, ularning faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam beradi. Maqsad – ijtimoiy ishni dasturlash;
- maslahatchi (Counsultant): boshqa ijtimoiy xizmatchilarga yoki xizmatlarga yordam ko‘rsatadi. Maqsad – ijtimoiy ishning mutaxassislariga mijozlarning muammolarini hal qilishdagi bilimlarini oshirishda yordam berish;
- ma’mur (Administrator): muassasaga yoki hamjamiyatga tashkiliy va moliyaviy yordamni tashkil etadi. Maqsad – boshqaruv qarorlari qabul qilish.
XX asrning 90-yillarida Rossiyada “ijtimoiy ish” kasbining kiritilishi uchun poydevor sifatida boshqa mutaxassisliklar: tarbiyachilar, psixologlar, madaniyat, sog‘liqni saqlash va sport, ijtimoiy ta’minot va tartibni muhofaza qilish organlari vakillarining ishlanmalaridan foydalanildi, ularda odamlarni ijtimoiy himoya qilishning turli modellari, amaliy ijtimoiy ish shakllari va usullari, ilmiy tadqiqotlar natijalari mujassamlashgan edi.
Rossiyada ijtimoiy ish shaklanishining o‘ziga xosligi aynan mana shunda, o‘zining davlat sifatida “tug‘ilish” davrida bu ish ancha yetuk holatda, boy salohiyatga, chuqur tarixiy ildizlarga, mehribonlik an’analari va jamoaviylik ruhiga, hamkorlik, ijtimoiy g‘amxo‘rlik va o‘zaro yordam tajribasiga ega edi.
Mamlakatda ijtimoiy ishning paydo bo‘lishidan to hozirgi kungacha ijtimoiy pedagogikaning yetakchilik roli xos bo‘lib, bu holat Rossiyaning ijtimoiy ish bo‘yicha boshqa mamlakatlardan orqada qolishi tafovutini qisqartirishga, shuningdek, hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlardagi ijtimoiy ish modellarida yetishmayotgan va jahon amaliyoti va “ijtimoiy ish” integrativ fani uchun tashvishli hol bo‘lgan “ijtimoiy-pedagogik urg‘u” berishga imkon yaratdi.
Bizning mamlakatimizda “ijtimoiy ish” kasbiga dastlabki yo‘lni ochgan mutaxassislar ijtimoiy pedagoglar edi. Bu, avvalo, shuning uchun ham tabiiyki, har qanday ijtimoiy xizmatchi kasbiy vakolatliligi asosini axloqiy, psixologik, pedagogik xususiyatlar tashkil etadi. Mamlakatda XX asrdagi ijtimoiy ish taraqqiyotida (V.G. Bocharova filriga ko‘ra) uch bosqich farqlanadi: 1) 60-yillar; 2) 70-80-yillar; 3) 80-yillar – hozirgi davr.
1-bosqich. 60-yillar tajriba to‘plash, izlanish, ijtimoiy-pedagogik amaliyotda sotsiumdagi tarbiyaviy ishni tashkil etishga maxsus yo‘naltirilgan xizmatchilar toifasi (maktabda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ish tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xizmatchilarining turli toifalari, boshqa idoralar: madaniyat, sport, uy-joy kommunal va ijtimoiy ta’minot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kasaba uyushmalari tizimida, yotoqxonalarda va boshqa muassasalarda ishlaydigan) tashkilotchi-pedagog va tarbiyachilar shakllanishi davri edi.
2-bosqich. 70-80-yillar davomida ijtimoiy ehtiyoj, ijtimoiy ish, ijtimoiy tarbiyadagi ilg‘or tajribalar muammoni yechish mumkin bo‘lgan yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Mamlakatda turli majmualar: ijtimoiy-pedagogik, ta’limiy-madaniy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, qishloq maktab-majmualari va boshqalar tarmog‘i rivojlana boshladi. Pedagogika fanida bu davr tadqiqotchilarning ijtimoiy pedagogika muammolariga bo‘lgan e’tiborining kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Biroq, ijtimoiy ishning rivojiga uning tashkiliy, kadrlar, moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik tomondan yetarli ta’minlanmagani to‘siqlik qilib turardi. Bu jarayon yana ijtimoiy siyosat, ijtimoiy faoliyatning turli sohalari (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni taqdim qiladigan institutlar faoliyatining o‘zaro bog‘lanmagani va funksional pala-partishliklar tufayli; ikkinchi tomondan, eng ustuvor va murakkab soha – oilaviy-maishiy muhitdagi, katta yoshlilar va bolalar turar joyidagi ijtimoiy ish to‘g‘risida shaklangan an’naviy tasavvurlar, “jek” pedagogikasi tufayli qiyinlashib borardi. Ijtimoiy xizmatlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislar bilan ta’minlanmaganligi boshqa bir qator kasblar (ayniqsa, maktablardagi pedagogik kadrlarning) o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalar bilan shug‘ullanishiga olib keldi. Bu ijtimoiy ishning samaradorligi, ta’lim muassasalarining pedagogik funksiyalarini bajarishdagi va ayniqsa, bolalarning muloqot va kattalar bilan munosabatlar muhiti bo‘lgan oila pedagogik ta’limida salbiy iz qoldirdi.
Sotsiumdagi ish oilani ijtimoiy faoliyatdan, ijtimoiy tarbiyadan begonalashtirish, uning funksiyalarini turli davlat tuzilmalariga olib berishga intilish, bu sohaga maktab usullarini ko‘chirishga urinishlar tufayli cheklanar edi. “Tadbirlar pedagogikasi“ga aylanib qolgan maktab usullari ochiq muhitdagi bolalar va ularning mikroijtimoiy iqlimi intilishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlarini yetarli darajada hisobga olmas; ijtimoiy yordam mazmuni shakllari va usullarining muayyan adressizligi, bu shakl va usullarning ko‘pincha tasodifiy omillar bilan belgilanishi shaxsga yo‘naltirilmagan edi.
Tibbiy ijtimoiy xodimlarning yo‘qligi tufayli sog‘liqni saqlash tizimida ham murakkab vaziyat vujudga keldi, ularning vazifalarini qisman va nokasbiy darajada odamlarni davolashi lozim bo‘lgan mutaxassis-vrachlar bajarisha boshladi.
Deviant (noijtimoiy) xulq-atvorli o‘smirlar va “xatar guruhi”ga mansub oilalar bilan ijtimoiy ish masalalari mutaxassis ijtimoiy xizmatchilar yo‘qligi tufayli uzoq davr davomida militsiya organlari zimmasiga yuklandi.
Nogironlar, qariyalar, ijtimoiy muhofazaga qattiq muhtoj bo‘lgan odamlarning boshqa toifalari bilan olib boriladigan ijtioiy ish tizimi to‘liq emas edi.
Biroq qiyinchiliklar va ziddiyatlarga qaramasdan, bu bosqich ijtimoiy-pedagogik amaliyot va ijtimoiy ish sohasining boshqa tarmoqlari intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Turli idoralar faoliyatini integratsiyalash, idoralararo asosda ijtimoiy ish mazmunini muvofiqlashtirish, turli idoralarga tegishli muassasalar o‘zaro ta’siri xususiyatlarini o‘zgartirish singari tamoyillar ko‘zga tashlana boshladi.
Jamiyatdagi chuqur inqiroz oilalar, aholi guruhlari katta qismining ijtimoiy qashshoqligini ochib qo‘ydi va keskin kuchaytirdi, har bir shaxs manfaatlari va huquqlarining kafolati bo‘lgan jamiyatni iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tubdan sog‘lomlashtirish yo‘llarini izlab topishni birinchi masala qilib qo‘ydi.
3-bosqich. 80-yillar oxiriga kelib, mamlakatda ijtimoiy ish muammolarini davlat darajasida hal qilishga o‘tish, ijtimoiy xizmatlarning keng infratuzilmaga ega bo‘lgan yagona tizimini yaratish, uni retrospektiv ilmiy tahlil qilish, ijtimoiy ish sohasidagi jahon nazariyasi va amaliyoti rivojining yetakchi tamoyillarini anglash asosida kadrlar bilan ta’minlashga o‘tish uchun barcha shart-sharoitlar yetildi. Ijtimoiy ishning o‘z ichiga ko‘plab mintaqalarga yo‘naltirilgan, muayyan milliy-mintaqaviy va mahalliy sharoitlarda umumiy yondashuvlarni amalga oshirish usullari va vositalariga ko‘ra farqlanadigan variantlarni qamrab oladigan konsepsiyasi shakllandi. Ijtimoiy ishga turli xayriya tashkilotlari, ko‘ngillilar jamiyatlari, uyushmalar, jamg‘armalar, ijodiy soyuzlar, Cherkov faol qo‘shildi.
Hozirgi kunda ijtimoiy ishning sof davlat tizimidan jamoat homiyligini ham qamrab oladigan tizimga o‘tish yuz bermoqda. Qaysidir darajada biz homiylikning inqilobgacha bo‘lgan murvatlariga qaytmoqdamiz, ayni paytda sho‘rolar davrida vujudga kelgan ba’zi elementlarni saqlab qolmoqdamiz.
Rossiya homiyligi tizimini qayta yaratish yo‘lida ziddiyatlar va qiyinchiliklar bo‘lishi muqarrar. Xatolarni chetlab o‘tishda faqat hozirgi xorij tajribasinigina emas, balki o‘z Vatanimiz tarixiy tajribasini o‘rganish ham yordam beradi. Uni o‘rganish quyidagilardan guvohlik beradi: muhtojlarga beriladigan ko‘mak uni keng jamoatchilikni jalb etib nomarkazlashtirilganda samaraliroq bo‘ladi; uning individual xususiyatini saqlab qolish lozim; jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar – xayriya, xususiy, jamoat tashkilotlari, Cherkov va davlatning yordamga muhtoj bo‘lganlar to‘g‘risida axborot olishda ham, ularga yordam berishda ham o‘zaro ta’sirini saqlab qolish zarur.
Davlat o‘z zimmasiga xayriya muassasalari faoliyati, ulardan ba’zilari ishining qisman moliyalashtirish, eng muhimi muhtojlarga imtiyozlar, rag‘batlar tizimi orqali yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarning yagona tizimini, me’yoriy asosini yaratish bo‘yicha funksiyalarni olishi zarur.
Homiylik ishlariga ommaviy axborot vositalari tomonidan doimiy e’tibor qaratish va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish zarur.
Bilimlarning ilmiy shakllari turfaligi: faktlar, voqealar va ularning bayoni, tizimlashtirish, qonuniyatlar va tamoyillar, belgilangan maqsadga erishishning tamoyil va usullari, gipotezalar, qarashlar tizimlari har qanday fan asoslanadigan nazariyaga birikadi.
Hozirgi zamon fanlarining barchasi falsafadan o‘sib chiqqani tufayli, boshqa ko‘pgina gumanitar fanlarda bo‘lgani singari ijtimoiy ishda ham inson borlig‘ining mazmuni, ijtimoiy-axloqiy negizlarini asoslab beradigan falsafiy-gumanistik nazariya muhim o‘rin tutadi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling