Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy ishni predmeti doirasini aniqlash, obyekti va subyektini izohlash
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy ishni predmeti doirasini aniqlash, obyekti va subyektini izohlash
Fan sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti alohida shaxs, muayyan ijtimoiy guruh yoki shaxs hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy hodisalar, ularning psixologik-pedagogik, iqtisodiy va boshqaruv omillari ta’sirida o‘zgarish tamoyillaridir. Ijtimoiy ish fanining predmeti, o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida uni boshqa fanlar predmetlari, avvalo sotsiologiya, psixologiya, konfliktologiya, ijtimoiy tarix predmetlari bilan qiyoslab so‘z yuritish mumkin. Ijtimoiy ish ko‘proq amaliy xususiyatga ega. U faqat nazariyadan iborat emas, balki o‘z tarkibiga uzviy ravishda muayyan amaliy tajribaning ma’lumotlarini ham qamrab oladi. Hayot bilan, aholi turli guruhlari va qatlamlari hayotining muayyan shart-sharoitlari bilan mustahkam aloqa ijtimoiy ish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirishdagi muhim shartdir. Ijtimoiy ishning eng muhim tizim tashkil qiluvchi elementlaridan biri ijtimoiy ishdagi voqea va hodisalar mohiyati o‘rtasidagi mustahkam, takrorlanib turuvchi obyektiv aloqadorlikni ifodalaydigan qonuniyatlardir. Ijtimoiy ish qonuniyatlarini nazariy asoslash va eksperimental jihatdan tasdiqlash hozirgi zamon olimlari va tadqiqotchilari oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda quyidagi qonuniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin: ijtimoiy ish jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga odamlarning ehtiyojlari, muayyan vaziyat talablari asosida ta’sir o‘tkazish bo‘yicha faoliyat turi bo‘lib, u barcha odamlarning manfaatlariga, ularning ma’naviy yuksalishlariga va ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, ijtimoiy salomatlikning saqlanishi va reabilitatsiya qilinishiga xizmat qiladi; individning shakllanishi “ijtimoiy dastur” bo‘yicha – shaxsning o‘z rivojida o‘zining faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydigan ijtimoiy muhit ta’sirida yuz beradi; ijtimoiy xizmatlarning shakllanish va iste’mol qilish manbalari ijtimoiy determinatsiyalashga (lotincha determino - aniqlayman) xususiyatga ega, ya’ni ular jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib uning taraqqiyotidagi tamoyillarni aks ettiradi. Ijtimoiy ish subyektlari: 1) ijtimoiy yordam ko‘rsatayotgan ijtimoiy xizmatchilar, ijtimoiy pedagoglar; 2) boshqalarni ijtimoiy ishga o‘rgatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi; 3) ijtimoiy ish rivojlanish holatini qayd etayotgan, to‘plangan materialni umumlashtirayotgan va tizimlashtirayotgan, uning rivojini prognozlashtirayotgan tadqiqotchilar; 4) mamlakatdagi ijtimoiy siyosatni shakllantiradigan va amalga oshiradigan ma’muriy-boshqaruv xizmatchilari. Ijtimoiy ish keng ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelidir. Uni jamiyat aniq bir tarixiy davrda ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ruyobga chiqaradi. Tor ma’noda esa ijtimoiy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan. Ijtimoiy ish tushunchasi – butun dunyoda qabul qilingan ibora bo‘lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi. Ijtimoiy ish filantropiya, xayriya va boshqa faoliyatlardan shu bilan farqlanadiki, u nafaqat kundalik muammolarni yechishda yordam berishga, balki muhtoj kishilarga qiyinchiliklarni yengish texnikasini ham o‘rgatadi. Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlarini ketma-ketlikda qarab chiqishda tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy ishning subyektlar o‘z muhimligiga qaramasdan obyektlarning ham hosilasi va yetakchisidir. Ijtimoiy ish obyektlari u yoki bu jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, hatto siyosiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi. Subyektlari esa xuddi shu obyektiv sharoitlar ta’sirida yuzaga kelsalar-da, shu bilan birga siyosiy va boshqa ijtimoiy institutlar tomonidan, ustqurmaviy jihatdan shakllantiriladi. Obyektlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, obyektlar vujudga kelgan muammolardan kelib chiqib, hal etish kerak bo‘lgan masalalar darajasi bilan aniqlanadi. Subyektlar esa (ijtimoiy xizmatlar) ana shu asosda shakllanadi, tashkil topadi. Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlari “obyektlar-subyektlar” nisbatida qarab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy ish subyektlari tavsifini uning barcha jihatlarini hisobga olgan holda, xususan, amaliy va ilmiy hamda o‘quv predmeti sifatida qarab chiqish lozim. Chunki ular ijtimoiy hayot fenomenining bir-biri bilan zich bog‘langan va bir-biri bilan aloqador faoliyat turlari hisoblanadi. Obyektni subyekga, uning predmetli-amaliy faoliyatini bilish deb izohlash mumkin. U obyektiv voqe’likka shunchaki o‘xshash emas, balki subyekt bilan o‘zaro aloqa va ta’sir qiluvchi qismdir. Subyekt – predmetli-amaliy faoliyat va bilishning ifodalovchisi (individ, ijtimoiy guruh) bo‘lib obyektga qaratilgan faollik manbaidir1. Ijtimoiy ishda obyektlar va subyektlarni tushunishda 3 ta muhim bo‘lgan jihatni ta’kidlash lozim: birinchidan, ularning o‘zaro farqlari; ikkinchidan, ularning organik o‘zaro aloqasi va ta’siri; uchinchidan, ularning joy almashish imkoniyatlari. “Obyekt” hamda “subyekt” tushunchalari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Obyektli-subyektli munosabatlar ijtimoiy ishni asosan amaliy faoliyat sifatida tavsiflaydi. Ijtimoiy ishni fan sifatida o‘rganishimizda obyektli-predmetli munosabatlar bilan ish ko‘ramiz. Agar obyekt ijtimoiy ishning amaliy muayyan bir turi sifatida qabul qilinsa, predmeti esa shu obyektning (mijoz-individ, oila, jamoa, ijtimoiy guruh) tomonlarini tashkil etadi. Ta’bir joiz bo‘lsa buni ijtimoiy ish qonuniyatlari deb ham hisoblashimiz mumkin. Ijtimoiy ishni o‘quv fani sifatida (aniqrog‘i o‘quv jarayoni) tahlil qilinganda, tinglovchilar, talabalar obyekt, subyektlar esa – o‘qituvchilar tarbiyachilar hisoblanadi. Shu bilan birga bu yerda obyekt-subyekt munosabatlari haqida gap ketganda, ayniqsa, (tinglovchilar) talabalar mustaqil ilmiy tadqiqot va boshqa faoliyati (shu jumladan, amaliy) jonli misol bo‘la oladi. Ijtimoiy ishning obyekti keng ma’noda izohlanganda barcha odamlar hisoblanadi. Bu aholini barcha qatlamlari va guruhlarining hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy sohaning ahvoli, ijtimoiy siyosatning mazmuni, uni amalga oshirish imkoniyatlari bilan aniqlanadigan shart- sharoitlarga bog‘liqdir. Umuman aholini ijtimoiy himoya instituti doirasida ijtimoiy ish obyekti va subyekti masalasi yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy siyosatni yanada oydinlashtiradi. Chunki har bir inson o‘z hayotining har qanday davrida o‘zning istak, ehtiyojlari, hatto qiziqishlarini to‘laroq qondirilishiga intilishini ham nazarda tutish kerak. Shu bilan birga odam hayot faoliyatining har bir sohasida istak-ehtiyoj bir xil qondirilmasligi mumkin. Oddiy qilib aytganda, har bir inson u yoki bu darajada jamiyat tomonidan qo‘llab-qouvvatlanishga, yordamga, himoyaga muhtojlikni anglatadi. Hatto boy odamning ham qattiq hayojonga soluvchi vaziyatlar bilan bog‘liq tashvishlari, tinchroq vaziyatda o‘z sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga muhtojligi bo‘ladi. Ba’zan sog‘lom odam o‘zining turli niyatlarini amalga oshirishga imkoniyati bo‘lmay, omadsiz, hatto qashshoq bo‘lishi mumkin yoki har qanday oilada er-xotin yoki ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi kabi jarayonlarda ko‘rish mumkin. Aholi turli xil tabaqa, qatlamlarga mansub bo‘lib ularning ba’zilari hayotning qiyin, murakkab vaziyatiga duch kelganda o‘zining ijtimoiy muammolarini hal etolmaydigan darajada bo‘litshi mumkin. Ijtimoiy huquq1 aynan aholining ana shu guruhlari, qatlamlariga alohida e’tiborni qaratishni nazarda tutadi. Ijtimoiy ishning obyektlari oldida turgan u yoki bu masalalarni muammolarni yechshiga qaratilgan, kishilar, muassasalar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy ishning subyektlari ekanligini inobatga olgan holda, jumladan, ijtimoiy ishni tarkibiy qismini e’tiborga olib, turli asos bo‘yicha quyidagicha darajalash (differensiatsiyalash) mumkin: amaliy faoliyat, ilmiy va o‘quv jarayoni (ijtimoiy ishdagi o‘quv fanlari). Ijtimoiy ishning subyektlari quyidagilar hisoblanadi. 1) avvalo jamiyatdagi barcha tashkilotlar, muassasalar, ijtimoiy institutlar: Davlat o‘zining turli darajadagi qonun chiqaruvch, ijro etuvchi va sud hokimiyati ko‘rinishdagi tuzilmalari bilan. Bu tuzilmalarda mehnat va ijtimoiy taraqqiyot Vazirligi, shuningdek, hududiy darajadagi ijtimoiy ish boshqarish organlari (o‘lka, viloyatlar, respublikalar, avtonom tuzilmalarda ijtimoiy himoya organlari) shaharlar mahalliy organlar alohida o‘rin tutadi; Turli ijtimoiy xizmatlar: oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning hududiy markazlari; balog‘atga yetmaganlar uchun ijtimoiy tiklash (reabilitatsion) markazlari; ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga yordam ko‘rsatish markazlari; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun reabilitatsion markazlar; bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy boshpanalar; aholiga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish markazlari; telefon orqali ekstrim (shoshilinch) yordam berish markazlari va boshqalar; Davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, oliygohlari (oliy o‘quv yurtlari) va hokazolarning ma’muriyatlari va ularning bo‘limlari; Jamoat, hayriya va boshqa tashkilotlar va muassasalar: kasaba uyushmalari, bolalar fondining Qizil yarim oy (Qizil xoj) jamiyatining bo‘limlari, xususiy ijtimoiy xizmatlar, tashkilotlar va hokazolar1. Amaliy ijtimoiy ish bilan professional tarzda yoki jamoatchilik yo‘li bilan shug‘ullanuvchi kishilar. Haqiqatda ular ijtimoiy ishni ko‘rsatilgan ikki subyektlarining vakillaridir. Bunda ularni ikki guruhga ajratish mumkin: tashkilotchi-boshqaruvchilar va biz yuqorida ko‘rib chiqqan ijtimoiy ishning obyektlariga bevosita yordam ko‘rsatuvchi, madad ko‘rsatuvchi mijozlarni himoya bilan ta’minlovchi ijrochilar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahonda 500 mingga yaqin professional ijtimoiy ish xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy ish xodimlari alohida guruh bo‘lib, ular aniq professional va ma’muriy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishlari zarur. 6. O‘qituvchilar, shuningdek, bilimlar, ko‘nikmalar, mahoratlarini mustahkamlashga yordam beruvchilar: talabalar amaliyotining rahbarlari, murabbiylar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy sohaning turli tashkilotlari, muassasalari, korxonalarida talabalar (tinglovchilar)ning amaliyot o‘tashlariga yordam beruvchi boshqa xodimlar. 7. Ijtimoiy ishni tadqiq etuvchilar: Ilmiy xodimlar turli usullarni qo‘llagan holda ijtimoiy ishning holatini tahlil qiladilar, ilmiy dasturlar ishlab chiqadilar, shu sohada mavjud bo‘lgan va paydo bo‘layotgan tendensiyalarni qayd etadilar, ijtimoiy ishning muammolari bo‘yicha ilmiy hisobotlar, kitoblar maqolalar chop etadilar. Bu jarayonda mamlakatning ilg‘or oliygohlarining kafedralari, laboratoriya xonalari, ilmiy muassasalari, ijtimoiy muammolar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengashlar muhim rol o‘ynaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling