Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy xizmatchi va psixologning lavozim vazifalarini
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy xizmatchi va psixologning lavozim vazifalariniqiyoslab ko‘rish.Hozirgi zamon fanlarining barchasi falsafadan o‘sib chiqqani tufayli, boshqa ko‘pgina gumanitar fanlarda bo‘lgani singari ijtimoiy ishda ham inson borlig‘ining mazmuni, ijtimoiy-axloqiy negizlarini asoslab beradigan falsafiy-gumanistik nazariya muhim o‘rin tutadi. 1915-yilda Meri Richmond o‘zining “Ilmiy ijtimoiy ish” asarida ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xizmatchi hal qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolarga tashxis qo‘yish sxemalar yig‘indisini taklif qildi va bu ijtimoiy ishning turli xayriya shakllariga asoslanadigan axloqiy-terapevtik nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Xayriya ishlarini, muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish hozirgi kunda ham ijtimoiy ishni ilmiy anglash manbai hisoblanadi. 20-30–yillarda Z.Freyd va izdoshlari tomonidan ijtimoiy ishning psixodinamik nazariyasi oldingi qatorga olib chiqildi. Bu esa G‘arbdagi ko‘zga ko‘ringan ba’zi mutaxassislarga, psixodinamik yondashuv axloqiy-terapevtik an’ana, xayriya ishlari ijtimoiy ishga juda ko‘p g‘ayri-ilmiy, taxminiy, noaniq, faqatgina oddiy aqlga asoslanadigan narsalarni olib kirdi, degan fikrlar uchun asos berdi. Bu esa odamlarning xulq-atvorini o‘zgartirish, ularning salomatligii saqlash va reabilitatsiya qilish qiyinchiliklari bilan bog‘liq ijtimoiy ishning ko‘pgina qiyinchiliklarini hal qilishga imkon bermasdi. Ijtimoiy ishning psixodinamik, psixosotsial nazariyalari hozirgi kunda ham freydizm va neofreydizm yutuqlaridan, qisman zamonaviylashtirib, qayta izohlab sezilarli darajada foydalanishmoqda. Ayni paytda, ular insonning hayotga chidamliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilar ekan, mustaqil xususiyatlarga ham ega, garchi ular mazkur muammolardagi psixologik va ijtimoiy-psixologik komponentlarga urg‘u berishsa ham. 50-yillarda aholining hayotini saqlashga yo‘naltirilgan xulq-atvor mafkurasi va amaliyotini shakllantirishga ko‘maklashadigan, ijtimoiy ongni shu yo‘nalishda o‘zgartiradigan, davlat va individual qadriyatlar ro‘yxatida sog‘lom va uzoq umr ko‘rish qadriyatini ko‘taradigan, ekopsixologiya yutuqlariga (ekologik terapiya muammolari, turmushning, sog‘lom turmush tarzining shart-sharoitini saqlash)ga asoslangan ijtimoiy ishning psixologik nazariyasi rivojlandi. Taxminan shu paytda jamoalar ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishni va ijtimoiy guruhlar bilan olib boriladigan ish, odamga mikromuhit, turar joyida yordam ko‘rsatishni nazariy jihatdan o‘rganadigan ijtimoiy ishning psixologik nazariyasi taraqqiy topdi. Psixologik yo‘nalishdagi modellar ko‘proq psixologik bilimga odamning ruhiy mavqei va rivojlanishidagi qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiologik yo‘nalishdagi modellar ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini bilishga, jamiyatni tuzilmalarga ajratishga, undagi ijtimoiy institutlarning o‘zaro ta’sirini bilishga asoslanadi. Ijtimoiy-pedagogik modellar sotsiumning butun pedagogik salohiyatidan har bir shaxsning rivojlanishi, individual imkoniyatlarini namoyon qilishida foydalanishni ko‘zda tutadi. Kompleks modellar bioijtimoiy mavjudot sifatidagi insonning hayotiy kuchlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash muammolariga butunlik sifatida yondashishga yo‘naltiriladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling