Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Psixologik bilimlarni ijtimoiy ishda qo‘llash ko‘lami
Download 1.31 Mb.
|
Psixologik bilimlarni ijtimoiy ishda qo‘llash ko‘lami.
“Psixologiya” tushunchasiga tez-tez duch kelib turamiz, hayotiy hodisalar yig‘indisi sifatida psixologiya har bir insonga tanish. U odamlarga o‘zlarining sezgilari, timsollari, xotira, tafakkur, nutq, iroda, tasavvur, manfaatlar, motivlar, ehtiyojlar, emotsiyalar, his-tuyg‘ular va boshqa ko‘plab hodisalar orqali tanish. Asosiy ruhiy hodisalarni biz bevosita o‘zimizda uchratishimiz mumkin va bavosita boshqa odamlarda kuzatishimiz ham mumkin. Har bir inson muayyan ma’noda psixolog. Ilm-fanni hali o‘rganmasdan turib, bolaligimizdanoq “xotira”, “uning xarakteri undoq”, “sezgir”, “e’tiborsiz” singari so‘zlarni ishlatamiz, o‘zimizga yaqin odamlarning tashqi ko‘rinishlari: harakatlari, yuz ifodalariga qarab kayfiyatlarini aniqlashni bilamiz va bu bilimlarimizdan muloqot jarayonida juda yaxshi foydalanamiz. Biroq psixologiya to‘g‘risidagi bizning bilimlarimiz maishiy turmush darajasida bo‘lib, ular taxminiy, noaniq, ba’zan esa noto‘g‘ri tushunchalardir, chunki ular tizimlilik, chuqurlik, isbotlanganlik singari xususiyatlarga ega emas va shu sabablarga ko‘ra odamlar bilan jiddiy ish (ijtimoiy-pedagogik, tashkiliy, muolaja) olib borish uchun yetarli emas. Odamlar bilan ishlash ilmiy, ya’ni inson ruhiyati to‘g‘risidagi va uning u yoki bu vaziyatda o‘zini qanday tutishini prognozlash imkonini beradigan aniq bilimlarni talab qiladi. Ilmiy bilimlar maishiy turmushdagi bilimlardan real sabablarni isbotlash, tajribada va mantiqiy tahlil yo‘li bilan sinab ko‘rish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Psixologiya – hayotiy faoliyatning alohida shakli bo‘lgan psixikaning rivojlanish va harakatlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan. Psixika shaxsning atrofdagi tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sir jarayonida, ana shu dunyoni timsollar, fikrlar, tuyg‘ular va xatti-harakatlardagi in’ikosi jarayonida vujudga keladigan subyektiv olamidir. Boshqacha aytganda, insonning xulq-atvori obyektiv dunyoning unga ta’sir etishiga bog‘liq. Tashqi dunyoni aks ettirar ekan, inson tabiat va jamiyatning qonunlarini bilibgina qolmay, ularga o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini eng qulay tarzda qondirish maqsadida muayyan ta’sir ham o‘tkazadi. XX asr psixologiyasi o‘z tadqiqotlari doirasini anchagina kengaytirdi. Hozirgi zamon psixologlari insonning shunchaki psixikasi bilan emas, balki uning rivojlanish va yemirilish qonuniyatlari, guruh va jamiyat psixologiyasi bilan shug‘ullanadi. Ruhiy sog‘lomlik holati – me’yoriy holat bo‘lib, patologiya yo‘qligini bildiradi. Inson ruhiy jihatdan sog‘lom yoki nosog‘ ekanini bilish uchun avvalo, me’yor nima, patologiya nima ekanini bilish lozim, ya’ni o‘zimiz munosabatda bo‘layotgan odam uchun ruhiy sog‘lom odam mezonini bilishimiz kerak (V.I.Slutskiy fikriga ko‘ra): 1.Al’truistik hayotiy ustanovka (“Odamlar men uchun emas, men odamlar uchun”). Faqat mana shunday ustanovkagina odamni baxtli qilishi mumkin. 2.Chidam, qiyinchiliklarni, og‘irlik, ma’naviy va jismoniy azob-uqubatni yenga bilish. 3.Aql-idrok, qiziquvchanlik, faollik. 4.Jasurlik, qat’iyat, kuchli iroda. 5.Kirishimlilik, odamlarga qiziqish va hurmat, elementar axloqiy me’yorlarga rioya qilish. 6.Yaratuvchanlikka intilish, rivojlangan xayolot, tasavvur, ijodga muhabbat. 7. Ozodlikka muhabbat, mustaqil bo‘lishga intilish. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi, uning vazifalari va taqdiri tafakkur va voqelikning alohida ko‘rinishi bo‘lgan “ijtimoiylikning” vujudga kelishi bilan bog‘liq. Psixologiya fan sifatida “ijtimoiy faoliyat”, “farovonlik”, “ijtimoiy ish”, “ijtimoiy xizmatlar” va h.k. tushunchalarning rivoji bilan parallel tarzda yuz berdi. Ijtimoiylik, ayniqsa, XX asrda psixologik bilimlarning ham obyektiga aylandi. “Ijtimoiylik” hodisasining rivojlanishida ham psixologiya muhim rol o‘ynadi. Psixologiya odamlarga hayotning sermazmun, ahamiyatli bo‘lishida, o‘zlarini namoyon qilishda, hayotiy muhitni optimallashtirishda, hayotiy kuchlarni rivojlantirishda, muhtojlarga yordam berishda ko‘maklashadi. Ijtimoiy ishga yondashuvlarning ko‘pchiligi va ularning muqobillari alohida oqimlar sifatida shakllanar ekan, odatda, u yoki bu psixologik yo‘nalishlarga tayangan edilar. Masalan, psixoanaliz ijtimoiy ish tashxis nazariyasining asosi bo‘ldi. Tashxis nazariyasi esa, o‘z navbatida, individual ruhiy-ijtimoiy ishning vujudga kelishida darakchi vazifasini bajardi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling