Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Dars metodi: Aqliy hujum, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni: Psixologiya va ijtimoiy ish ilmiy bilish sohalari sifatida. Psixodinamik nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya falsafadan ajralib chiqib, mustaq, ilm-fanga aylangach, uning asosiy maqsadi laboratoriya sharoitida introspeksiya (o‘zini o‘zi kuzatish) usuli yordamida katta yoshdagi odam psixik hayotining asosiy elementlarini ochishdan iborat bo‘lib qoldi. Keyinchalik psixologiyada strukturaviy maktab deb nom olgan bu yo‘nalishga 1879-yili Leypsigda birinchi psixologik laboratoriya tashkil kalgan Vilgelm Vundt asos solgan edi. Vundt psixologiyaning asosiy vazifasi sifatida ong jarayonini qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi qonuniyat bog‘lanishlarini o‘rganishni taklif qildi. Shuning uchun Venalik yosh vrach Zigmund Freyd tomonidan hech kimning yordamisiz ishlab chiqilgan odamlarni o‘rganishning butunlay yangi yondashuvi paydo bo‘lganda o‘sha davrning psixologlari karaxt holatga tushib qolishdi. Odam psixik hayotining markaziga ongni qo‘yish o‘rniga Freyd uni ozgina qismi suvning tepasiga chiqib turgan aysbergga qiyosladi. Shu davrgacha hukmronlik qilib kelgan odamga o‘z xulqini anglay oladigan aqlli mavjudot sifatida qarashlarga zid ravishda u boshqacha nazariyani taklif qildi: odamlar doimiy ziddiyat holatida bo‘lishadi va bu ziddiyatlarning sababi butunlay boshqa, psixik hayotning yanada kengroq, sohasi bo‘lgan anglanmaydigan jinsiy va agressiv mayllardadir. Z.Freyd birinchi bo‘lib psixikani hech qachon o‘zaro kelisha olmaydigan instinkt, mulohaza va ong kuchlari o‘rtasidagi jang maydoni sifatida taqdim qildi. “Psixodinamik” atamasi aynan ana shu shaxsning turli qismlari o‘rtasidagi doimiy kurashga ishora qiladi. Psixoanalitik nazariya psixodinamik yondashuvning ko‘rinishi sifatida xizmat qilib, inson xulqini boshqarishda hukmronlik uchun o‘zaro raqobat qiladigan yoki kurashadigan instinktlar, motivlar (faoliyatga undovchi sabablar) va mayllarning murakkab o‘zaro harakatlariga asosiy e’tiborni qaratdi. Asosan Freyd talqinida, shaxs hech qachon to‘xtamaydigan, o‘zaro ziddiyatda bo‘ladigan jarayonlarning o‘sib boruvchi murakkab qurilmasidan iborat, degan tasavvurda psixodinamik yondashuvning mohiyati ifodalangan. Shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan dinamika tushunchasi insonning xulqi tasodifiy yoki bebosh bo‘lmay, balki determinlashgan (ya’ni sababiy bog‘langan degan ma’noni anglatadi) bo‘ladi. Psixodinamik yo‘nalishda determinizm biz bajarayotgan, his qilayotgan yoki o‘ylayotgan, hatto ayrim odamlar butunlay tasodif deb o‘ylaydigan hodisalarga ham, shuningdek, bilmay gapirib yuborish, bilmay xato yozib qo‘yish va shunga o‘xshash barcha holatlarga ham birdek talpinishdir. Bu tasavvur bizni psixodinamik yo‘nalish taqdim qiladigan eng asosiy va hal qiluvchi mavzuga olib keladi, ya’ni aynan shu tasavvur inson xulqini boshqarishda ongsiz psixik jarayonlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Freydning fikricha, aksariyat hollarda irratsional (mantiq, qoidalariga zid) bo‘lmay, bizning xulqimizning ahamiyati va sabablari ham kamdan-kam rollarda anglangan bo‘ladi. Freyd ta’limotini tan olmay turib zamonaviy shaxs nazariyalarini obyektiv baholab bo‘lmaydi. Uning u yoki bu (yoki hamma) g‘oyalari tan olinishi yoki tan olinmasligidan qat’iy nazar, Freydning XX asr G‘arb sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan chuqur va mustahkam ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, insoniyatning butun tarixi davomida kamdan-kam g‘oyalar shunchalik keng va kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Uning inson tabiatiga o‘ziga xos qarashlari usha davrda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga keskin zarba berdi: Freyd insonning qorong‘i, yashirin, demak, anglab bo‘lmas deb hisoblangan psixik hayoti qirralarini tushuiishga erishishning qiyin, lekin jalb qiluvchi yo‘lini taklif qildi. O‘zining 45 yillik samarali ilmiy faoliyati davomida Freyd: I) shaxsning birinchi keng ko‘lamli nazariyasini; 2) uzimish terapevtik tajribasi va o‘zini o‘zi tahlil qilishga asoslangan klinik kuzatishlarning keng miqyosli tizimini; 3) nevrotik buzilishlarni davolashning o‘ziga xos usulini; 4) boshqa hech qanday usul bilan o‘rganib bo‘lmaydigan psixik jarayonlarni tadbiq, qilish usullarini yaratdi. Freyddan keyin shaxs nazariyasining psixodinamik yo‘nalishida bir-biri bilan unchalik bog‘liq bo‘lmagan nazariyalar paydo bo‘lib, ularning mualliflari yo Freydcha yondashuvni kengaytirishga yoki uni qayta ko‘rib chiqishga harakat qilishdi. Freyd uning qarashlarini ma’qullaydigan ko‘plab intellektuallarni o‘uziga jalb qilgan va ruhlantirgan edi. Ularning ba’zilari psixoanalizga nazariy tizim sifatida sodiq, unga shunchaki sayqal berib, zamonaviylikka yaqinlashtirishdi. Boshqalari esa butunlay o‘zgacha yo‘nalishdan ketishdi, uzlarining shaxsiy, aksariyat antagonistik pozitsiyalariga ega bo‘lishdi. Bulardan ikkitasi eng mashhur nazariyotchilar Alfred Adler va Karl Gustav Yung Freyd bilan aloqalarini uzib, o‘zlarining noyob shaxsiy nazariy tizimlarini yaratishdi. Ularning har ikkalasi ham dastavval psixoanalitik harakat ishtirokchilari sifatida Freyd nazariyasining ko‘lami va yangiligini qizg‘in qo‘llab-quvvatlashgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ular Freydning seksuallilik va agressiyaga inson hayotining markaziy mazmuni sifatida haddan tashqari katta ahamiyat berayotganligi bilan kelisholmasliklarini bildirishdi. Freyd bilan psixoanalizning boshqa nazariyotchilari o‘rtasida ham ko‘plab fikrlarda kelishmovchiliklar mavjud edi va ular ham o‘zaro ziddiyatli maktablar yaragishda davom etishdi. Venalik psixiatr Adler tomonidan muhim deb hisoblangan yana boshqa mavzular odamlarning: - o‘z taqdirlarini o‘zlari yaratishlari; - yanada qoniqarliroq, hayot kechirish uchun hayvoniy mayllarini va nazorat qilib bo‘lmaydigan muhitni bartaraf qilishlari; - o‘zini o‘zi anglash orqali o‘zlarini va atrof olamni takomillashtirishlari kabi qobiliyatlarida jamlangan. Adler singari Yung ham Freydni instinktiv seksual mayllarga haddan tashqari katta ahamiyat berganligi uchun tanqid qilgan. Yung tomonidan ko‘tarilgan markaziy mavzu odamlarga ayni vaqtda ham ularning kelajakka intilishlari, ham hayot tajribalari ta’sir ko‘rsatadi, degan g‘oyani o‘zida aks ettiradi. Yung shaxs nazariyotchilari orasida birinchi bo‘lib shaxsning psixik salomatligiga erishish uchun uning turli yo‘nalishdagi intilishlari o‘zaro mutanosiblikdagi bir butunlikda jamlanishi kerak degan fikrni isbot qildi. Bu g‘oya Yung nazariyasida “shaxsiy o‘sish” atamasi bilan nomlanadi. O‘zbekistonda psixoanalitik markazlar va muassasalar faoliyatining ish boshlashiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, zero, yangi asr murakkab shaxslararo munosabatlar tizimi va inson psixikasiga turli stress holatlari ko‘rinishida ta’sir etib turuvchi kuchli axborot bosimi bilan psixik hayotdagi eslatilgan turli qirralar o‘zaro ziddiyatini kuchaytirsa kuchaytirayaptiki, aslo susaytirgani yo‘q. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling