Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Amaliy faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xizmatchining konfliktologik bilimlari


Download 1.31 Mb.
bet36/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
Amaliy faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xizmatchining konfliktologik bilimlari.

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bolalar avvalo jamiyatning a’zolaridir. Ularga shunday munosabatda bo‘lish, jamiyat ularni unutmaganini va alohida e’tibor berayotganini bildirib qo‘yish, uni ta’kidlash o‘rtadagi muloqotni samimiylashtirishi kuzatilgan. Shuning uchun ular bilan muloqotda shunday vaziyat bo‘lishi kerakki, suhbatdaoshlarda ulardan boshqa muhim ish yo‘qligini bildirish muhimdir. Mabodo, murakkab masalalarni ko‘rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo‘lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o‘ralashib qolishi, asosiy mavzular bo‘yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o‘tganidan qat’iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur. Ijtimoiy ishdagi nizo sifatida mutaxassisning shaxsiy va kasbiy qadriyatlari o‘rtasidagi nomutanosiblik ham ko‘rilishi mumkin. Oilaviy xizmatdagi amaliy xizmatchining, aytaylik, abortlarga qarshi bo‘lgan xizmatchi bilan shu masalani yosh homilador qiz bilan muhokama qilish jarayonida qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Hozirgi zamon tibbiyotining imkoniyatlarini yaxshi anglaydigan klinikadagi ijtimoiy xizmatchi diniy sabablarga ko‘ra hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan qon quyishga qarshilik ko‘rsatayotgan patsientning o‘zi hal qilishi huquqi bilan to‘qnashishi mumkin. Har bir alohida holatda ijtimoiy xizmatchi mijoz oldidagi, ish beruvchi oldidagi, kasbi oldidagi, jamiyat oldidagi majburiyatlarini taroziga solib ko‘rishi, shundan keyingina qaror qabul qilishi lozim.




Nazorat uchun savollar.

  1. Ijtimoiy ishda metodologik muammolar nimalardan iborat?

  2. Ijtimoiy ish tizimida jamoat va muruvvat tashkilotlari qanday rol o‘ynaydi?

  3. O‘zbekistonda oilani ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari qanday?

  4. Ijtimoiy ish amaliyotida qadriyatlarning o‘rni qanaqa?


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling