Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy ish xodimi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega bo‘lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog‘i zarur


Download 1.31 Mb.
bet43/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Ijtimoiy ish xodimi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega bo‘lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog‘i zarur:

  • har bir odamning qadriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlash;

  • odamlarning individual farqlariga bahosiz munosabat, insonparvarlik;

  • rivojlangan o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholash, tanqidiy tafakkur;

  • empatiya (hamdardlik va xayrihohlik qobiliyati);

  • refleksiya (fikrlash, mulohaza yuritish qobiliyati);

  • odamlar bilan aloqa o‘rnatish va ishonchli munosabatlarni shakllantirishni uddalay olish;

  • odamlarning hissiy holatiga sezgirlik va ta’sirchanlik, hissiy vazminlik va chidamlilik;

  • murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi qat’iyatlilik va izchillik;

  • xavotirlilikning maqbul darajasi, ruhiy tushkunlik holatiga moyillikning yo‘qligi:

  • yordam ko‘rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko‘ra bilish va rivojlantirish mahorati;

  • stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash ko‘nikmasi: o‘z-o‘zini nazorat qilish, bir holatdan boshqasiga o‘tish, o‘z hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyati.

Ijtimoiy ish xodimlarining etik majburiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi majburiyatlari:

  • ijtimoiy ish mijozlarining qiziqishlariga ko‘maklashadi va huquqlarini himoya qiladi;

  • mijozlarda ishonch o‘rnatish va uni saqlashga intiladi va maxfiylik qoidasiga amal qiladi;

  • xizmatdan foydalanuvchi mijozlarning mustakillikni egallashiga, o‘z-o‘zini aniqlashni rivojlantirishga ko‘maklashadi;

  • xizmatdan foydalanuvchi mijozlarni xavfdan hamda ularga zarar kelishidan iloji boricha himoya qiladi;

  • o‘z ishining sifati va o‘z bilimlari, malakasini saqlash hamda yaxshilashga mas’ul bo‘la oladi;

  • millati, yoshi, diniy e’tiqodi, oilaviy maqomi, aqliy yoki jismoniy xususiyatlari, imtiyozlari, shaxsiy tavsifnomalari va boshqalarga asoslangan kamsitishning har qanday shakllarini namoyon etishni rad etadi va to‘sqinlik qiladi va boshqalar.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling