Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet42/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Dars metodi: Aqliy hujum, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni:

Ijtimoiy ish mijozi” tushunchasi.




Ijtimoiy ish kasbi insonlarning tinchligini ta’minlash maqsadida jamiyatdagi o‘zgarishlarga, insoniy munosabatlar muammolarining hal qilinishiga, shuningdek, insonlarning ozodligi va imkoniyatlarini kengayishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy ishning asosi bo‘lib, ijtimoiy adolat va inson huquqlarining amal qilinishi tamoyillari hisoblanadi.
Ijtimoiy ish xodimlarining mijozlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, ko‘mak, yordam, xizmat ko‘rsatish va muxofazaga muhtoj bo‘lgan odamlar hisoblanadi:

  • bolalar va yoshlar: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar, OIV bilan azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhdagi yoki qonun bilan nizoga kirgan bolalar, institutsional muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan o‘quv va o‘quv-tarbiyaviy muassasalarning o‘quvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz qolgan bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan, zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalar, trafik, mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatatsiyaga tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va boshqalar;

  • oilalar va ayollar – kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, ota-onasidan biri bo‘lmagan oilalar, a’zolarining birida OIV bo‘lgan oilalar, alohida ehtiyojli a’zosi bo‘lgan oilalar, krizis vaziyatidagi (oila a’zolaridan birining o‘limini, ajrashish, nizolar, uydagi zo‘ravonlik, ko‘chib o‘tishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar, jabr tortgan oilalar, tutingan oilalar va bolalikka olgan oilalar;

  • nogironligi bo‘lgan odamlar va ularning oilalari;

  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj keksa odamlar,

  • murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar;

  • ish, turar-joyini yo‘qotgan, yaqin insonining o‘limi yoki og‘ir kasalligini boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar va boshqalar;

  • OIV bilan yashayotgan odamlar;

  • spirtli ichimlik va yoki giyohvand moddalarga tobeligi bo‘lgan odamlar;

  • penitensiar muassasalardan chikkan va yoki yopik muassasalarda jazoni ijro etib kaytgan odamlar va x-k.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling