Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Hamkasblari va boshqa tashkilotlar hamda xizmatlar bilan o‘zaro harakat qilish


Download 1.31 Mb.
bet45/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
Hamkasblari va boshqa tashkilotlar hamda xizmatlar bilan o‘zaro harakat qilish: hamkasblari, aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy ta’minlash tizimiga aloqasi bo‘lgan turli kasblarning vakillari (psixologlar, yurist, pedagog, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy muhofaza organlari ish xodimlarii, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimalri va h.k.) bilan hamkorlik.
Ijtimoiy ish xodimi:

  1. Hamkasblari bilan ochiq hamkorlikda ishlaydi va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

  2. Aholi va boshqa kasb vakillarida murakkab hayotiy vaziyatda bo‘lgan boshqa odamni to‘g‘ri anglash va tushunishga yordamlashadi;

  3. Mijoz bilan uning eng yaxshi qiziqishlariga amal qilish sharoitida ishlashga jalb etilgan mutaxassislar bilan axborot almashadi;

  4. Manfaatlar nizosini vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan munozarali masalalar haqida ma’lumot beradi;

  5. Rahbariyat yoki tegishli mas’ul tuzilmalarni aholining turli toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yordamni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan amaliy qiyinchiliklar yoki imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor qiladi;

  6. Ijtimoiy himoya bo‘yicha o‘zining faoliyatini bajarishga yetarli darajada tayyorlanmagan yoki layoqatsiz deb his qilgan rahbariyat yoki yuqori tashkilotlardan yordam so‘raydi;

  7. Rahbariyat yoki boshqa mas’ul tashkilotlarni hamkasblari tomonidan xavfsiz amaliyotni qo‘llash, xizmat kursi ish standartlarini suiste’mol qilish holatlari haqida xabardor etadi.

Ijtimoiy ish xodimi kasbining xususiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi o‘z kasbiy faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib, xabardor qilingan va supervayzer yoki rahbar yordamida uddalashi zarur bo‘lgan qator qiyinchilik va muammolar bilan to‘qnashadi:

  • psixohissiy va jismoniy toliqishda, hissiy ta’sirchan ish boshlanishining pasayishi, empatiyaning zaiflashishi professional motivatsiyaning kamayishida namoyon bo‘lishi professional “kuyish” sindromi;

  • ishda etik dilemmalar bilan tez-tez to‘qnashish va har bir aniq vaziyatda qaror qabul qilish zaruriyati;

  • mijozning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar bilan to‘qnashish;

  • mijozlarning real vaziyatlari va ularning muammolarini hal qilish uchun vaqt hamda vositalarining tanqisligi;

  • aniq muammo bo‘yicha tezkor qaror qabul qilish zarur bo‘lgan sharoitda axborotning tanqisligi yoki informatsion to‘kislik.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling