Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
Uchinchidan, nogironlikning ijtimoiy institut sifatidagi ikkinchi komponenti – bu alohida institutsional funksiyalarni bajarishga yo‘naltirilgan alohida guruhlar va tashkilotlar faoliyatidagi uyg‘unlikdir. Ushbu guruhlar qonun va qonunosti hujjatlari shaklida huquq va vakolatlaridan kelib chiqib ushbu ijtimoiy institutning nafaqat legitimligini balki uning faoliyati shakli legitimligini belgilab beradi.
To‘rtinchidan, ushbu faoliyat avvalo, fuqarolarni nogironligini tan oluvchi davlat xizmatlari va ularga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat tuzilmalari tomonidan, shuningdek, nogironlarning nodavlat jamoatchilik birlashmalari tomonidan amalga oshirilib, uning doirasida nogironlarning muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Beshinchidan, ijtimoiy institut tuzilmasidagi uchinchi komponent – bu institutning ijtimoiy maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi subyektlar bo‘lib ular nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’limi, mehnat faoliyati va boshqalarni ta’minlaydi. “Noodatiylik”, nome’yoriylik, o‘zgchalik ijtimoiy-tarixiy o‘zgaruvchan tushunchalar bo‘lib, ma’lum amaliyotlarning obyektiv dalillari sanaladi. Tarixan boshqalardan farqlanuvchi o‘zgacha kishilarning har vaqt mavjud bo‘lganligi me’yordagi insonlar o‘rtasida to‘siq o‘rnatilishi bilan kechgan. Qadimgi Yunonistonda majruh tug‘ilgan bolalarni jarlikdan uloqtirish yoki tanasini tamg‘alash vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘rnini ijtimoiy tamg‘alash (sotsialnaya stimatizatsiya)ga o‘rnini bo‘shatib berdi. Endi “stigma” tanadagi nuqson belgisi emas, individ yoki guruhga ijtimoiy sharmandalik va nopoklik ma’nosini anglatgan. “O‘zgachalik” yoki ijtimoiy mustasnolik konsepsiyasi rivojlanishda nuqsonlari bor shaxslarni “me’yorda”gilar dunyosidan to‘sib turishga nisbatan aks ta’sir sifatida shakllandi. Aqliy zaiflik misolida ushbu muammoni tahlil etgan Mishel Fuko fikricha, moxovlik oqibatida kishidan yuz o‘girish marosimlari yuzaga kelgan bo‘lsa, vabo oqibatida esa intizomiy tartiblar shaklida nazorat amaliyoti shakllanadi. Aqliy zaiflikka munosabat amaliyotini tarixiy davrlar kesimida tadqiq etgan Fuko uning avvalo ijtimoiy, so‘ng tibbiy tashxislanishiga e’tibor qaratadi. Uningcha, VIII asrgacha aqliy zaiflik jamiyat tomonidan ijtimoiy xatar, tahdid sifatida qabul qilingan. Shu bois, aqldan ozgan kishilarni ihotalash amaliyoti qo‘llanilgan. Ularni qamab qo‘yishar yoki gospitallarga joylab, kamera devorlari yoki krovatlariga zanjirband qilib tashlashgan. M.Fuko bu tadbirlar jazolash maqsadini ko‘zlamasa-da, aqldan ozgan va jazavaga tushgan kishiga nisbatan qat’iy jismoniy to‘siq yaratishni ko‘zlaganligini ta’kidlaydi1. VIII asr oxiridan boshlab ilk psixiatrik shifoxonalar paydo bo‘lib ularda bu kabi insonlar kasal ekanligi ongli anglangan holda muruvvatli munosabatda bo‘lish boshlandi. Shu tariqa M.Fuko muammoning mazmuni anglangan sari unga nisbatan munosabat amaliyoti o‘zgarishi haqidagi xulosaga keladi. R.Dekart aqlsizlikni tolesizlikka tenglashtirib, jamiyatda aqlning mutlaq humkronligi aqlsizlik, aqli zaiflik inson bilan munosabatning mutlaq uzilishiga olib kelishi, oqibatda junun, aqli zaif inson esa ijtimoiy xavfli shaxsga aylanganligini ta’kidlaydi. Yolgiz keksalar va nogironligi bor insonlar ham boshqalar qatorida to‘laqonli huquq va ehtiyojlarga ega bo‘lgan insonlar ekanligi hamda ular sog‘lom insonlar tomonidan alohida g‘amxo‘rlik va parvarishga muhtoj ekanligi haqidagi insonparvarlik g‘oyalari o‘rta asrlarning so‘nggi bosqichlarida Evropa davlatlarida asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarning ilg‘or vakillari faolligi natijasida yoyila boshlandi. Xususan, 1578-yildan Ispaniyada eshitish qobiliyatida muammolari bor kishilarga, 1648-yildan Angliyada ko‘rish qobiliyatida nuqsonlari bor kishilarga alohida g‘amxo‘rlik bilan ko‘maklashish tajribasi boshlangan. Ularga hayotiy faoliyatlarini yengillashtirishda ko‘maklashuvchi maxsus ta’lim berilgan. Ko‘rish qobiliyati cheklangan kishilarni individual tarzda o‘qitish tajribasi esa 1670-yildan Fransiyada boshlangan. Ushbu amaliy tajriba bilan bir qatorda Evropaning ilg‘or ilm-fan namoyondalari tomonidan nogironlikning turli shakllarini ilmiy-amaliy o‘rganish jarayoni boshlangan. Xususan, oligofrenlarning maxsus o‘qitish harakatlari XIX asrda boshlanib, bu muammo bilan dastlab 1745-yilda tug‘ilgan mashhur fransuz psixiatri F.Pinel shug‘ullana boshlagan. U 1792-yilda aqliy zaif kishilar Parij muassasasi vrachi sifatida faoliyatini boshlagan. Ushbu kasbiy faoliyati davomida uning xuddi shunday nuqsonga ega kishilarga jamoatchilikning salbiy munosabatini o‘zgartirib, hukumatdan aqliy zaif kishilarni zanjirband holda qamoqlarda saqlanishlaridan xolos etishga erishgan. U aqliy zaif kishilarni qamoqxonada emas, yorug‘ va yaxshi tozalangan kasalxonalarda davolash tizimini yo‘lga qo‘ygan. Bunday kishilarni davolashning ajralmas qismi sifatida ularga mehribonlik va ruhiy madad berishni taklif etagan va o‘zi ilk bor amalda ruhiy iztirobdagi insonlarga xuddi shunday munosabatda bo‘lgan. Keyinchalik uning g‘oyalari ta’sirida ayollar ruhiy kasalliklari kasalxonasidagi ayollar zanjirlardan ozod etilgan. F.Pinelning ilmiy-amaliy tajribasi ta’sirida imkoniyati cheklangan turli shakldagi nogironlikka ega insonlarga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashish g‘oyasi Evropada keng ommalashdi. AQShda E.Segen ilk bor aqliy zaif bolalar uchun maxsus maktab ochgan. Unda bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash, mehnat va jismoniy tayyorlash nazarda tutilgan. Evropada bu g‘oyalar M.Montesorri tomonidan rivojlantirilgan. Mariya Montesorri 1870-yilda Italiya qirolligida dunyoga kelgan. U pedagog vrach, olim, faylasuf, insonparvar kishi hisoblangan va dunyoda ilk bor imkoniyati cheklangan kishilar, xususan, bolalar bilan ishlashning mashhur pedagogik tizimini yaratgan. Uning xizmatlari 1988-yilda YUNESKO tomonidan XX asrning eng mashhur pedagoglari qatorida tan olingan. Montesorrining ilk pedagogik maktabi 1907-yilda Rimda ochilgan bo‘lib, u aqliy muammolari bor bolalar bilan professional ishlashni yo‘lga qo‘ygan. U umrining so‘nggi yillarini Niderlandiyada o‘tkazgan bo‘lib, 1929-yilda Xalqaro Montesorri-tashkiloti aynan shu davlatda tashkil etilgan. Uning o‘g‘li 1982-yilgacha ushbu tashkilotni boshqarib borgan1. XX asrning boshida Evropada nogironligi bor bolalar nuqsonlari to‘g‘irlashga yo‘naltirilgan ilmiy yo‘nalishlar rivojlanib bordi. Natijada aynan shu kabi insonlar bilan ishlashning quyidagi maxsus muassasalari paydo bo‘lgan: xristian-filantropik; tibbiy-pedagogik, davolovchi, taribiya va ta’lim; pedagogik ta’lim: eshitish, ko‘rish, aqliy faoliyatida buzilishlari bor bolalarni o‘qitish; psixodiagnostik tashxislash aqliy qobiliyati buzilgan shaxslarni aniqlash. Oligofrenlik muammolari ilk bor Norvegiyada L.Dalem tomonidan o‘ragilgan. 1871-yilda sudopedagog Xansen va Lippestadlar ilk eksperimetlarini o‘tkazganlar. 1877-yilda ular aqliy zaif bolalar uchun ilk maktablarini ochgan. Keyinchalik qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida boshqa maktablar ham ochilgan. 1892-yilda Norvegiyada barcha, shu jumladan, korreksion maktablar ham davlat ixtiyoriga o‘tishi haqidagi qonun qabul qilingan. Shu tariqa Norvegiya va Saksoniya Evropada aqliy zaif bolalar ta’limi yo‘lga qo‘yilgan ilk davlatlar bo‘ldi1. Nogironlarga insonparvarlik munosabatlari rivojlanishida ushbu atamaning keng ist’emolga kirib kelish jarayonining hissasi katta. “Nogiron” atamasining o‘zagi lotincha valid – amaldagi, to‘la-to‘kis, yaroqli ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqadi. G‘arbiy Eropada ushbu atama avvalo harbiy xizmatchilarga xos bo‘lib, kasallik tufayli yoki yarador bo‘lish oqibatida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilgan kishilar xizmatni o‘tashni davom etishlari uchun fuqarolik-ma’muriy lavozimlarga yo‘naltirilgan kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. Rossiyada ushbu atama Pyotr 1 davridan boshlab xuddi shu maqsadda qo‘llanib boshlangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan atama harbiy konfliktlarda jarblangan va turli jarohatlar olgan tinch aholiga nisbatan ham qo‘llanila boshlangan. Nihoyat, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng umuminsoniy va aholining alohida kategoriyalari haq-huquqlarini shakllantirish va himoyalash oqimida “nogiron” (invalid) tushunchasi shakllantiriladi va u jismoniy, ruhiy yoki aqliy hayotiy faoliyatida cheklanishlarga ega barcha kishilarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Xususan, ruhiy va jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni ijtimoiy haq-huquqlari kafolatlari BMT tomonidan 1971-yilda qabul qilingan “Aqliy cheklangan insonlar huquqlari haqidagi Deklaratsiya”si, “Nogironlar huquqlari haqidagi Deklaratsiya”, 1975-yil, “Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashning standart qoidalari”, 1993-yil, “Nogironlar huquqlari haqidagi Konvensiya”, “Nogironlik haqida butun jahon Deklaratsiya”, “Nogironlarni kasbiy reabilitatsiyasi va bandligi Konvetsiyasi”, 2006-yil, Evropa Ittifoqining 2006-2015 yilga mo‘ljallangan “Imkoniyati cheklangan kishilarga nisbatan Harakat rejasi” kabi xalqaro me’yoriy-huquqiy hujjatlar tomonidan kuchli himoya ostiga olingan. Ularni jamiyatga to‘laqonli integratsiyasida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ishlar, shu jumladan, Paralimpiya o‘yinlari – imkoniyati cheklangan kishilar uchun xalqaro sport musobaqalari tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yilib, 1988-yildan olimpiya o‘yinlari davomida paralimpiya o‘yinlari doimiy tarzda o‘tkazila boshlandi. Imkoniyati cheklangan kishilarni ijtimoiy muhofazalash, ularning insoniy ehtiyojlarini qondirilishi, jamiyatga integratsiyalashuvida nafaqat davlat, balki nodavlat tashkilotlarining roli kattadir. Xususan, 1983-1992 yillar BMT tomonidan nogironlar o‘n yilligi deb e’lon qilinib, jahon hamjamiyati ushbu o‘n yillik davomida asosiy e’tiborni nogironligi bor kishilar muammolariga qaratdilar. 1992-yilda BMT Bosh Assamblyasi 47 sessiyasi qaroriga ko‘ra 3-dekabr kuni Butunjahon nogironlar kuni deb e’lon qilindi. BMT Bosh Assambleyasi a’zo davlatlariga ushbu kunni nogironlarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida nishonlash majburiyatini yukladi. Xalqaro nogironlar tashkiloti nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib 1982-yilda Fransiyada tashkil etilgan. Uning bosh binosi Lion shahirda joylashgan va 2012-yil ma’lumotlariga ko‘ra ushbu tashkilotda 3646 kishidan ibrat jamoa faoliyat yuritmoqda1. Tashkilot 1982-yilda Kambodja va Tailanddan qochib kelgan qochoqlarga ko‘maklashish uchun faoliyatini boshlagan. Asosiy maqsadi muhtoj va imkoniyati cheklangan kishilarga turli ziddiyatlar va favqulodda vaziyatlarda jamiyatdan uzilib qolganlik va qashshoqlikdan qutqarishdir. Hozirda uning quyidagi davlatlarda joylashgan 7 ta filiali mavjud: Belgiyada (1986), Shveysariyada (1996), Lyuksemburg (1970), Germaniyada (1998), Buyuk Britaniya (1999), Kanada (2003), AQSh (2006). 2012-yilda ushbu tashkilotning 3600 dan ortiq xodimlari dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida imkoniyati cheklangan kishilar va ularning muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda faoliyat olib borganlar. XX asrda ijtimoiy ish kasb va ta’lim sohasining rivojlanishi natijasida 1917-yilda ijtimoiy ish xodimlarining milliy birjasi va 1921-yilda Amerika ijtimoiy ish uyushmasini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Evropada esa 1928-yilda yetti Evropa davlati Parij shahrida ijtimoiy farovonlik bo‘yicha Xalqaro ittifoqqa birlashdilar. Tabiiyki, ushbu harakatlar nogironligi bor insonlar muammosini ilmiy-amaliy o‘rganilishining sezilarli rivojlanishiga qudratli turtki berdi. Jamiyatda kishilarning imkoniyati cheklangan insonlarga munosabatining rivojlanishi tarixida ular bilan muloot va munosabat shakli va bu kabi insonlarga jamiyatda ajratilgan makonga qarab turlicha modellar shakllangan. Bu kabi modellar ilk bol Volfensburger tomonidan 1969-yilda ishlab chiqilgan. Davlat va jamiyatning imkoniyati cheklanganlarga munosabati esa N.N.Malofeev tomonidan 2003-yilda tadqiq etilgan. Ushbu modellarning xususiyatlarini quyida ko‘rib chiqamiz: “Bemor inson” modeli: ushbu modelga ko‘ra imkoniyati cheklangan insonlar bu – bemorlardir. Demak, inson davolash obyekti sifatida qabul qilinadi. Ushbu modelga ko‘ra bu insonlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi shart. Ta’lim nuqtai nazaridan esa ularning bilim olish jarayoni murakkabliklar bilan to‘lib-toshgan. Shu bois, bu kabi insonlarga xizmat ko‘rsatishda nafaqat parvarish va davolash, balki, ularning ta’lim olishi hamda ijtimoiylashuvi uchun shart-sharoit yaratilishi zarur. Imkoniyati cheklangan insonlarni kasal sifatida ko‘ruvchi jamiyatlar – ularga birgina tibbiy yordam va parvarish xizmatini taklif etishi va ularni davolashga intilishi mumkin. Ammo ta’lim olish imkoniyati rad etiladi. Zamonaviy jamiyatlarda ushbu model insonparvarlik g‘oyalariga zid sanaladi va imkoniyati cheklangan insonning rivojlanishida sun’iy to‘siq hosil qiladi. “Kemtik inson” modeli: ushbu modelga ko‘ra yolg‘iz keksalar va imkoniyati cheklangan inson kemtik-majruh mavjudot sanaladi. Buning oqibatida bu kabi insonlar munosib hayot tarzidan mahrum bo‘ladi. Bu ularning atrof-muhit bilan muloqotida yaratilgan sun’iy cheklovlarda ifodalanadi. “Jamiyatga tahdid” modeli: yolg‘iz keksalar va rivojlanishida nuqsonlari bor ayrim insonlar jamiyat taraqqiyoti uchun tahdid tug‘diradi, deb hisoblanadi (aqliy zaiflik, karlik, ruhiy muammolari bor insonlar). Bu munosabatdagi tubanlik shu qadar chuqur ediki imkoniyati cheklanganlar nafaqat kasallik tarqatishi balki, “shumqadam” sifatida omadsizlik chaqiradi deb hisoblanardi. “Tahdid va omadsizlikni chaqiruvchi” bu kabi insonlardan o‘zini himoyalash maqsadida aholi puntklaridan uzilgan chekka hududlarda qat’iy tartib o‘rnatilgan yopiq muassasalar tashkil etilgan va ayrim holatlarda ularni shu muassasalarga joylashtirishgan. Bu holatda ta’lim olish qat’iyan man etilgan. “Rahm-shafqat obyekti” modeli: bu model yolg‘iz keksalar va imkoniyati cheklangan insonlarda shaxsiyat rivojlanishiva o‘zini ro‘yobga chiqarishga intilishiga katta ziyon yetkazadi. Ushbu model doirasida insonga go‘dakka munosabat qilingandek munosabat bildiriladi. Ular doim yosh boladek qolishi va rivojlanmasligi haqida turg‘un tushunchalar natijasida shakllangan bu munosabat, ayniqsa, aqliy zaif insonlarga nisbatan kuchli kuzatiladi. Ushbu modelning bosh vazifasi bu kabi insonlarning atrof-muhitning yomon munosabatida alohida saqlash orqali himoyalashdir. Bu kabi insonlarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi va ta’lim va rivojlanishi ikkinchi darajali sanaladi. “Malol keluvi xayr-saxovat obyekti” modeli: ushbu modelga ko‘ra, ayrim iqtisodiy rivojlanmagan davlatlarda bu kabi insonlarni boqish uchun moddiy-moliyaviy imkoniyatlar cheklanganligi tufayli ortiqcha yuk sanaladi shu bois ular haqida g‘amxo‘rlikni zimmasiga olishdan cho‘chiydilar. “Rivojlanish” modeli: ushbu modelga ko‘ra imkoniyati cheklangan inson ta’lim olish va rivojlanishga qodir deb hisoblanadi. Ushbu modelga ko‘ra jamiyat bu kabi bolalarning imkon qadar to‘liq rivojlanishi uchun mas’uldir. Ushbu modelga ko‘ra institutsional muassasalar so‘nggi chora sanalib ilojsiz qolgan vaziyatdagina nogiron inson bu kabi muassasaga joylashtiriladi. Ushbu modeldagi ta’lim tamoyiliga ko‘ra integratsiyalashga ta’lim qo‘llab-quvvatlanib imkoniyati cheklangan bolalar oddiy maktablarda oddiy tengdoshlari qatorida ta’lim oladi. Uzoq kechuvchi kasallik organlar va tizimlar faoliyatini o‘zgarishiga olib keladi. Individning funksional faolligi nuqtai nazaridan hayotiy faoliyatni cheklanganligi shaxs darajasidagi buzilishlarni anglatadi. Kasallikni bilish yoki individ hulq-atvorini o‘zgarganligi yoki uning faoliyatini cheklanganligi tufayli nogiron inson o‘zini o‘rab turgan muhitda nisbatan noqulay holatni egallaydi. Shu tariqa kasallik ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu holat hayotiy funksiyalar buzilganligi yoki cheklanganligidan kelib chiquvchi ijtimoiy yetishmovchilikni aks etadi. Buzilish yoki yetishmovchilik (impairment) – bu psixologik, fiziologik va anatomik tuzilma yoki funksiyalardagi har qanday yo‘qotilish yoki anomaliyadir. Buzilishlar me’yordan og‘ishni anglatib, ular vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi mumkin. “Buzilish” tushunchasi oyoq-qo‘llar, turli organlar, to‘qimalar va tananing boshqa qismi, jumladan, aqliy faoliyatdagi anomaliya, nuqson yoki yo‘qotish mavjudligini nazarda tutadi. Buzilish individning biotibbiy holatidagi og‘ishni anglatib, ushbu maqom xususiyatlarini belgilash mutaxassis-vrachlar tomonidan amalga oshiriladi va jismoniy va aqliy funksiyalarni umumqabul qilingan funksiyalarga nisbatan solishtirgan holda og‘ishni o‘rnatadi. Tibbiy tashxislashda nogironlikka olib keluvchi sog‘liqdagi buzilishlar kishida jismoniy, ruhiy va ijtimoiy barqarorlikning izdan chiqqanligini anglatadi1. Hayotiy faoliyatni cheklanganligi(disability) – ma’lum yoshga mansub kishining o‘z faoliyatini me’yoriy sanaluvchi usullar vositasida amalga oshirish imkoniyatining (buzilish oqibatida) yo‘qligi yoki cheklanganligidir. Agarda buzilishlar organizmning alohida qismlariga doir bo‘lsa unda cheklanganlik murakkab yoki integratsiyalashgan faoliyat turlariga mansub bo‘ladi. Hayotiy faoliyatning cheklanganligini asosiy xarakteristikasi sifatida uning namoyon bo‘lish darajasi xizmat qiladi. Ijtimoiy yetishmovchilik (handicap yoki disadvantage) – sog‘liqdagi buzilishlarning ijtimoiy oqibatlari bo‘lib, individdagi bu kabi yetishmovchilik hayotiy faoliyatining buzilishi va cheklanishidan kelib chiqadi va individ hayotdagi odatiy rollarni (yosh, jins, ijtimoiy madaniy holatidan kelib chiqib) cheklangan miqdorda yoki butunlay bajara olmaydi. Shu tariqa Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining zamonaviy konsepsiyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yolg‘iz keksalik va nogironlikni tayinlanishi kasallik yoki jarohatning o‘zi tufayli emas, uning psixologik, fiziologik yoki anatomik tuzilma yoki funksiyalar buzilishi tufayli hayotiy faoliyatni cheklanishi va ijtimoiy moslashmaganlikka olib keluvchi oqibatlari asos bo‘ladi. Jismoniy muhit to‘siqlari yolg‘iz keksalar va nogironlar uchun murakkabliklarni yaratadi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan inson harakatlanish vositalariga ega bo‘lsa-da turar-joy, transport vositalari ularga yetarlicha moslashtirilmagan. Maishiy jarayonlar, o‘ziga xizmat ko‘rsatish, erkin harakatlanish imkoniyatini kengaytiruvchi qurilma va jihozlari yetishmaydi. Sensorli buzilishlarga ega insonlar o‘rab turgan atrof-muhit haqida ma’lumot beruvchi maxsus axbrot vositalari tanqisligi mavjud. Shu bois, aqliy cheklangan shaxslarning atrof-muhitda mo‘ljallanishi va bexatar harakatlanishi imkoniyatlari o‘ta cheklangan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling