Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Deviant xulq-atvor muammosi va ijtimoiy ish
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deviant xulq-atvor
- Sotsial me’yor” va “og‘ish” tushunchalari.
Deviant xulq-atvor muammosi va ijtimoiy ish.
Deviant so‘zi - lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor – mavjud jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisadir. Deviant xulq-atvor – jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichqilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda istemol qilish. 2) Alkogolni ko‘p istemol qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, yani haftada bir martadan bir necha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm – spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish; g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Konkubinat – nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik – pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me’yordan og‘ish sifatida qaraladi. Bulardan tashqari, xalqimizda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham me’yordan chekinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og‘ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. Ma’lumki, insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ijtimoiy deviantlik va xulq-atvor og‘ishining yuz berish jarayonlari axloqsizlik sifatida qaralgan va asosan diniy me’yorlar orqali tartibga keltirib turilgan. Turon xalqlari ham qadim-qadimdan ijtimoiy deviantlik holatlariga salbiy munosabatda bo‘lishgan va ushbu munosabat zardushtiylik, budda va boshqa qadimgi Turonda mavjud boshqa diniy ta’limotlarda aks etgan. “Deviant xatti-harakatlar” tushunchasi jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqish degan ma’noni bildiradi va ushbu tartib-qoidalarga rioya qilmaslik va ularni buzish bilan xarakterlanadi. Deviant xatti-harakat, ayniqsa, voyaga yetmaganlar uchun xosdir. Ushbu davrda voyaga yetmagan yoshlarning shaxsiy xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror topadi. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama-qarshiliklar hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nika olmasliklar bilan kechishi mumkin. Deviant xarakterga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pincha maktabdagi darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ullanadilar, ichkilik ichadilar, giyohvandlikka ruju qo‘yadilar. Natijada qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, jinoyatga qo‘l uradilar. XVIII asarlarga kelib yangi davr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va deviant holatlar muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida turli g‘oyalarni ilgari surdilar. Xususan, Monteske barcha ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intildi. Evropa mutafakkirlaridan I.Kant va uning shogirdlari I.G.Fixte, jinoiy huquqning asoschisi hisoblanuvchi L.Feyerbax, Gegel ham jamiyat muammolarini tadqiq qilish jarayonida jamiyatning doimiy dolzarb muammosi bo‘lgan ijtimoiy me’yor va undan chekinishlarga ham alohida e’tibor berdilar. Klassik yo‘nalish vakillari garchi deviant xulq-atvorni sotsiologik tushuntirishda ancha ilgarilab ketishgan bo‘lsalar-da, ushbu nazariyalarning amaliy tadqiqotlar bilan mustahkamlanmaganligi natijasida, ularning nazariyalari XIX asrlarga kelib biologik yo‘nalish vakillari tomonidan osongina inkor qilina boshlandi. XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, ijtimoiy xulq-atvor tadqiqotchilari klassik yo‘nalishdagi “tabiiy huquq”, “erkin iroda” kabi g‘oyalardan voz kechib, ijtimoiy deviantlikning “sababiyligini” yoqlab chiqdilar. Italiyalik psixiator Chezare Lombrozoning 1876-yilda chop etilgan “Jinoyatchi shaxs” asari bu boradagi dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi. Ch.Lombrozo (1835-1909) Italiyada psixiatr bo‘lib ishlar ekan, o‘n yil davomida 14 ming mahbusni tekshirib, ular ustida tadqiqot olib boradi. O‘z kuzatishlari asosida Lombrozo xulq-atvor sababiylikka ega, degan xulosaga keladi. Uning g‘oyasi “sabab – o‘zaro aloqador sabablar zanjiridan iborat”, degan qarashdan iboratdir. U jinoyatchilarni 4 guruhga bo‘ladi: 1. Tug‘ma jinoyatchilar; 2. Ruhiy kasal jiinoyatchilar; 3. E’tiqodga ko‘ra jinoyatchilar (siyosiy jinoyatchilar ham shular jumlasidandir); 4. Tasodifiy jinoyatchilar. Lombrozo o‘z g‘oyalarida qasddan qilinadigan jinoyatchilik, fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning tug‘ma bo‘lishligiga urg‘u beradi. “Tug‘ma individual omillar-jinoiy xulqning asosiy sabablaridir” deb yozadi. Lombrozo o‘z asarlarida deviant holatlarni tug‘ma bo‘lishini qat’iylik bilan ta’kidlab kelsa-da, ba’zi o‘rinlarda ijtimoiy deviantlikning namoyon bo‘lishida boshqa omillarning ham ta’sirini e’tirof etadi. Xususan, u o‘zining “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida aytadi: “Fohisha uchun erkak bilan qovushish-ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham o‘ta oddiy holat va u ushbu kasbga yaxshi haq to‘lashgani uchun o‘z tanasini sotadi”, ya’ni iqtisodiy omil ustunlik qiladi. Lombrozo o‘z tadqiqotlari orqali bir narsaga, axloq va axloqsizliklarning tug‘ma bo‘lishini isbotlashga harakat qildi. Garchi biologiya, sotsiologiya va psixologiya fanlarida erishilgan keyingi yutuqlar buni to‘la inkor eta olgan bo‘lsa-da, uning uzoq yillar mobaynida olib borgan amaliy tadqiqotlari natijalari, deviant holatlarni o‘ziga xos klassifikatsiyalari o‘sha davrdagi ijtimoiy deviantlikning amaliy tavsifi keyingi davr olimlari uchun ajoyib qiyosiy material vazifasini o‘tab kelmoqda. Masalan, Lombrozo yuqorida aytilgan “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida tahlil qilib bergan fohishabozlik va jinoyatchilikning yoki ichkilikbozlikning “hamkorlik” nuqtalari hozirgi kunda ham kuzatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Ch.Lombrozoning asarlarida inson tabiiy omillar oldida ojiz maxluqqa aylantirib qo‘yiladi, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning o‘rni yo‘qqa chiqariladi. Alkogolizm va giyohvandlik millat genofondini jismoniy majruhlik va degradatsiya tomon yetaklaydi, shuningdek, u jamiyatning ijtimoiy salomatligini buzadi. JSST bahosiga ko‘ra, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish umumiy o‘limlar miqdorining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ajralishlarning 25-30 foizi er-xotinlardan birining ichkilikbozligi tufayli yuz beradi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘spirinlarning 2,5 foizida ota-onasi bo‘lmagan, 97,5 foizida esa oilasi bo‘lgan, 55 foizida ham otasi, ham onasi bo‘lgan. Yoshlarning 45 foizida yo otasi, yo onasi, shundan 66,2 foizida faqat onasi bo‘lgan. Voyaga yetmaganlarning faqat 3,8 foizi otasi bilan yashaydi. Bundan kelib chiqadiki, voyaga yetmaganlarning qariyb 50 foizi to‘liqsiz oilada tarbiyalanishgan. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlar quyidagilar: - nazoratsizlik – ota-onalar va ular vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan o‘smirlar ustidan zarur bo‘lgan nazoratning yo‘qligi; - voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyati uchun ta’sir chorasi yoki jazo belgilanmasligi; - o‘smirlarning huquqiy tarbiyasidagi muammolar; - voyaga yetmaganlar jinoyatlarining yuqori latentligi; - bolalar va o‘smirlar himoyasizligi, huquqsizligi; “Sotsial me’yor” va “og‘ish” tushunchalari. Me’yordan og‘ish va me’yorning o‘zi ko‘pincha test yoki eksperimental usullar yordamida aniqlanadi. Biroq og‘ayotgan xulq-atvorning barcha ko‘rsatkichlarini nazariy jihatdan talqin qilish va o‘lchashning imkoni yo‘q. Shunday hollarda simptomatik kuzatish amalga oshiriladi. Og‘ayotgan (asotsial, deviant) deb ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish hollari muntazam kuzatilayotgan xulq-atvorga aytiladi: - g‘arazli yo‘naltirilganlik (moddiy, pul, mol-mulk manfaatini ko‘zlab sodir etilgan xatti-harakat va huquqbuzarliklar: o‘g‘irliklar, o‘zlashtirishlar, chayqovchilik va h.k.); - agressiv yo‘nalishdagi (shaxsga qarshi yo‘naltirilgan xatti-harakatlar: haqorat qilish, bezorilik, kaltaklash, zo‘ravonlik qilish, qotillik); - ijtimoiy-passiv yo‘nalishdagi (faol ijtimoiy hayotdan chetga chiqishga intilish, o‘z majburiyatlari va burchini bajarishdan qochish, o‘zining shaxsiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishni istamaslik: ishlash va o‘qishni xohlamaslik, daydilik, alkogolli va giyohvand moddalar, toksik vositalar iste’mol qilish, o‘zini-o‘zi o‘ldirish, suitsid). Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga u yoki bu ta’sirga beriluvchan bolalarning qaysi toifalari kirishi maxsus tadqiqot jarayon hisoblanadi. Deviant xulqlilar toifasiga: 1. Chekishga moyilligi bo‘lgan bolalar. 2. Spirtli ichimliklarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 3. O‘g‘irlikka, yolg‘onchilikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 4. Intizomsiz, ish yoqmas, dangasalikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 5. Psixotrop moddalarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 6. Narkomaniyaga moyilligi bo‘lgan bolalar. 7. Axloqiy va maishiy buzuqlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 8. Poraxo‘rlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 9. Diniy eksterimizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 10. Fanatizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 10. Agressiv, millatchilikka moyillik. 11. Mahalliychilikka moyillik. 12. Narkobiznesga moyillik. “Xatar guruhlari” - shunday toifa odamlarki, ularning ijtimoiy ahvoli u yoki bu mezonlarga ko‘ra, barqarorlikka ega emas, ular o‘zlari yolg‘iz hayotda vujudga kelgan va ularning ijtimoiy mavqei, ma’naviyati, axloqiy qiyofasi yo‘qolishiga, biologik halokatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni amalda yengib o‘ta olmaydilar. Hozirgi kungacha “hech kimniki bo‘lmagan” bolalar toifasi mavjud bo‘lib kelmoqdaki, uning miqyosi ancha katta. Ular ota-onalari bilan bir xonadonda turmush kechirsalar ham, oilaviy aloqalar juda zaiflashgan yoki mutlaqo barbod bo‘lgan. Tegishli qarov va parvarishning yo‘qligi, rivojlanib kelayotgan shaxs ehtiyojlari va manfaatlariga beparvolik, ota-onalar tomonidan shafqatsiz munosabatda bo‘lish qarovsiz bolaning psixofizik rivojlanishiga, axloqiy taraqqiyotiga jiddiy tahdid tug‘diradi. Maktab ana shunday bolalarni ijtimoiy muhofaza va reabilitatsiya qilish muammosini to‘la hal etish imkoniyatiga ega emas. Bunday bolalar ko‘pincha qarovsiz bolalar guruhiga o‘tib qoladi. Ular vokzallarda tunashadi, ko‘pincha och-nahor yurishadi, rivojlanishda esa anomaliyalarga ega. Rossiyada so‘nggi yillarda o‘smir-bomjlarning anchagina miqdori paydo bo‘ldi. Ko‘pincha ular jinoyatchi tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlab ketiladi, ulardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi qullarcha mehnatda, stixiyali bozorlarda foydalaniladi, ular bolalar fohishaligiga va giyohvandlikka tortiladi, bu esa OITS epidemiyasi tarqalishi ehtimolini oshirib yuboradi. Rossiyadagi har bir shaharda qarovsiz bolalardan foydalanadigan mafiya tuzilmalari mavjud. Yana bir xavf – bir burda non ilinjida amalga oshirilgan bezorilik, mayda o‘g‘irlik, bosqinchilik va qalloblikdir. Ijtimoiy xodim maktabdan chetda qolgan bolalarni nazardan qochirmasligi, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishi zarur. A.E.Lichkoning ta’kidlashicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq: Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling