Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet66/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Salomatlik – umuman organizmning hamda uning barcha organlarining o‘z funksiyalarini bajarishga to‘la qodir bo‘lgan holati, kasallikning mavjud emasligidir.
Inson salomatligini muhofaza qilish (sog‘liqni saqlash) – davlat funksiyalaridan biridir. Jahon miqyosida insoniyat salomatligini muhofaza qilish muammolari bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shug‘ullanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Ustavi salomatlikni “Inson organizmining organlari va tizimlari uni o‘rab turgan ishlab chiqarish va ijtimoiy muhit bilan mutanosib bo‘lganida to‘la jismoniy, ma’naviy, ijtimoiy sog‘ligining holati” sifatida talqin etadi1.
Ushbu tushunchada salomatlikning uchta: jismoniy, psixik va ijtimoiy tarkibiy xususiyatlari qamrab olingan.
Jismoniy salomatlik – organizm barcha organlari va tizimlari me’yorida amal etib turgan tabiiy holatdir.
Psixik salomatlik deyilganda fikrlash darajasi va sifati, diqqat va xotiraning hamda irodaning rivojlanganligi, hissiy barqarorlik darajasi anglanadi.
Ijtimoiy salomatlik inson ijtimoiy hayoti asosini tashkil etadigan axloq prinsiplari asosida belgilanadi, ya’ni bu insonning muayyan jamiyatdagi hayot faoliyatidir. Mazkur xislatlarda, eng avvalo, insonning mehnatga munosabati axloqqa va turmush tarziga zid xulq va odatlarga faol qarshi turishi nazarda tutiladi.
Tibbiy-sanitariya statistikasida shaxsiy darajadagi salomatlik deyilganda insonda kasalliklarning mavjud emasligi, jamiyat darajasida esa – o‘lim, kasallanish va nogironlik darajasining pasayishi jarayoni tushuniladi. Bunda quyidagilar farqlanadi:
● shaxsiy salomatlik – alohida insonning salomatligi;
● guruhiy salomatlik – ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi;
● mintaqaviy salomatlik – ma’muriy hududlar aholisining salomatligi;
● ijtimoiy salomatlik – umuman jamiyat salomatligi.
Ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi tibbiy-demografik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

  1. Aholi tabiiy harakatining ko‘rsatkichlari:

● tug‘ilish;
● umumiy va yosh guruhlaridagi o‘lim;
● aholining tabiiy ortishi;
● nikoh va hokazolar.

  1. Aholining mexanik harakati ko‘rsatkichlari:

● migratsiya;
immigratsiya;
● integratsiya.
3. Kasallanish va uning yoyilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Nogironlik darajasi.
5. Aholi jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling