Normativ -huquqiy hujjatlarga qo’yiladigan asosiy talablar


Normativ-huquqiy hujjatlar


Download 83.89 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi83.89 Kb.
#1543713
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundarija Kirish

Normativ-huquqiy hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar -vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburiy koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (Qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida Qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi".4 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar: vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; yuridik kuchga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashti-rib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; Normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tidda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik koʻrsatilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Qonun - inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy qonun larga boʻlinadi. Oddiy qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari qonunlariga ajratiladi. qonunlarning alohida toifasini favqulodda qonunlar tashkil etadi.
Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular qonunchalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun - Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) qonun (kodekslar va joriy qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi. Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim QONUNlar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bildiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, qonunlar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir. Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar qonunga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni, Qonunga asoslangan hujjat qonunga zid boʻlsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va barcha qonunlar asosida ularning ijrosini ta’minlash uchun farmon, qaror va farmoyish tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Prezident devoni reglamentining 30-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda farmon va qaror shaklida qabul qilinadi. Jamiyat hayotining alohida sohalarini isloh qilish yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatishga qaratilgan muhim hujatlari qaror shaklida qabul qilinadi. (3-ilova) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Normativ-huqiqiy bo’lmagan hujjatlar (kadr, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda harbiy va maxsus unvonlarni berish, individual xarakterdagi masalalar va hokazo) ham Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari shaklida qabul qilinishi mumkin. Farmoyishda bevosita ijrochilarga ko’rsatma beriladi. Farmoyishda operatsiyalar amalga oshirilgani haqidagi fakt ko’rsatilmaydi va hisob-kitob yozuvlari uchun asos bo’lmaydi. Farmoyish -boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi. Prezident konstitutsiyaga va Qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.5 "Vazirlar Mahkamasi amaldagi Qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi"6 (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98-modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi farmoyishlar chiqarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlar ham farmoyish hisoblanadi. Farmoyish mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
Farmon (2- ilova) - muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. Umuman olganda, farmon bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. umumiy qoidaga koʻra, farmon mazkur davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda - Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident farmonlari oliy majlis yoki vazirlar mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi.7 Farmon mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000 yil 14 dekabr)ga koʻra, Prezident farmonlari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Yo`riqnoma (1- ilova) qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Xususan, korxona, tashkilot, muassasaning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy tomonlari xususida tartib-qoida o`rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.

Download 83.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling