Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-bob. Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihaning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
6-bob. Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihaning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish
97. Loyihada ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan viza qo‘yilishidan oldin uning yuridik xizmati loyihani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalarni qo‘llashning asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Loyihalarning huquqiy ekspertizasi jarayonida yuridik xizmat ularda korrupsiya uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda o‘zga cheklovlarni joriy etuvchi, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilni ham amalga oshiradi. 98. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lgan, shuningdek havola qiluvchi normalarning qo‘llanilishi asosli va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, yuridik xizmat uning yuzasidan huquqiy xulosa tayyorlaydi, xulosa yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadi. 99. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida quyidagilar aks ettiriladi: normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan topshirilgan bo‘lsa, o‘sha normativ-huquqiy hujjatlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, e’lon qilingan rasmiy manbai, topshiriq bayon etilgan tegishli moddasi yoki bandi (kichik bandi, xatboshisi) to‘g‘risidagi, shuningdek yuqori organning topshiriqlari (organning nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur bo‘lgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (topshiriq mavjud bo‘lganda); loyiha asosiy qoidalarining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda, bu qoidalar mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni; loyihaning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek loyihadagi har bir havola qiluvchi norma qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa; loyihaning korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 100. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek havola qiluvchi normalar asossiz va maqsadga nomuvofiq bo‘lganda, yuridik xizmat ishlab chiquvchining loyihani tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasiga uni tegishli fikr-mulohazalar bilan maromiga yetkazish uchun qaytaradi. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling