Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
Oldingi tahrirga qarang.
591. Qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak. 592. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo‘ladi. Zarur bo‘lgan taqdirda, qonunosti hujjati loyihasining muqaddimasida u qaysi qonunchilik hujjatlarini ijro etish uchun yoki qaysi qonunchilik hujjatlariga asosan qabul qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha qonunchilik hujjatlari ko‘rsatiladi. (591 va 592-bandlar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son) 60. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi matn quyidagilarga bo‘linadi: arabcha raqamlar bilan nuqta qo‘yib raqamlanadigan bandlar; kichik harflarda qavs bilan raqamlanadigan kichik bandlar; xatboshilar. 61. Agar modda yoki band bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatga faqat bitta o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, kichik bandlar qo‘llanilmaydi. 62. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda uning bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari, paragraflari, moddalari, bandlari raqamlar bilan raqamlanishi hamda kichik bandlarining raqamlar bilan raqamlanishi yoki harflar bilan raqamlanishi o‘zgarmaydi. 63. Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tarkibiy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash zarur. 64. Asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan raqamlarni qo‘shishga faqat keyingi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni kiritishda yo‘l qo‘yiladi. Tarkibiy birliklarning barcha raqamlanishi o‘zgarishining oldini olish uchun bunday belgilardan faqat keyingi qo‘shimchalarda foydalaniladi. 65. Agar tegishli qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligi (qism, bo‘lim, kichik bo‘lim, bob, paragraf, modda (moddaning qismi), band, kichik band va xatboshi) oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, mavjud raqamlanish davom etadi. 66. Modda, band yoki kichik band yangi xatboshi bilan to‘ldirilganda mazkur moddaning, bandning yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda o‘zgaradi. 67. Agar loyiha bir vaqtning o‘zida bir nechta normativ-huquqiy hujjatga yoki ularning tarkibiy birliklariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutayotgan bo‘lsa, mazkur hujjatlar (ularning yuridik kuchi va qabul qilingan sanasi bo‘yicha) xronologik tartibda joylashtiriladi. Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ularning raqamlariga muvofiq ortib borish tartibida joylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 68. Agar qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga olgan loyihada ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va katta hajmga ega bo‘lsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) tarzida tayyorlanadi. Bu holda, qonunosti hujjati loyihasining ilovani tasdiqlash nazarda tutilayotgan tarkibiy birligida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normalarning mohiyati qisqacha bayon etiladi. (68-band O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son) 69. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami va nomi ko‘rsatiladi. 70. Agar tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatning ilovasiga kiritilayotgan bo‘lsa, loyihada tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi keltirilmaydi, balki u bilan tasdiqlangan ilovaning nomi ko‘rsatiladi. 71. O‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan va chiqarib tashlanayotgan so‘zlar hamda raqamlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi. 72. Agar ilovaning, qismning, bo‘limning, kichik bo‘limning, bobning, paragrafning, moddaning, bandning, kichik bandning, xatboshining va jumlaning matnini sezilarli o‘zgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish zarur. 73. Agar normativ-huquqiy hujjatning qismi, bandi yoki kichik bandi kirish xatboshisining davomi bo‘lgan xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi. 74. Qonunosti hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihaning ilovasi faqat bandlardan iborat bo‘ladi. Bu holda bandlardan iborat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati keltiriladi. 75. Butun normativ-huquqiy hujjatni yoki uning kichik bandiga qadar bo‘lgan, shu jumladan kichik bandni ham qo‘shgan holda, tarkibiy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, ushbu hujjat umuman yoki uning kichik bandiga qadar bo‘lgan, shu jumladan kichik bandni ham qo‘shgan holda, tarkibiy birligi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. Normativ-huquqiy hujjatning xatboshi tarzidagi tarkibiy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi. 76. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tarkibiy birliklarning raqamlanishi o‘zgarmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta ko‘rib chiqiladi. (76-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son) 77. Agar normativ-huquqiy hujjatda faqat bitta amaldagi tarkibiy birlik mavjud bo‘lib, qolganlari esa o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa, ushbu tarkibiy birlikni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan taqdirda, butun normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi shart. 78. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusdagi hujjatlar yoki normalar kiritilmaydi. 79. Amal qilish muddati tugagan normativ-huquqiy hujjat alohida normasining yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi loyiha tayyorlanadi. 80. Agar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan moddada (moddaning qismida, bandida, kichik bandida va xatboshisida), bandda, kichik bandda yoki xatboshida tegishli ravishda o‘z kuchini yo‘qotishi kerak bo‘lgan ilovaga ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, mazkur tarkibiy birlik va unda nazarda tutilgan ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. Agar ilova to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lmasa, uning faqat tegishli tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi (chiqarib tashlanishi) lozim. 81. Normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga qaysi normativ-huquqiy hujjatning qoidalariga ko‘ra o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, o‘sha normativ-huquqiy hujjatning tegishli qoidalari ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) nisbatan ham tatbiq etiladi. 2-§. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan qonunlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari 82. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi (qonun) nomlanishga ega bo‘lmagan moddalardan iborat bo‘ladi. Moddalar bandlarga yoki xatboshilarga bo‘linadi. Moddalardagi bandlar xatboshilarga bo‘linadi. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va qonunlarni yoki ularning tarkibiy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalar qonunlarda arab raqamlari bilan raqamlanib, kichik qavslar bilan yopiladigan bandlardan iborat alohida moddalar tarzida bayon etilishi mumkin. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling