Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-§. Qonun loyihasi (qonun) normalarini bayon etishga doir umumiy talablar
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
3-§. Qonun loyihasi (qonun) normalarini bayon etishga doir umumiy talablar
38. Qonun quyidagi talablarga javob berishi kerak: normalarning bir xil talqin qilinishini ta’minlovchi, ularni aniqlashtirish uchun qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni talab etmaydigan holda batafsil ifoda etilishi; qonun matnida uni amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjudligi; qonun loyihasida huquqiy munosabatlar subyektlari huquq va majburiyatlarining to‘liq ro‘yxati mavjudligi; deklarativ va mavhum normalarning yo‘qligi. 39. Qonun normalari boshqa qonunlar normalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Bunda qonun normalarining ta’rifi boshqa qonunlarda qo‘llaniladigan ta’riflar bilan bir xil bayon etilishi kerak. 40. Qonun loyihasining (qonunning) matnini ishlab chiqish jarayonida unda qonunchilik tizimlashtiriladi, qonunosti hujjatlarida mavjud bo‘lgan barcha huquqiy normalar birlashtiriladi, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi yangi normalar ishlab chiqiladi, ayrim huquqiy ko‘rsatmalar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar, asossiz takrorlanishlar va qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi. Bunda qonun qabul qilingach, normalari qonunda o‘z aksini topgan barcha eski qonunosti hujjatlari o‘z tartibga solish zaruratini yo‘qotadi va kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. 41. Bir hujjatda muayyan huquq tarmog‘ining va ijtimoiy munosabatlar sohasining barcha masalalari imkon qadar to‘liq tartibga solinishi kerak. Qonunning ayrim normalarini o‘zgartirish zarurati bo‘lganda, yangi alohida normativ-huquqiy hujjatni shakllantirmagan holda ularni mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar sifatida rasmiylashtirish kerak. 42. Qonun loyihasi bilan bir vaqtda quyidagilar ishlab chiqiladi: qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlar ro‘yxati; qonun loyihasiga kirgan qonunosti hujjatlari normalarini o‘z ichiga olgan qiyosiy jadval va bunday birlashtirishning asosi; qonun qabul qilinganligi munosabati bilan amaldagi qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qaror loyihalari. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling