Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish


Download 73.67 Kb.
bet14/39
Sana09.02.2023
Hajmi73.67 Kb.
#1180061
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
норматив хужжат карор

27-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan va boshqa turdagi ekspertizalar amalga oshirilganidan so‘ng o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini, shu jumladan ularda korrupsiya ko‘rinishlarini, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlarni yuzaga keltiradigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash, shuningdek zarur bo‘lgan normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda aks ettirgan hamda tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normalarni bekor qilgan holda, qonunchilikni kodifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizasini o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 3287, 24.02.2021y.).
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish jarayonida bu loyihalar ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi va ularda takrorlovchi yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining normalariga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjudligini keyinchalik ularni bekor qilish uchun aniqlash nuqtai nazaridan baholanishi shart.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.
Huquqiy ekspertiza yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xulosa taqdim etiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalar (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Qoidalari” (ro‘yxat raqami 3333, 18.11.2021-y.).
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan loyihalar va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar qo‘shimcha o‘rganishni talab qilsa, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish muddati besh kungacha, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini ko‘rib chiqish muddati esa o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan:
xalq deputatlari viloyat, tuman, (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — ikki ish kuni ichida;
viloyat, tuman, (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — besh ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) V bobi.

Download 73.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling