Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik


Download 73.67 Kb.
bet2/39
Sana09.02.2023
Hajmi73.67 Kb.
#1180061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
норматив хужжат карор

2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ijrosini tashkil etishni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, e’lon qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
LexUZ sharhi
Ushbu qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonunchilik hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qonunchilikda har bir sohani tushuntirishga qaratilgan alohida so‘zlar, atamalar, tushunchalar, qisqartmalar mavjudligi bois, ularning mazmunini anglagandan so‘ngina, normativ-huquqiy hujjatdan foydalanuvchilar hujjatning asl mazmuni va uning tartibga soluvchi yo‘nalishi haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Xususan mazkur Qonunning tartibga soluvchi asosiy yo‘nalishi hisoblangani sababli, undagi asosiy tushunchalar ham Qonunning asl mazmunini ifoda etishga qaratilgan.
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslardir (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar deb yuritiladi).
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan referendum yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.

Download 73.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling