Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini rejalashtirish, tashabbus qilish va tayyorlash 19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi. Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno. Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi. 3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini rejalashtirish, tashabbus qilish va tayyorlash 19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, qoida tariqasida, huquqiy jihatdan tartibga solish talab qilinadigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish yakunlari bo‘yicha tayyorlanadigan norma ijodkorligi ishining rejalari (dasturlari) doirasida amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish yoki qonunchilik normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (yarim yillik va yillik) hamda istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo‘ljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalarida (dasturlarida) quyidagilar ko‘rsatiladi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining nomi; ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish holatining tavsifi; huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning tavsifi, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarining tahlili; huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish zarurligining asosi; moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar — moddiy xarajatlar talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun; normativ-huquqiy hujjatlarning turlari; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash muddatlari; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar; normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan taqdirda, kutilayotgan natijalar, shu jumladan tartibga solish ta’sirini baholash o‘tkazilgan hollarda uning natijalari. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ yoki normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 2-bobi (“Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish”). Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalari (dasturlari) majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tegishli organlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling