Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
15-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi organga yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi. Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi qayta nomlangan vazirlikka, davlat qo‘mitasiga yoki idoraga nisbatan to‘liq hajmda tatbiq etiladi. Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora maqomining o‘zgarishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandi. 16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Viloyat, tuman va shahar hokimi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling