Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar (“yo‘l xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin. Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo‘linmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi. Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi. Yo‘riqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilaydi. Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Konsepsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yo‘nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydi. Doktrina O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Dastur (“Yo‘l xaritasi”) u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi. LexUZ sharhi Ushbu tashkilotlar o‘z funksiyalarini bajara borib, buyruqlar, nizomlar, qoidalar singari normativ-huquqiy hujjatlar turlari (umumiy majlis ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadigan yoxud qabul qilinadigan korxona, ochiq yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari nizomi)ni ishlab chiqadilar, qabul qiladilar. Qonunosti hujjatlari tizimining oxirida turuvchi mazkur hujjatlar aniq bir tashkilot doirasida amal qilib, faqat uning a’zolari uchungina majburiydir. Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling