Normurodova m. A


Orqa miyaning ikki sigmenti


Download 1.65 Mb.
bet5/16
Sana21.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#108731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni-конвертирован (1)

Orqa miyaning ikki sigmenti.


1-orqa miya nervining oldingi shoxi; 2- orqa miya nervi; 3-umurtqalar ora bog’; 4- keyingi shox; 5-kulrang modda; 6- orqa miyaning oq moddasi.
Kulrang modda odatda nerv hujayralarining jamlanishinidan hosil bo’lgan bo’lsa, oq moddasi nerv tolalarining jamlanishidan hosil bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi shoxlarida harakat (markazga intiluvchi) neyronlarining tanalari joylashgan bo’lib, uning o’simtalari esa oldingi ildizlarni hosil qiladi. Keyingi shoxlarda esa markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyronlar orasidagi bog’lanishlarni bajaruvchi oraliq neyronlarning hujayralari joylashgan. Keyingi ildizlar esa tanalari orqa miyaning (umurtqa pog’onalari orasidagi) tugunlarida joylashgan sezuvchi (markazga intiluvchi) hujayralarning tolalaridan hosil bo’ladi. Keyingi ildizlar orqali qo’zg’alishlar periferiyadan orqa miyaga o’tkaziladi – bular sezuvchi ildizlardir. Oldingi ildizlar orqali qo’zg’alishlar orqa miyadan muskullarga va boshqa organlarga beriladi, bular harakat ildizlaridir.

Orqa miyaning kulrang moddasining yon shoxlarida simpatik asab tizimining vegetativ yadrolari joylashgan.

Orqa miyaning, oq moddasini asosiy massasini tashkil qiluvchi nerv tolalari, orqa miyaning o’tkazuvchi yo’lini tashkil qiladi. Bu yo’llar bilan markaziy asab tizimining turli qismlari orasida bog’lanishlar ta’min etiladi va yuqoriga hamda pastga tushuvchi yo’nalishlarga impulslar o’tadi.

Orqa miya segmentli tuzilishga ega bo’lib, unda 31 ta segment mavjud. Har bir segmentdan oldingi va keyingi ildizlar chiqadi. Har ikkala ildiz ham miyadan chiqishi bilanoq bir-biriga qo’shilib orqa miya nervlarni hosil qiladi. Segmentlar miqdoriga mos holda orqa miyadan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. Orqa miya nervlari aralash nervlar bo’lib, ular markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi tolalardan tashkil topadi.

Orqa miya qattiq, o’rgimchak tњrisimon va tomirlari po’stloqlar bilan o’ralgan.

Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya boshqa miyalardan oldin rivojlanadi. Embrionda bosh miya hali miya puffaklari bosqichida bo’lganida, orqa miya esa o’sha paytdayoq jiddiy o’lchamlarga ega bo’ladi. Homila rivojlanishining turli bosqichlaridayoq orqa miya umurtqa pog’onasining kanalini butunicha to’ldiradi. So’ngra, umurtqa pog’onasining ustuni o’sish bo’yicha orqa miyaning o’sishidan ortib ketadi va tug’ilish paytida u bel umurtqalarining 3- segmentida tamom bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda orqa miyaning uzunligi 14-16 sm.ni tashqari qilsa, 10 yoshga kelib esa u ikki marta uzayadi. Orqa miyaning yo’g’onlashishi juda sekin amalga oshadi. Bolalar orqa miyasining ko’ndalang kesimida oldingi shoxlar keyingi shoxlarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Bolalarning orqa miyasidagi nerv hujayralarining ko’payishi maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.

Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya organizmning murakkab harakat reaksiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Bu orqa miyaning reflektor funksiyasidir. Orqa miyaning kulrang moddasida juda ko’plab harakat reaksiyalarining reflektor yo’llari tutashadilar. Orqa miyaning bu funksiyasiga tizza refleksi misol bo’ladi. Sonning to’rtboshli muskullarining paylari bo’ylab urish tizza bo’g’inidan boldir muskullarining cho’zilishini chaqiradi. Bu refleksning yo’li orqa

miyaning 2-4 bel segmentlaridan o’tadi. Bolalar hayotini dastlabki kunlarida tizza refleksini chaqirish juda oson, lekin, u boldir muskullarining cho’zilishi bilan emas balki bukilishi bilan namoyon bo’ladi, bu esa cho’zuvchi muskullar tonusining, bukuvchi muskullar tonusidan past bo’lishini ko’rsatadi. Sog’lom bolalar hayotining birinchi yilida refleks doimo yuzaga kelsada, u unchalik aniq namoyon bo’lmaydi.

Orqa miya bosh miya nervlari bilan innervasiya qilinuvchi bosh muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini innervasiya qiladi. Orqa miyada tana, qo’l-oyoqlar va bo’yin muskullarining reflektor markazlari joylashgan. Shu yerning o’zida vegetativ asab tizimining markazlari ham joylashgan. Siydik chikarish va defekasiya, erkaklarda jinsiy a’zoning reflektor holda taranglashishi va spermaning otilib chiqarilishi (erreksiya va eyakulyasiya) orqa miya funksiyalari bilan bog’liqdir.

Orqa miya, o’tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi. Orqangi ildizlardan orqa miyaga tushuvchi markazga intiluvchi nerv impulslari orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orqali yuqorida yotuvchi bosh miyaning boshqa bo’limlariga o’tkaziladi. O’z navbatida markaziy asab tizimida yuqorida yotuvchi bo’limlaridan orqa miya ham skelet muskullari va ichki organlar faoliyatini o’zgartirishi mumkin bo’lgan impulslarni oladi.

Odamlarda orqa miyaning faoliyati jiddiy darajada markaziy asab tizimining yuqorisida yotuvchi bo’limlarining koordinasiyalovchi ta’siriga bo’ysunadi.

Bosh miya



Tuzilishining umumiy rejasi. Bosh miyada odatda uchta katta bo’limlar – dastasi, po’stloq osti bo’limi va katta yarim sharlar farqlanadi.

Miyaning asosidan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.



Uzunchoq miya va ko’prik (keyingi) miya. Uzunchoq miya va ko’prik birgalikda keyingi miyani tashkil etadi. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miyaning davomi bo’lib uning uzunligi 28 mm.ga yaqin. Uning kengligi asta-sekin oldinga qarab orta boradi va eng keng joyi

24 mm.ni tashkil etadi. Orqa miyaning markaziy kanali to’g’ridan-to’g’ri uzunchoq miya kanaligacha davom etadi va uni jiddiy darajada kengaytirib to’rtinchi qorinchaga aylanadi. Uzunchoq miyaning oq moddasi o’tkazish yo’llarining tolalaridan hosil bo’ladi. Uzunchoq miyaning oldingi qismida ko’ndalang vall shaklida ko’prik joylashgan.

Uzunchoq miyadan XII-bosh miya nervi (tilosti) XII-qo’shimcha nerv, X-adashgan nerv, IX-tiltomoq nervlarining ildizlari chiqadi. Uzunchoq miya va ko’prik orasidan UII va UIII– bosh miya nervlarini yuz va eshitish nervlarini ildizlari chiqadi. Ko’prikni o’zidan VI va V –nervlarni olib boruvchi va uch boshli nervlarni ildizlari chiqadi.

Keyingi miyada ko’plab murakkab koordinasiyalangan harakat reflekslarining yo’llari tutashadi. Bu yerda nafas, yurak-tomirlar faoliyati, ovqat hazmi organlari, moddalar almashinuvi kabi hayotiy muhim jarayonlarni boshqaruvchi markazlar joylashgan.



Uzunchoq miyaning yadrolari hazm shiralarini ajratish, chaynash, emish, so’rish, yutish, qusish, aksa urish kabi reflektor aktlarni bajarishda ishtirok etadi. Yangi tug’ilgan bolalarda uzunchoq miya ko’prik bilan birga bor yo’g’i 8 g. ga yaqin massaga ega bo’ladi, bu esa bosh miyaning 2 % ni tashkil etadi (voyaga yetgan odamlarda bu nisbatn 1,6 % ni tashkil etadi).




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling