Normurodova m. A
Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ayrim seziuvchi va harakat qismlarining
Download 1.65 Mb.
|
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vegetativ asab tizimi
Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ayrim seziuvchi va harakat qismlariningjoylanishi (chizma). – ichki donador qatlam. Bu qatlam ham II-qatlam singari turli shakldagi mayda donali hujayralardan tashkil topgan bo’lib po’stloqning turli oblastlarida bu qatlam bo’lmasligi mumkin (masalan, po’stloqning harakat oblastida). – polimorfli qatlam. Bu yerdagi hujayralar uchburchak va duk shaklida bo’ladi. Bu qatlam miyaning oq moddasiga tutashgan bo’ladi. Po’stloqning turli qismlarida faqat duksimon neyronlardan iborat bo’lgan VII-qatlam ham farqlanadi. Bu qatlam jiddiy darajada hujayralarga taqchil bo’lsa, shunchalik tolalarga boy bo’ladi. Barcha qatlamlardagi nerv hujayralari orasida, ularning faoliyat jarayonlarida doimiy bog’lanishlar bilan birga, vaqtinchalik bog’lanishlar yuzaga keladi. Hujayralarning tuzilishi va tarkibiy xususiyatlari bo’yicha katta yarim sharlar qator qismlarga bo’linadi va ularni po’stloqning maydonlari deb yuritiladi.
Assosiativ tolalar bitta yarim sharning o’zidagi turli qismlarni o’zaro bog’laydi. Ayrim chigalliklarni va bir-biriga yaqin maydonlarni kalta assosiativ tolalar bog’laydi. Uzun tolalar esa bitta yarim shardagi turli bo’laklarning chigallarini bog’laydi. Komissural tolalar – har ikkala yarim sharning o’xshash qismlarini bog’laydi. Ularning katta qismi qadoqli tanalar orqali o’tadi. Proyeksion tolalar – yarim shar chegarasidan chiqadi. Ular yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi yo’llar tarkibiga kiradi, va ular bo’ylab po’stloqning markaziy asab tizimining quyi bo’limlari bilan bog’lanishini ta’min etadi. Funksiyalarning kortikallanishi haqida tushuncha.Uzoq vaqtlar davomida katta yarim sharlarning organizmga ta’siri, ularni eksterpasiya qilish, ya’ni bosh miya yarim sharlarini yoki po’stloqni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash tajribalarida o’rganilgan. Bu tajribalar shuni ko’rsatdiki, hayvon organizmi qanchalik murakkab tuzilgan bo’lsa, ushbu operatsiyani shunchalik og’ir kechirdi. Yarim sharlari olib tashlangan qushlar mustaqil ravishda o’cha oladi, tovush va yorug’likga reaksiya qiladi, lekin ovqat topib yeya olmaydi. Bu operatsiyalarni sut emizuvchilar juda og’ir kechiradi. Katta yarim sharlari po’stlog’i olib tashlangan itlar mustaqil harakatlanadi, lekin harakatlarida aniqlik yo’qoladi, to’siqlardan o’taolmaydi, egasini tanimaydi, laqabini aytib chaqirsa reaksiya qilmaydi. Bunday itlarni og’ziga ovqat solib oziqlantiriladi va suv solib ichiriladi. Bunday operatsiyalarni maymunlar ham juda og’ir kechiradi va juda tez halok bo’ladi. Barcha orttirilgan shaxsiy reaksiyalar yo’qoladi, erkin harakatlar kuzatilmaydi. Katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangan maymunlar juda ko’p vaqtlarini uyqu holatida o’tkazadilar. Odamlarda bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’isiz tug’ilgan bolalar holatlari ma’lum – bular anensefallardir. Ular odatda bir necha kun yashaydilar. Bundan tashqari anensefallarni 3 yilu 9 oy yashagan holatlari ham kuzatilgan. Ular o’lganidan keyin, patalogo- anatomik tekshirishlarni ko’rsatishicha katta yarim sharlar bo’lmay, balki uning o’rnida 2 ta pufak bo’lgan. Hayotining birinchi yilida bu bola doimo uxlagan, nur va tovush ta’sirlariga reaksiya qilmagan, umuman hayotida ayrim tug’ma reaksiyalar namoyon bo’lgan bo’lsada, gapirishni, yurishni bilmagan, ota-onasini tanimagan. Ona ko’kragi surg’ichini yoki surg’ichlar og’ziga solinganida emgan, yutgan va h.z. Bosh miya katta yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar va anensefallar ustida olib borilgan kuzatishlarni ko’rsatishicha, filogenez jarayonida, ya’ni organizm hayotida markaziy asab tizimining oliy bo’limlarining murakkab reaksiyalari katta yarim sharlar po’stlog’iga bo’ysunishi – ya’ni funksiyalarning kortikallanishi yuz beradi Organizmning shaxsiy hayoti davomida nima olingan yoki orttirilgan bo’lsa, u bosh miya katta yarim sharlari funksiyasi bilan bog’liq holda amalga oshadi. Oliy asab faoliyati ham katta yarim sharlar po’stlog’i bilan funksional jihatdan uzviy bog’liqdir. Organizmning tashqi atrof- muhit bilan o’zaro aloqasi, uni o’rab turgan materiallar dunyosidagi xulq-atvori bosh miya katta yarim sharlari faolligi bilan chambarchas bog’liqdir. Yaqindagi po’stloqosti markazlari bilan birga miyaning tanasi va orqa miyani, katta yarim sharlar organizmni boshqa qismlarini bir butun qilib bog’laydi va barcha organlar funksiyalarini asabli boshqarilishini bajaradi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlarini ahamiyati shundan iboratki, katta yarim sharlar po’stlog’i yaxlit holda faoliyat ko’rsatishiga qaramasdan, po’stloqning turli qismlarining funksiyalari turlichadir. Po’stloqining ayrim oblastlari turlicha funksional ahamiyatga ega. Lekin po’stloqda funksiyalarning qat’iy lokalizasiyasi kuzatilmaydi. Po’stlog’ining ayrim qismlari shikastlangan hayvonlarda o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, oradan ma’lum vaqt o’tganidan keyin shikastlangan qismni funksiyasini, po’stloqni boshqa qismi o’sha funksiyani bajaradi. Bosh miya po’stlog’ining bu xusuiyati, uning hujayralarining katta plastiklik xususiyati bilan bog’liq deb qaraladi. Katta yarim sharlar po’stlog’iga retseptor hosilalardan markazga intiluvchi impulslar tushadi. I.A.Pavlovni ko’rsatishicha har bir periferik retseptor apparatga po’stloqda ma’lum analizatorlarning po’stloq yadrolari deb atalgan qismi mos keladi. Analizatorlar yadrosi joylashgan po’stloqning qismi katta yarim sharlarning sensor zonalari deb ataladi. Bug’unlar, skelet muskullari va paylarning retseptorlaridan qo’zg’alishlar o’tkaziladigan harakat analizatorlarining yadroli zonasi po’stloqning markazoldi va markazorti qismlarida joylashgan. Harorat, og’riq va taktil sezuvchanligi bilan bog’langan teri analizatorlari zonasi markazorti qismida (markaziy egat orqasida) joylashgan. Qo’l barmoqlari, tovush apparati va yuzning retseptorlari po’stloqda eng katta maydonni egallasa, gavda, son va boldir retseptorlari eng kam maydonni egallaydi. Ko’rish analizatorining yadroli zonasi ensa oblastida joylashgan. Po’stloqning chakka qismida esa eshitish analizatori joylashadi. Yonbosh egatining yaqinida ta’m bilish analizatorining yadroli zonasi joylashgan. Qo’zg’atilgan paytda harakat yuzaga keluvchi katta yarim sharlarning motor zonasi, sensor zona bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Bu oblast markaziy egatning oldida joylashgandir. Po’stloqdagi analizatorlarning yadroli zonalari, analizatorlarning o’tkazuvchi yo’llarini asosiy massasi tamom bo’luvchi qismi bo’lib hisoblanadi. Yadroli zonalar chegarasidan tashqarida beparvolik elementlari joylashgan, ularga ham analizatorlar yadrosiga tushuvchi retseptorlarning impulslari tushib turadi. Keyingi vaqtlarda funksiyalarning bajarilishi ma’lum bir maydon bilan chegaralanmaganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar olingan, faqatgina u yoki bu turdagi sezgilarni qabul qilishdagina po’stloqning ma’lum maydonlari ishtirok etadi; shu bilan birga turli retseptorlarni qo’zg’alishiga reaksiya qiluvchi maxsus retseptorlar, ya’ni polisensor neyronlar shaklidagi qo’shni maydonlar ishtirok etishi mumkin. Vegetativ asab tizimiVegetativ asab tizimining ahamiyati. Ichki organlarning silliq muskullari, qon tomirlari, va teri, yurak muskullari va bezlar vegetativ asab tizimi bilan innervasiya qilinadi. Vegetativ tolalar skelet muskullariga ham boradi. Lekin ular qo’zg’atilganida muskullarning qisqarishi kuzatilmaydi, ammo ularda moddalar almashinuvi ortadi va shu yo’l bilan ularning ish qobiliyati stimullanadi. Asab tizimining organlarga bunday ta’siri trofik ta’sir deb ataladi. Vegetativ asab tizimi markaziy asab tizimiga ham trofik ta’sir ko’rsatadi. U ichki organlar va tomirlar faoliyatini bezlar sekresiyasini yurak ishini boshqaradi. Moddalar almashinuvi ham vegetativ asab tizimi bilan boshqariladi. Vegetativ asab tizimining umumiy tuzilish rejasi. Vegetativ asab tizimining markazlari miya tanasida va orqa miyada joylashgan. Periferik qismi nerv tugunlari va nerv tolalaridan tashkil topgan. Vegetativ markaz hujayralarining o’simtalari orqa miyadan, orqa miya nervlarining oldini ildizlari tarkibida chiqadi, bosh miyadan esa bosh miya nervlari tarkibida chiqadi. Bu o’simtalarni ganglionaroldi (bug’unoldi) tollari deb ataladi. Ular miyelin po’stlog’i bilan qoplangan bo’lib rangi oq va ularning tanasi markaziy asab tizimida joylashgan. Miyadan chiqqan o’simtalar periferik nerv bug’unlarida (gangmiyalarda) tamom bo’ladi. Periferiyada joylashgan vegetativ tugunlardagi hujayralar o’simtalari ichki organlarga yo’nalgan bo’ladi (bezlar va boshq.). Bunday ganglionarorti (tugundan keyingi) o’simtalari miyelin po’stloq bilan qoplanmagan va ko’k rangda bo’ladi. Shunday qilib, vegetativ asab tizimi markazidan innervasiya qilinuvchi organgacha bo’lgan yo’l ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Bu borada skelet muskullari, teri, bug’unlar va paylarni innervasiya qiluvchi somatik asab tizimi deb ataluvchi tizimdan vegetativ asab tizimi farq qiladi. Somatik asab tizimining nerv tolalari markaziy asab tizimidan chiqqanidan keyin innervasiya qilinuvchi organgacha uzilmasdan boradi. Vegetativ asab tizimining tolalari somatik asab tizimining tolalaridan o’zlarining nisbatan past qo’zg’aluvchanligi bilan farq qiladi, ular bo’ylab nerv impulslarining tarqalish tezligi hali unchalik yuqori emas (1—30 m/s). Tuzilishidagi xususiyatlari va ayrim fiziologik farqlarga asosan vegetativ asab tizimi, simpatik va parasimpatik qismlarga bo’linadi. Simpatik qismi. Vegetativ asab tizimining simpatik qismining markazlari orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida (I-ko’krakdan I-IV -bel) joylashgan. Bu yerda orqa miyaning kul rang moddasining yon shoxlarida neyronlar tanasi yotadi, ularning aksonlari esa orqa miyaning oldingi shoxlari tarkibida ayrim shoxchalar shaklida chiqib simpatik tanaga qarab yo’naladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling