«noruda konlarni qazib olish»


Download 1.11 Mb.
bet4/12
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi Noruda

Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yaroqli boʻlgan tabiiy mineral moddalar.
Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bo’linadi. Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10–15 km dan chuqur), abissal (3–5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar 3 guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Ular quyidagicha:
-Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat;
-Nometall Foydali qazilmalarga konchilik kimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issiklik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi;
-Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir ko’mir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi.
Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi:

  • yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma ko’mir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);

  • kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar);

  • konchilik kimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);

  • tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);

  • gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari).

  • Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi

O’zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yo’ldosh moddalar sifatida ajratib olish mumkin.
Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezak toshlar olinadigan ko’plab konlar noyob tabiiy omborlar bo’lib, ular butun Yevroosiyo zonasidagi eng yirik konlardir.
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o’sishini ta'minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o’rinlarda turadi.



  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling