«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
188 sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to‗g‗ri bo‗lmaydi. Qolaversa, barcha shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shahar aynan qaysi sanoat tarmog‗i markazi ekanligini aniqlash ma‘qulroq hisoblanadi. Chunonchi, Angren umuman sanoat markazi emas, balki ko‗mir (yoqilg‗i) sanoat markazi, Marg‗ilon yoki Namangan – to‗qimachilik, Asaka – mashinasozlik sanoatining markazi. Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo‗lib, u hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog‗liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda, korxona , shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuv tushuniladi. Boshqacha aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O‗z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo‗jaligi bo‗lishi ham mumkin), shahar va rayonlarning qiyofasini, ularning mehnat taqsimotida tutgan o‗rnini belgilab beradi. Ixtisoslashuvning uch turi – bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko‗rinishlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq va ular turli hududiy bosqichda o‗zgacha xususiyatga ega bo‗ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo‗jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional tiplari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste‘moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. Ixtisoslashuvni aniqlash uchun muayyan shart va sharoitlar zarur. Muhimi, mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo‗lishi kerak, aks holda bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling