IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
186
viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi.
Aytaylik, Farg‗ona vodiysida O‗zbekiston Respublikasi aholisining 28 foizi
joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko‗rsatkichi shu raqamdan qancha
yuqori bo‗lsa, mazkur ishlab chiqarish tarmog‗i vodiyda shunchalik rivojlangan,
mujassamlangan bo‗ladi.
Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki
mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab
chiqarish mujassamlashuvi yuqori urbanistik mujassamlashuvga to‗g‗ri kelishi
ham uchraydi. Bu holda shaharda mayda korxonalar soni juda ko‗p bo‗ladi.
Aksincha,
urbanistik
mujassamlashuv
past,
ammo
ishlab
chiqarish
mujassamlashuvi yuqori bo‗lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda,
masalan, Asaka yoki Xivada katta ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi
misol bo‗la oladi.
Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori hududiy
mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur hududda juda ko‗p kichik
sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo‗ladi. Xuddi shu vaziyatni respublikaning
ko‗pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg‗ona, Namangan, Xorazm va h.k.)
to‗qimachilik qo‗shma korxonalarining joylashganligida uchratamiz. Shu bilan
birga, past darajadagi hududiy mujassamlashuv yuqori urbanistik ko‗rsatkich bilan
ham uyg‗unlashgan tarzda keladi. Masalan, bir vaqtlar Fransiya deganda, avvalo,
uning poytaxti – Parij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi.
Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa bozor
munosabatlariga o‗tish davrida o‗ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt
ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday vaziyatda xomashyo va
tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko‗payadi, ishchi kuchi
yetishmaydi va eng muhimi, ekologik muvozanat buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |