«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
190 Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuvga o‗xshash o‗zining chegarasi bo‗lishi lozim; o‗ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka, yo‗l xarajatlarining ko‗payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo‗lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o‗tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi ―yirik‖, ―eng katta‖, ―yagona‖ kabi tushunchalar bilan ifodalanar, ―birinchi‖ bo‗lish esa ko‗p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto‗g‗ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayon, respublikalarni, qolaversa, jamiyat va kishilarning o‗zini ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo‗lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo‗lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo‗shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryoning irmoqlariga o‗xshatish o‗rinli. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, tanasiz shox ham bo‗lmaydi, shoxsiz daraxt esa – bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi. Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uyg‗unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo‗l qo‗yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar, ayniqsa, sobiq ittifoqdosh respublikalarning o‗zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o‗z aksini topmoqda. Shu sababli e‘tibor ko‗proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o‗rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, ixtisoslashuv har bir joyning kimligi yoki nimaligini, bir joyning ikkinchi joydan farqini anglatadi va, binobarin, u, ya‘ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling