«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet188/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

198 
transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik 

ozod qilish masalalari.



Moliyaviy imtiyozlar
. U o‗z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga 
kommunal xizmatlarning arzonligi, yer maydonlari va ishlab chiqarish binolari,
ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi. 


Ma‘muriy imtiyozlar
. Korxonalarni ro‗yxatdan o‗tkazish va xorijiy fuqarolar 
kirib-chiqishini yengillashtirish, shuningdek, turli xizmatlar ko‗rsatish maqsadida
ma‘muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy
yutuqlari, umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o‗ziga xos tomonlari haqida 
ma‘lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi
erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtiril-ganligi va ularni boshqarishning 
moslashuvchanligiga bog‗liqdir.
Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan juda foydali bo‗lib, 
ko‗plab ish o‗rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda,
tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirishda katta rol o‗ynaydi.
Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o‗ziga xos qator 
o‗xshashliklarga egadir.
Birinchidan, bu davlatlarda eksport ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng 
tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar,
avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, 
mamlakatga xorijiy kapital, ilgor fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb
qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo‗ladi. 
Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo‗jalik yuritish rejimi xorijiy
ishbilarmonlar uchun erkin va imtiyozli bo‗ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar 
orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog‗liqdir.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling