«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet191/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

201 


12-BOB. GEOGRAFIK JARAYONLAR. AHOLI MIGRATSIYASI VA 


GLOBALIZATSIYA 
Reja:

12.1. Geografik mehnat taqsimoti.


12.2. Iqtisodiy rayonlashtirish. 
12.3. Aholi migratsiyasi.
12.4. Globallashuv jarayoni va uning natijalari. 


Mehnat taqsimoti
– bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U 
jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi
natijasida kelib chiqadi. 
Hududiy mehnat taqsimoti jamiyat taraqqiyotida mehnat faoliyatining sifat
jihatidan tabaqalanish jarayonini ifodalaydi va ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Mehnat taqsimoti mohiyatiga ko‗ra ikkiga
bo‗linadi, ya‘ni:
a) butun jamiyat miqyosida;
b) ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllaridagi ichki mehnat 
taqsimotidir.
Mehnat taqsimotining bu ikki turi o‗zaro aloqadorlikda bo‗lib, bir-biri bilan 
chambarchas bog‗langan.
Hududiy mehnat taqsimoti
– ishlab chiqarish kuchlarini oqilona 
joylashtirishning asosidir. Ayni vaqtda, hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy
rayonlarining shakllanishi bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. Shuning 
uchun ham hududiy mehnat taqsimoti rayonlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlari bilan chambarchas bog‗liq, xo‗jalik iktisoslashuvining samarali 
yo‗nalishlarini ifodalaydi. Bunday xo‗jalik ixtisoslashuvi huddudagi eng qulay va
samarali bo‗lgan alohida mahsulotlarni yetishtirishga (dehqonchilikda-




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

202 
bog‗dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik kabi mahsulotlar yoki 

chorvachilikda – sut, go‗sht, jun, tuxum, parranda go‗shti yetishtirish, sanoatda –


metallurgiya, mashi-nasozlik, kimyo, engil va oziq-ovqat tarmoqlari mahsulotlari 
yetkazib berish va kurort xo‗jaligi va boshqalar) hatto ana shu mahsulotlarning bir
turi yoki qishloq xo‗jalik ekinlarining bir navini, ma‘lum detalni yoki uning bir 
qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv bilan bog‗liqdir.
Ana shunday xo‗jalik ixtisoslashuvi alohida shakllanadigan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar – geografik mehnat taqsimoti yoki uning sinonimi hududiy mehnat
taqsimoti deb yuritiladi. Hududiy mehnat taqsimoti juda murakkab tushuncha 
bo‗lib, xo‗jalik jihatidan turlicha ixtisoslashuv darajasidagi hududlar o‗rtasidagi
iqtisodiy aloqalar tizimini ifodalaydi. Bunday iqtisodiy aloqalar rayon, mamlakat, 
jahon miqyosida mineral xomashyo, xilma-xil tovarlar almashuvidan iborat o‗zaro
foydali bo‗lgan jarayondir.
N.N.Baranskiy ―hududiy mehnat taqsimoti‖ tushunchasini ―juda muhim
tushuncha, to‗g‗rirog‗i, tarmoqlarni ham, iqtisodiy rayonlarni ham o‗zaro bog‗lab 
turuvchi tushunchalar tizimi‖ dan iborat deb hisoblaydi. Hududiy mehnat
taqsimotining moddiy elementlari rayonlar va mamlakatlar, shaharlar va shahar 
aglomeratsiyalari, sanoatlashgan mintaqa, markaz, tugun va rayon, qishloq xo‗jalik
mintaqalari va rayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etishning xilma-xil shakllari, 
sihat-salomatlik va dam olish majmualaridan iborat.
Hududiy mehnat taqsimoti mohiyatiga ko‗ra – jamiyat miqyosida tarmoq va 
tarmoqlararo hamda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridagi (ichidagi) mehnat
taqsimotiga bo‗linadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarining ―vaqt‖ mobaynidagi
taraqqiyot bosqichlarini ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyotining muayyani bosqichida 
(neolit davrida) chorvachilikdan dehqonchilikning ajralib chiqishi, keyinroq
hunarmandchilikning ajralib chiqishi bilan mehnat taqsimoti ijtimoiylashib, sifat 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling